Maksimal va minimal narxlar
Bozor muvozanatini ta’minlashda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish orqali, ya’ni narxlarni davlat tomonidan nazorat qilish maqsadida maksimal va minimal narxlarni belgilashni koʻzda tutadi.
Davlat bozordagi narxlarni nazorat qilish orqali bozor mexanizmini tartibga solishga harakat qiladi. Bunda davlat ikkita maqsadni koʻzlaydi: ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash yoki iste’molchilarni qoʻllab- quvvatlash. Iste’molchilarni narx tomondan qoʻllab-quvvatlashda davlat qonuniy asosda ba’zi tovarlarga muvozanat darajasidan pastroq narxlarni qayd etgan holda eng yuqori narxni oʻrnatadi. Bunda sotuvchilar ushbu qayd etilgan narxdan yuqori narxda sotishlari taqiqlanganligi e’lon qilinadi. Narx muvozanat narxidan past oʻrnatilganda, bozorda tovar taqchilligi yuzaga keladi. Erkin bozor sharoitida bu taqchillik tezda yoʻqoladi, biroq narxlar qayd etilgan sharoitda, bozor mexanizmi ishlamaydi va bozorda barqaror taqchillik paydo boʻladi. Bu narx chegarasining ijobiy tomoni, muvozanat narxida xarid qila olmagan iste’molchilarda bu tovarlarni sotib olish imkoniyatining tugʻilishidir. Biroq, uning salbiy tomonlari koʻproq:
- ushbu tovarni ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;
- ehtiyojlarning kamroq qismi qondirilishi;
- bozorda taqchil tovarlarga navbatning ortib ketishi, hattoki bu navbatda turganlarga ham u yetmasligi mumkin;
-“qora bozor”ning paydo boʻlishi va boshqalar.
Davlat ba’zida ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida narxlarning quyi chegarasini qonuniy ravishda oʻrnatadi. Agar bu chegara muvozanatli narxdan yuqori boʻlsa, bozorda barqaror
tovar ortiqchaligi paydo boʻladi. Demak, davlatning bozor mexanizmiga muvozanat narxidan yuqori darajadagi narxlarni oʻrnatish yoʻli bilan aralashuvi ham yoʻqotishlarga olib keladi va oqibatda u ham samarasiz hisoblanadi.
Davlat bozor mexanizmini tartibga solishda soliqlar va dotatsiyalarni ham qoʻllaydi. Bu aralashuv ham bozor mexanizmini amal qilishini samaradorligi pasayishiga va sof yoʻqotishlar paydo boʻlishiga olib keladi.
P P e e
Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan oʻrnatiladi. Agar
oʻrnatilgan narx
~ muvozanat narxidan Re kichik boʻlsa ~ P ( P -
muvozanat narx) va narxni undan yuqori belgilash taqiqlansa, bunday
P
narxlar maksimal narxlar, aksincha oʻrnatilgan narx ~ muvozanat
narxidan Re katta boʻlsa,
P P (Re- muvozanat narx) va narxni undan
e
pastroq belgilash taqiqlansa bunday narxlar minimal narxlar deb yuritiladi.
Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida, minimal narx esa mahsulot ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun davlat tomonidan oʻrnatiladi.
P
Pн
Pe
~
P
Q
0 QS Qe QD
5.1-chizma. Narx maksimal boʻlganda mahsulot tanqisligi.
Talab va taklif nazariyasiga koʻra, maksimal narxning oʻrnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi.
Maksimal narx oʻrnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib
chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi Qe dan
Q1 gacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan
iste’molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste’mol ortiqchaligi oshadi.
Minimal narxning oʻrnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda toʻplanib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 18-chizmada keltirilgan, ortiqcha
mahsulot hajmi QS QD ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan
past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu yerda ham norasmiy bozor vujudga keladi.
P
~
P
Pe
Pн
Q
0 QD Qe QS
5.2-chizma. Narx minimal boʻlganda mahsulot otiqchaligi.
Grafikdagi E ' nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda
н
muvozanat narxdan past narxda ( P narxda) sotilishi mumkin boʻlgan
vaziyatni koʻrsatadi.
Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini oʻzgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.
e
Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx P *
oʻrnatildi deylik, ya’ni
P* P
( Pe muvozanatli narx).
Ushbu oshgan ortiqchalik grafikda qoʻsh shtrixlangan A toʻrtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste’molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste’mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan V uchburchak yuziga teng. Demak, iste’molchi ortiqchaligining sof oʻzgarishini quyidagicha aniqlash mumkin:
bu yerda,
ист.
ист. A B , (1)
– iste’molchi ortiqchaligining sof oʻzgarishi.
Cxizmadan koʻrinib turibdiki,
A B
boʻlgani uchun sof iste’molchi
ortiqchaligi musbat
ист. 0.
Endi ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor
narxidan past narxda Q1 hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab
chiqaruvchilar grafikda koʻrsatilgan A toʻrtburchak yuziga teng boʻlgan iste’molchi ortiqchaligini yoʻqotadilar. Bozordan siqib chiqarilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan yoʻqotilgan ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa S uchburchak yuzi bilan ifodalangan.
P
Pe
P*max
Q1 Qe Q2
Do'stlaringiz bilan baham: |