RASM
NMaurtxloq noelastik taklif: Elastiklik 0 ga teng (b) Noelastik talab: Elastiklik 0 ga teng
Narx
1.Narx koʻtarilishi
Narx ning 22 % ga koʻtarilishi
… taklif hajmini oʻzgartirmaydi
Narx
Miqdor
… taklif hajmini 10 % ga oshiradMi iqdor
Narx ning 22 % ga koʻtarilishi
… taklif hajmini 22 % ga oshiradNi arx
Miqdor
Narx ning 22 % ga koʻtarilishi
Narx 4$ boʻlsa ishlab chiqaruvchilar taklif qiladilar
… taklif hajmini 67 % ga oshiradi Miqdor
Narx 4$ dan past boʻlsa taklif hajmi 0
Miqdor
shakl bu voqeaning raqamli misolini namoyish etadi. Narx 3$dan
4 $ ga oshganda (oʻrta nuqta metodiga koʻra 29% oʻsish), taklif qilinadigan miqdor 100 dan 200 ga oʻshadi (67% oʻsish). Taklif qilinadigan miqdor koʻproq nisbatda oʻzgarganligi uchun, taklif chizigʻi 1ga qaraganda koʻproq elastik. Farqlash uchun narx 12$ dan 15$ga
oʻsganda (22 foiz oʻsish), taklif qilinadigan miqdor 500 dan 525ga oʻsadi (5 % oʻsish). Bu holatda taklif qilinadigan narxga qaraganda kamroq nisbatda koʻchadi, shuningdek, elastiklik 1 ga nisbatan kamroq.
Talab, taklif va elastiklikning uch koʻrinishi
Fermerlik uchun yaxshi xabar fermerlar uchun yomon xabar boʻlishi mumkinmi? Nima uchun OPEC yoqilgʻining narxini baland saqlab tura olmadi? Dorilar taqiqi oʻsadimi yoki dorilarga bogʻliq jinoyatlar kamayadimi? Avvaliga bu savollar oson tuyulishi mumkin.
Fermer xoʻjaligidagi yaxshi xabar fermer uchun yomon xabar boʻla oladimi?
Tasavvur qiling siz bugʻdoy yetishtiradigan fermersiz. Sizning barcha daromadingiz bugʻdoyni sotishdan kelishi sababli, siz yeringizni iloji boricha unumdorligini oshirishga koʻproq harakat qilasiz. Ob-havo va tuproq holatini kuzatasiz, daladagi zararkunanda va kasalliklarni yoʻqotasiz va ilgʻor texnologiyalardan foydalanasiz. Siz bilasiz qancha koʻp bugʻdoy yetishtirsangiz, shuncha koʻp hosil olasiz va sizning daromadingiz koʻproq boʻladi hamda turmush tarzingiz yaxshilanadi.
Bir kuni, Kanzas davlat universiteti olimlari muhim kashfiyot qilishganligini e’lon qilishdi. Universitetning agronomlik boʻlimi
tadqiqotchilari fermerlar har bir akrdan (0.4 gektar) oladigan bugʻdoydan 20 % koʻp hosil beradigan yangi bugʻdoy navini kashf qilishdi. Bu xabarga qanday munosabat bildirasiz? Bu kashfiyot siz uchun yaxshimi yoki yomon?
Bu savollarga 3 ta qadamda javob beramiz. Birinchi, biz talab yoki taklif egri chizigʻi siljigan yoki siljimaganligini tekshiramiz. Ikkinchi, biz egri chiziq qaysi tomonga siljiganini hisoblaymiz. Uchinchi, biz bozor muvozanati qanday oʻzgarganligini koʻrish uchun talab-taklif chizmasidan foydalanamiz.
Bu holatda kashfiyot taklif egri chizigʻiga ta’sir qiladi. Chunki yangi nav hosildorlikni oshiradi va endi fermerlar istalgan berilgan narxda koʻproq bugʻdoy yetishtirishni xohlashadi. Boshqacha qilib aytganda taklif egri chizigʻi oʻng tomonga suriladi. Talab egri chizigʻi oʻzgarmaydi, chunki iste’molchilarning berilgan narxda bugʻdoy mahsulotlarini sotib olishga boʻlgan istaklariga yangi navning ta’siri yoʻq. 7-chizmada bunday oʻzgarish tasvirlangan. Taklif S1 dan S2 ga siljiganda,sotilgan bugʻdoy soni 100 dan 110 ga koʻtarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan.
Kashfiyot fermerga ijobiy ta’sir qildimi? Birinchi navbatda, fermerning umumiy daromadiga nima boʻlganligini hisoblaymiz. Fermerning umumiy daromadi PxQ, narxni bugʻdoy soniga
koʻpaytiramiz. Kashfiyot fermerga 2 yoʻl bilan ta’sir qiladi. Yangi nav fermerga koʻp bugʻdoy yetishtirishni ta’minlaydi (Q-soni oshadi), lekin endi har bir boshoq past narxda sotiladi (P-narx tushadi).
Umumiy daromad oshadimi yoki oshmaydimi bu talabning elastikligiga bogʻliq. Amaliyotda, bugʻdoy kabi asosiy oziq-ovqatlarga boʻlgan talab elastik emas, chunki bular nisbatan arzon va oʻrnini bosadiganlari juda kam. 7-chizmadagi kabi talab elastik boʻlmaganida, narxlarning tushishi daromadning kamayishiga olib keladi. Cxizmadan koʻrinib turibdiki, daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.
Agar fermerlarga bu kashfiyot yomon ta’sir qilsa, kimdir qiziqishi mumkin nega ular buni qabul qilishadi. Javob raqobatbardosh bozor qanday ishlashiga borib taqaladi. Chunki har bir fermer bugʻdoy bozorining kichik boʻlagi, u bugʻdoyni berilgan narxda oladi. Istalgan berilgan narx uchun, yangi navdan foydalanish va koʻproq bugʻdoy sotish yaxshiroq. Lekin buni hamma fermerlar qilsa, bugʻdoyga taklif oshadi, narxi esa tushadi va fermerlarga aks ta’sir qiladi.
Garchi bu misol gipotezadek koʻrinsa ham, oʻtgan asr mobaynida Qoʻshma Shtatlar iqtisodiyotidagi asosiy oʻzgarishlarni tushunishga bu misol yordam beradi. 200 yil oldin koʻplab Amerikaliklar fermalarda yashashgan. Ferma metodlari haqidagi bilimlar oddiy boʻlgan. Koʻplab Amerikaliklar aholini boqadigan oziq-ovqatni ishlab chiqaradigan fermer boʻlishga toʻgʻri kelgan.
Vaqt oʻtgan sari, fermerchilik texnologiyasidagi yuksalish har bir fermer ishlab chiqara oladigan mahsulotning miqdorini oshirishga olib keldi. Noelastik talab bilan birgalikda oziq-ovqat taklifidagi oʻsish fermerchilikdagi umumiy daromadning tushushiga sabab boʻldi. Bu esa odamlarni fermerchilik sohasidan chiqib ketishiga olib keldi.
Bir necha raqamlar bu tarixiy oʻzgarishning koʻlamini koʻrsatadi. 1950-yilda Qoʻshma Shtatlarda 10 million aholi fermerchilikda band
boʻlgan, bu ishchi kuchining 17 % ini tashkil qiladi. Hozir esa 3 millionga yaqin aholi bu sohada faoliyat koʻrsatadi, bu ishchi kuchining 2 % ini tashkil etadi. Bu oʻzgarish fermerchilikdagi samaradorlik bilan mos tushadi: fermerlar soninidagi 70 % pasayishga qaramasdan, hozir fermalar 1950-yilga nisbatan 2 barobar koʻproq hosil bermoqda.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun bozorning bunday analizi ijtimoiy siyosat paradoksini tushunishga yordam beradi: Ma’lum qishloq xoʻjaligi dasturlari fermerlarning barcha yerlariga ekin ekmaslikni majburlash orqali ularga yordam berishga harakat qiladi. Dasturlarning maqsadi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari taklifini qisqartirish va narxni koʻtarish. Ularning mahsulotlari uchun elastikboʻlmagan talab bilan ular bozorga kamroq hosil bilan chiqishsa, fermerlar koʻproq daromad oladilar. Hech qaysi bir fermer oʻz yerini tashlab qoʻymaydi, chunki ular berilgandek bozor narxini olishadi. Lekin buni barcha fermerlar birgalikda qilishsa, har bir fermer uchun yaxshiroq boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi texnologiyasining yoki siyosatining ta’sirini tahlil qilinganda, shuni yodda tutish kerakki, fermerlar uchun yaxshi boʻlgan narsa butun jamiyat uchun yaxshi emas. Qishloq xoʻjaligi texnologiyasidagi rivojlanish fermerlarga yomon boʻla oladi, chunki bu ularni keraksizga chiqarib qoʻyadi, lekin oziq-ovqat mahsulotlariga kam toʻlaydigan iste’molchilar uchun esa bu yaxshi. Agar siyosat qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining taklifini qisqartirishga yoʻnaltirilsa, bu iste’molchi xarajatlariga aks ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |