O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


Kichik Osiyodagi etno-madaniy jarayonlar



Download 2,62 Mb.
bet12/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Kichik Osiyodagi etno-madaniy jarayonlar
Turkiya Osiyoning g‘arbiy qismi va Yevropaning janubi-sharqiy qismida joylashgan davlat. Turkiy qabilalar dastlab Vizantiya imperiyasining Kichik Osiyodagi viloyatlariga melodiy IV asrdayoq kirib kelganlar.

Kichik Osiyo hududi qisman yoki butunlay qadimgi va ilk o‘rta asrlardagi davlatlar (Xett podsholigi, Lidiya, Midiya, Ahamoniylar davlati, Aleksandr Makedonskiy imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont podsholigi, Rim, Vizantiya, Konya sultonligi) va boshqalar tarkibida bo‘lgan.

Turk tarixining etnik-madaniy manbalari chuqur ildizlarga ega. Turkiyaning yerlarida xett, frigiy, imidiy, yunon, arman, ossuriylar kabi qadimgi xalqlar yashagan edi. Fors va rimliklar bu yerda o‘z mustamlakalarini o‘rnatishdi. Bu hududga Kir, Makedonskiy, Rim sezarlari, Yunon Vizantiyasi imepriyalari o‘z hukmronligini o‘tkazgan.

Turk tarixi o‘zidan-o‘zi boshlanmaydi, turkiy xalq shakllangan hududlardagi turklardan oldingi Anatoliya va Balqon sivilizatsiyasining ko‘plab yutuqlari ko‘chmanchi turklar tomonidan o‘zlashtirilgan edi.

Oldin Suljuqiylar yashagan hududlarning yuragi bo‘lgan, keyin esa Usmoniy turklar davlatining ajralmas qismiga aylangan zaminlar hozir Osiyo va Yevropa tutashadigan joyda joylashgan. Bu – Anatoliya yerlaridir. Bolqon yarimorolidan uni Qora dengiz bo‘g‘ozlari – Bosfor va Dardanell, hamda Marmar dengizi ajratib turadi. Marmardan tashqari, uning qirg‘oqlari shimoldan Qora, g‘arbdan Egey hamda janubdan O‘rta yer dengizi suvlari bilan yuvilib turadi. “Anatoliya” so‘zi grekcha “Anatoli” bo‘lib “Quyosh chiqishi” yoki “Sharq” degan manolarni berishi mumkin. Bunday nomni unga greklar berishgan, ya’ni ular qadimgi Kichik Osiyoning o‘rtasida joylashgan keng o‘lkani shunday deb atashardi. Turk tilida esa bu “Anadolu” deyiladi.

Anatoliya hozirgi Turkiyaning 97% maydonini egallaydi. Qolgan 3% esa Yevropa hududida joylashgan bo‘lib, Bolqon yarimorolining bir chetini egallab turadi. Buni Yevropa Turkiyasi, sharqiy Frakiya yoki sharqiy Rumeliya deb ataymiz. XV asr – XX asr boshlarida Usmoniy imperiyasi Osiyoning va Yevropaning katta qismiga egalik qilgan hamda Afrikada ham yerlari bo‘lgan. Anatoliyadan tashqari Usmoniy imperiyasi Gretsiya, Bolgariya, Serbiya, Dalmatsiya, Bosniya va Gertsogovina, Vengriya, Transilvaniya, Albaniya, Makedoniya, Frakiya, Moldaviya, Valaxiya, Podoliya, Qora dengizning shimoliy qirg‘og‘idan boshlab Kubanning sharqiy qirg‘og‘igacha, Azov, Qirim, janubiy Gruziya, Armanistonning bir qismi va Kudriston, Siriya, Livan, Palastin, Mesopotamiya, Arabiston, Tripolitaniya va Kirenaika, Jazoir, Tunis, Misr, Krit va Kipr orollariga ham egalik qilgan. Ammo, bazi bir Bolqon yerlarini hisobga olmaganda, turklarning mustamlakachiligi katta ko‘chmanchilik deb hisoblanmagan. Bu ko‘chish turk garnizonlari hamda sulton vassallari bilan chegaralangan. Shundan xulosa qilish mumkinki, Turk xalqining paydo bo‘lishi ba rivoji Anatoliyadan boshlangan.

Anatoliya – Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarini tutashtirib turuvchi ko‘prik hisoblanadi. Bunday hol doim iqtisodiy va madaniy boyliklarning foydasiga ishlagan. Bu yerlar sharq va g‘arbning aloqalarini bo‘glab turadigan vosita bo‘lib xizmat qilgan. Aytish mumkinki, qadimiy va o‘rta asrlarning Xett qirolligi, Vizantiya imperiyasi, Kichik Osiyoning Saljuqiylar davlati va Usmoniylar imperiyasining rivoj topishi Anatoliyaga juda ham qattiq bog‘langan. XVI asrning o‘rtalaridagi buyuk geografik topilmalardan, xususan Hindistonga suv yo‘li ochilganidan hamda Yevropadan Osiyoga yangi savdo yo‘llari barpo etilgandan so‘nggina Anatoliya dunyoviy savdo sotiqda o‘z o‘rnini yo‘qota boshladi. Bu esa turk davlatining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan boshqa G‘arb davlatlaridan ortda qolishiga ta’sir qilmay qolmadi. Anatoliya geografik bo‘laklarga bo‘linadi, jumladan: Kichik Osiyo yarimoroli (Anatoliya yarimoroli), Siriya-Mesopotamiya platosi deb atalgan g‘arbiy qirg‘og‘i va Arman-Kurd tog‘li hududlari. (Oxirgi nom bilan atalgan o‘lkada mahalliy aholisining katta qismi arman va kurdlardan tashkil topgani uchun qadimiy geograflar tomonidan shunday atalgan). Turkiyada bu tog‘li o‘lkani Sharqiy-Anatoliya tog‘lari deb atashadi. Eng qadimgi va an’anaviy nom bu Arman tog‘laridir. Aytib o‘tish o‘rinliki, Anatoliya va Kichik Osiyo bu geografik sinonimlar bo‘lib, boshqa davlatlarda uni Osiyo Turkiyasi deb atashga o‘rganishgan.

Kichik Osiyo, boshqacha qilib aytganda Anatoliya yarimoroli o‘rtasida janubiy tarafidan Tavra tog‘ tizmasi bilan, shimoldan esa Pont tog‘lari bilan xoshiyalangan O‘rta Anatoliya tepaligi ko‘rinib turadi. To‘glar zanjirga o‘xshab keng yoyilgan va ularning kesilgan joylari kamligi uchun qulay bandargohlarni topish juda mushkul. Ammo, Egey qirg‘oqlari navigatsiya uchun juda ham qulay: bu yerda dengiz cheksiz bo‘g‘ozlarga ega bo‘lib ular g‘arbiy va o‘rta Anatoliyaning ichki hududlari bilan yaxshi tutashgan. Kichik Osiyoning g‘arbidagi chiroyli va tabiiy portlarning ko‘pligi qadimiy greklar uchun Anatoliyaga ko‘chib o‘tish ishlarini ancha yengillashtirgan. Anatoliyaning sharqida joylashgan Arman-kudr tog‘liklari baland plato, to‘g tizmalari, dengiz sathidan 4000-5000 metr balandlikda joylashgan tepaliklar, tog‘ daralari va chuqurliklarni o‘z ichiga oladi. Tog‘likdan janubroqda Suriya-Mesopotamiya platosining turklarga qarashli qismi, dengiz sathidan 500 metrlar ko‘tarilgan tekislik va balandliklar bor.

Osiyo Turkiyasi o‘zining ob-havosining rang-barangligi bilan boshqa joylardan ajralib turadi. Bu birinchi o‘rinda davlatning relyeflari bilan bo‘qliqdir. Anatoliyaning g‘arbidagi ob-havoni eslatib yuboradigan o‘rta dengizning yumshoq va issiq havosi uning markazida tubdan kontinental (issiq, quruq) iqlimga aylanadi. Qora, Marmar, Egey hamda O‘rta yer dengizi sohillarida esa subtropik iqlimli vohalar mavjud.

Markaziy Anatoliyadagi yassi tog‘liklar yaylov chorvachiligi uchun yaratilgan ajoyib imkoniyatlar bilan birgalikda, Osiyo Turkiyasida dehqonchilikni har-xil turlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyatlar ko‘p. Bular ichida: tuprog‘i unumdor va yaxshi sug‘oriladigan va odatda sun’iy yo‘l bilan sug‘orilib turishi kerak bo‘lgan yerlar bor. Bunday sharoitlarning turli tumanligi Anatoliyaga ko‘chib o‘tgan ko‘chmanchi turk qabilalari uchun mahalliy aholi ancha vaqtdan beri shug‘ullanib kelayotgan xo‘jalikning tayanchi bo‘lgan chorvachilikni ancha vaqtgacha saqlab qolishga yordam berdi. Hamda ular yangi dehqonchilik sirlaridan asta-asta bohabar bo‘la boshlashdi. Anatoliyaning to‘gli tumanlari metal qazilmalarga juda ham boy bo‘lib, mis va temir konlarini o‘zlashtirishga imkoniyat yaratgan.

Anatoliyaning ko‘p hududlari relyefi bir-biriga xabar yuborish yoki bitta joydan ikkinchi joyga ko‘chib otishga unchalik ham qulay emas. Ayniqsa mamlakatning sharqida yetib borish qiyin bo‘lgan joylar anchagina. Boshqa joylar bilan aloqa faqatgina to‘g daralaridan, dengizdan va dovonlar orqali saqlab turilgan. Arman-kurd tog‘liklarida ham yetib borish mushkul bo‘lgan hududlar tog‘lar bilan o‘ralgan. Hozirgi kunda bu yerda yashayotgan kurdlar mamlakatning boshqa hududlari bilan arang aloqa qilishadi. Sharqiy Anatoliyaning bunday yakkalanib qolgani etnik jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi: aynan shu yerda zich va ko‘p sonli turli etnik jamiyatlari saqlanib qolib, boshqa turk aholi bilan chatishmagan – armanilar, aysorlar va kurdlar, laz va gruzinlar to‘liqligicha o‘z jamiyatini saqlab qolishgan. Anatoliya yerlari bu qadimiy madaniyatning bitmas tuganmas yodgorliklari xazinasidir, huddi yirik butun jahon qadimiy yodgorliklar muzeyiga o‘xshaydi. Arxeologlar odamzotga o‘tgan davrning tengi yo‘q ijod namunalarini qaytarib berishgan, ammo ularning qanchadan-qanchasi hali ham ko‘zdan yashiringan. Butun Anatoliya bo‘ylab qadimiy va mashhur shaharlar vayronaga aylanib qolib ketgan. Shu yerda, aynan Turkiya hududlarida eski Troya mamlakatining vayronalari yotadi.

Ammo Anatoliya o‘tmishi antiklikdan ham ko‘ra uzoqroqqa – asrlar tubiga borib taqaladi. Yuz yillik o‘lchov u uchun yetarli emas, uni ming yilliklar bilangina o‘lchash mumkin.

Insoniyat ushbu rohatbaxsh maskanga qadimgi tosh asri – paleolit davrlaridanoq o‘rnasha boshlagan edi. Taxminan 10 ming yil avval bu yerda anchayin yuqori madaniyatga ega jamiyat hayot kechirgan doimiy manzilgohlar paydo bo‘lgan. Anatoliya dashtlarida asosan tekis va doirasimon shakldagi past tepaliklarni tez-tez uchratish mumkin. Ular o‘sha maydonning bir markazini anglatgan tarzda tekis kengliklarda yastanib yotadi. Bu esa tabiatdagi inson tomonidan – ibtidoiy odam tomonidan vujudga keltirilgan ilk o‘zgarishdir. Mazkur balandliklar Anatoliyada “xyoyuk” deb ataladi. Bular boshqa mamlakatlarda ham uchraydi. Eron va O‘rta Osiyoda ularni “tepa” yoki “tyube” deb ataydilar, Suriya, Falastin va Mesopotomiyada “tell”, Bolqonda “turar joy tepaligi” deb ataladi. Bularning barchasi – asrlar davomida bir joyning o‘zida bir-birining o‘rnini almashib turgan ko‘plab manzilgohlardan paydo bo‘lgan bir qatlamdir. Loydan ko‘tarilgan burungi shaharning xarobalari yangi binokorlikning asosi bo‘lib xizmat qilgan.

Anatoliya janubidagi bunday tepaliklardan biri – Chatal-xyoyukni ingliz arxeologi Jeyms Melaart qazib ochdi. Ushbu tepalikning eng ostki qatlamida miloddan avvalgi VII ming yillikka tegishli shahar mavjud bo‘lgani aniqlandi. Melaartning kashfiyotiga qadar Falastindagi Iyerixongina bundayin qadimiy yosh bilan maqtana olar edi. Ovul atrofi mustahkam devorlar bilan o‘ralgan bo‘lib, ichkariga darvoza orqali kirilgan. Loydan qurilgan turar joylar Kavkaz ovullari kabi bir-biriga zich qilib ko‘tarilgan. Ularda eshik bo‘lmagan, uy ichiga tomdan ochilgan tuynik orqali yog‘och narvonlar yordamida kirilgan. Loydan yasalgan supachalar stol, so‘ri va o‘rindiqlar vazifasini bajargan. Ularning ostiga vafot etganlarni ko‘mganlar. Arxeologlar odam bosh chanoqlari hamda suyaklarini topishgan. Chatal-xyoyuk aholisi ziroatchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar: arpa, bug‘doy va no‘xat yetishtirganlar; qo‘y, echki, sigir va cho‘chqa boqib ko‘paytirganlar. Bu haqda qazilmalar paytida topilgan don va hayvon suyaklari qoldiqlari so‘zlaydi. Chatal-xyoyukda san’at asarlari ham topilgan. Ularning yoshi 90 asrga teng. Devorga solingan suratlarda jonivorlar tasvirlangan. Loy, ganch va toshdan yo‘nilgan ayol shaklidagi haykalchalar hosildorlik ma’budalariga bag‘ishlangan. Kichik Osiyodagi ayol ma’budalar – Kibel, Ishtar, Ma, Efes Artemidasiga bo‘lgan hurmat manbasi mana qaerdan. Ziroatchilik homiylariga, ayol urug‘ boshilariga sajda qilish matriarxat davrida rasm bo‘lgan, Chatal-xyoyukning pastki qatlamlari esa aynan mana shu davrga daxldordir.

Anatoliyaning janubida yana bir tepalik - Xajilar qazib ochildi. Uning yoshi va madaniyati Chatal-xyoyukniki bilan aynan bir xil. Ikkala kashfiyot ham shuni ko‘rsatadiki, Janubiy Anatoliya sayyoramizda insoniyatning ilk bor doimiy qarorogohi paydo bo‘lgan, o‘troq ziroatchilik hamda chorvachilik vujudga kelgan, ya’ni insoniyat tarixidagi ilk taraqqiyotlardan biri – neolit sodir bo‘lgan manzilga daxldor. Bu yangi tosh asri madaniyati va iqtisodiyotida ulkan burilish yasadiki, bunda insoniyat xo‘jalik yuritishdan ishlab chiqarishga, yovvoyi mevalarni to‘plash va hayvonlarni ov qilishdan o‘simliklarni madaniylashtirib o‘stirish va uy hayvonlarini boqib ko‘paytirishga o‘tgan edi. Kichik Osiyo shu hududning, ya’ni Bolqon yarimoroli va Eron tepaliklari o‘rtasidagi hududning deyarli markazi bo‘lgan. Aynan Janubiy Anatoliyada neolit inqilobining ilk o‘chog‘i bo‘lgani ehtimoldan uzoq emas. Buyuk biolog N.I. Vavilovning safdoshi hisoblanmish P.M.Jukovskiy Kichik Osiyoni ko‘pgina madaniy o‘simliklarning birlamchi vatani deb hisoblaydi.

Yangi tosh asrining arxeologik topilmalari esa tilsiz. Ular ushbu davrning madaniy va xo‘jalik yutuqlarini chechanlik bilan namoyish etadilar, ammo neolit odamlari qaysi tilda gaplashganini aytib bera olmaydilar.

Bizga esa Ivan Buninning:


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish