Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Iqtisodiy oʻsishning J.Mid va A. Lyuis modellari



Download 12,22 Mb.
bet317/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Iqtisodiy oʻsishning J.Mid va A. Lyuis modellari.

J.Midning iqtisodiy oʻsish modeli ham neoklassik asoslarga ega. U iqtisodiy oʻsishni chekli unumdorlik qonuni qoʻllaniladigan marjinalistik yondashuvlar bilan tushuntiradi. Oʻz konsepsiyasini J. Mid “Iqtisodiy oʻsishning neoklassik nazariyasi” (1961 y.) kitobida bayon etdi. Kobb- Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan variantidan foydalanib, J Mid barqaror dinamik muvozanat imkoniyati tenglamasini keltirib chiqardi:

U=αk+βL+r

bu yerda Y-milliy daromadning oʻrtacha yillik oʻsish surʼati: k- kapitalning oʻrtacha yillik oʻsish sur’ati;

L- mehnatning oʻrtacha yillik oʻsish sur’ati; α- milliy daromadda kapitalning ulushi;

β- milliy daromadda mehnatning ulushi; r- texnik taraqqiyot sur’ati.

Tenglama, milliy daromadning oʻsish sur’ati milliy daromadda ega boʻlgan ulushi boʻyicha mehnat va kapital oʻsish sur’atlarining yigʻindisiga texnik taraqqiyot sur’ati qoʻshilishidan paydo boʻlgan miqdorga teng boʻlishini koʻrsatadi. Mehnat va texnik taraqqiyot oʻsish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid quyidagi xulosaga keldi: iqtisodiy oʻsishning barqaror sur’ati kapital oʻsishning barqaror sur’atlari va uning milliy daromad oʻsish sur’atlari bilan tengligi sharoitida erishiladi. Agar kapitalning oʻsish sur’atlari milliy daromadning oʻsish sur’atlaridan oshsa, unda bu jamgʻarish sur’atlarining oʻz-oʻzidan pasayishiga olib keladi.

Bunday bogʻliqlik J.Midning jamgʻarishning milliy daromaddagi ulushi doimiy deb shart kiritganligining natijasidir. Shu sababli kapital jamgʻarishning (investitsiyalarning) yuqoriroq sur’atlarini moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan jamgʻarmalarning qoʻshimcha oʻsishi birinchisidan orqada qoladi va unga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Agar kapitalning oʻsish sur’ati milliy daromadning oʻsish sur’atidan orqada qolsa teskari holat roʻy beradi.

Mehnat unumdorligi oʻsish sur’atlarining dinamik muvozanatga ta’sirini koʻrib chiqib J. Mid agar ular kapital jamgʻarish sur’atidan oshsa unda chekli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil boʻladi degan xulosaga keldi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning yangi nisbati esa mehnatning

ham, kapitalning ham toʻliq bandligini ta’minlaydi. Shu bilan birga J. Mid real holatda mehnatning va kapital jamgʻarilishining oʻsish sur’atlari oʻrtasida muvofiqlikka amal qilish zarurligiga e’tibor qaratgan. Aks holda, agar mehnatning oʻsishi shunga muvofiq kapital oshishi bilan birga bormasa ishlab chiqarishning oʻsishi roʻy bermaydi, chunki ishchi kuchining oʻsishi ortiqcha boʻlib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital mehnat unumdorligini oʻsish sur’atlaridan tezroq oʻssa, unda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari hosil boʻladi. Biroq bu holda ham dinamik muvozanatga erishish usullari mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik nazariyasiga asoslanib ularni koʻrsatadi.

Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni kuchaytiradi, bu esa oʻz navbatida ish haqi stavkalarining pasayishiga va kapitalning foydaliligining oʻsishiga olib keladi. Natijada jamgʻarish sur’atlari oshadi va ishchi kuchining oʻsish sur’atlari bilan tenglashadi.

J. Mid modelida davlat pul-kredit siyosatidan foydalangan holda faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini bajarishi kerak. Faqat shugina daromadlar va jamgʻarmalarni qayta taqsimlashning, resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlaydigan, samarali mexanizmini yaratish imkonini beradi.

A. Lyuis oʻz modelida ishchi kuchi zaxirasi (rezerv)ni iqtisodiy oʻsishning asosi sifatida koʻrib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, bu model “aholi zichligi yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa cheklangan” davlatlar uchun qoʻl keladi. Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi.

A. Lyuis oʻz konsepsiyasida erkin bozor gʻoyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil markaziga tadbirkor shaxsini qoʻyadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish omillaridan, ya’ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish xususida qarorlar qabul qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar va sanoat sektorlarini hisobga olgan holda quriladi:. Agrar sektorda

mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat unumdorligi juda past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa qishloq xoʻjaligidan ishchi kuchining “olinishi” ishlab chiqarish qisqarishiga olib kelmasligini anglatadi. Qishloq xoʻjaligida ishchilarning ish haqi yashash minimumi darajasida boʻlgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday muammo tugʻdirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdorligi agrar sektordagidan ancha yuqori.

Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini qishloq xoʻjaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy oʻsish sur’atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm boʻlib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.

Sanoat ishlab chiqarish masshtablarini kengaytirib, oʻz ishchilarining daromadlari oʻsishini ta’minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga koʻmaklashadi. Bunda tadbirkorlar oʻsib borayotgan daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga yoʻnaltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy oʻsishga dinamik ta’sir koʻrsatadi.

Iqtisodiy oʻsishning oʻzini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda uning manbai boʻlib qoʻshimcha ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq xoʻjaligida esa – chekli mehnat unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy oʻsishning bu ikki turi investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq keladi. Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga talabga bogʻliq boʻladi. Uning oʻsishi daromadlar oshishi va investitsiyalar kengayishini ragʻbatlantiradi. Qishloq xoʻjaligida, aksincha, investitsiyalar daromadlarning qisqarishiga bogʻliq holda kengayadi: ish haqiga xarajatlarning koʻpayishi fermerlarni qoʻl mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi.



Oʻz modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A. Lyuis uni industrial bosqichni oʻtgan gʻarbiy mamlakatlar uchun toʻgʻri kelmaydi, deb hisoblagan. Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh. Kindlberger oʻz tahlilida koʻrsatganidek iqtisodiy oʻsishning mehnat va kapital bilan bogʻliqligining eng yaxshi namunasi boʻlib GFR, Italiya, Shveytsariya, va Niderlandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya, Belgiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis modelini teskari bogʻliqlikda boʻlsada, tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda iqtisodiy oʻsishning past sur’atlari mehnat resurslari va ishlab chiqarish quvvatlaridan cheklangan holda foydalanish bilan bogʻliq edi. Yana bir guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini boshidan kechirgan mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Yugoslaviya, Turkiya). Ularning iqtisodiy oʻsishi ham Sh. Kindlberger fikricha A. Lyuis modeliga toʻgʻri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat oʻz sanoatini balki boshqa Yevropa davlatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan ta’minlar edi va butun qit’a uchun oʻziga xos mehnat zaxirasi fondi vazifasini bajargan edi.


Download 12,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish