Xalqaro savdoning zaruriyati, rivojlanish bosqichlari va asosiy koʻrinishlari
Jahon xoʻjaligi rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlaridan biri - bu xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi. Ushbu holatni xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xoʻjalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar strategiyasining chuqurlashib borayotganligida koʻrish mumkin.
Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya’ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular oʻrtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar oʻz iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni eʼtiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bogʻliq ravishda xalqaro moliya- valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim obyektiv sabab bilan izohlanadi.
Birinchidan, bu tabiiy va xomashyo resurslarining mamlakatlar oʻrtasida notekis taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega boʻlgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan oʻzini toʻliq ta’minlay olmaydi. Ular oʻzlarida ortiqcha boʻlgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil boʻlgan resurslarni import qilishga majburlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki, hamma mamlakatlar ham barcha turdagi
mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Ya’ni bir tovar Yaponiyada arzon ishlab chiqarilsa, ikkinchi tovar Oʻzbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va oʻzaro savdo- sotiqni yoʻlga qoʻyadilar. Bu ikki obyektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi.
Xalqaro savdo oʻzining rivojlanish bosqichlariga ega boʻlib, har bir bosqich oʻz tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
tashqi savdo aloqalarining lokal darajada shakllanish bosqichi – (VI–XIII asrlar) Oʻrta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yoʻllarining vujudga kelishi;
tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi – (XII–XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining Oʻrta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlarida konsentratsiyalashuvi;
tashqi savdo aloqalari globallashuvining boshlanish bosqichi – (XV–XVII asrlar) Buyuk geografiya kashfiyotlari tufayli xalqaro savdo yoʻllarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga koʻchishi;
tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi – (XVIII– XIX asrlar) sanoat toʻntarishi, Gʻarbiy Yevropa va AQSh iqtisodiyotining industirlashtirish jarayoni bilan bogʻliq;
tashqi savdo aloqalarining militarizatsiyalashuv bosqichi – (XIX oxiri – XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bogʻliq;
integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta’sir etish bosqichi – ( XX asrning oʻrtasi va ikkinchi qismi);
tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi.
Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi;
xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmogʻining qisqarishi;
ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sigʻimkorligi yuqori boʻlgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;
tashqi savdo aylanmasining jon boshiga baholangan qiymatining notekis taqsimlanishi;
yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;
qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bogʻliqligining ortishi;
tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotish kabi sodda shaklining turli mamlakat korxonalari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan holda mahsulotni yetkazib berish shakliga oʻtilishi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an’anaviy shakli sifatida
quyidagi koʻrinishlarni oʻz ichiga oladi:
|
mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilgʻi, xomashyo mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;
|
xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;
|
transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi;
|
«nou-xou»lar. Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini toʻgʻri keladi.
|
Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma’lumotlarini ayirboshlashning barcha koʻrinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga oshiriladi. Ular oʻz navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga boʻlinadi.
-
Eksport operatsiyasi
|
mahsulotlarni chet mamlakatlarga
chiqarish.
|
Import operatsiyasi
|
mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va
uni mamlakatga olib kelish.
|
Reeksport operatsiyasi
|
avval import qilingan va qayta ishlov
| -
|
berilmagan mahsulotni chet elga olib chiqib
sotish.
|
Reimport operatsiyasi
|
avval eksport qilingan va u yerda qayta
ishlov berilmagan mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |