Yh – Yp
= kut + f ( ------------- ) + ε
Yp
Bu yerda – inflyatsiyaning haqiqiy darajasi;
kut – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi;
Yh – Yp
f ( ------------- ) + ε - talab inflyatsiyasi;
Yp
f – Fillips egri chizigʻining ogʻish burchagini belgilovchi empirik koeffitsiyent;
ε – tashqi baho shoki (taklif inflyatsiyasi).
Ouken qonuniga koʻra YaIMning uzilishi, ya’ni (Yh – Yp) / Yp miqdor davriy ishsizlikning oʻzgarishiga bogʻliqligi sababli qisqa muddatli Fillips egri chizigʻini tenglamasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
= kut - β [ u -u] + ε
Keltirilgan tenglamadan koʻrinib turibdiki, haqiqiy inflyatsiya darajasi miqdori kutilayotgan inflyatsiya darajasiga hamda tashqi baho shoklari darajasi bilan toʻgʻri bogʻliqlikka, davriy ishsizlik darajasi bilan esa teskari bogʻliqlikka ega ekan.
Hukumat Fillips egri chizigʻiga asoslanib, qisqa davr uchun, iqtisodiy siyosat maqsadlaridan kelib chiqib ishsizlik va inflyatsiya darajalarining istalgan kombinatsiyasini tanlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |