O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/198
Sana31.12.2021
Hajmi1,36 Mb.
#211737
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   198
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Ouken  qonuni  quyidagicha:  agar  ishsizlikning  amaldagi  darajasi 

ishsizlikning  tabiiy  darajasidan  1  foizga  yuqori  bo‘lsa,  joriy  YaIMning 

potensialYaIM  ko‘rsatkichdan  ortda  qolishi  2,5  foizni  tashkil  qiladi.  Boshqacha 

qilib  aytganda,  siklik  ishsizlikning  har  bir  foizi  YaIM  bo‘yicha  2,5  foiz  ortda 

qolishga sabab bo‘ladi. Masalan, berilgan muddat (yil) mobaynida siklik ishsizlik 3 

foizni  tashkil  qilgan  bo‘lsa,  joriy  YaIMning  potensialYaIM  ko‘rsatkichdan  ortda 

qolishi 7,5 foizga tengdir. 

2,5 soni Ouken soniOuken parametri (ko‘rsatkichi) yoki Ouken koeffisienti 

deb  ataladi.  Statistikaning  ko‘rsatishicha,  bu  koeffisient  turli  mamlakatlarda  va 

turli  davrlarda  2 bilan  3  orasida  o‘zgarib  turishi  mumkin.  Uning  qiymati  mehnat 

omilining mahsulotni ishlab chiqarishdagi ahamiyatiga bog‘liqdir. 



Siklik ishsizlik potensial YaIMdan ortda qolishdan tashqari boshqa bir qator 

salbiy  oqibatlarni  ham  yuzaga  keltiradi.  Yuqori  ishsizlik  natijasida  aholining 

daromadlari kamayadi, ya’ni to‘lovga layoqatli talab susayadi va agar davlat zarur 

chora-tadbirlarni ko‘rmasa, so‘nishning yanada chuqurlashuviga olib keladi. 

Aholi  daromadlarining  ishsizlik  oqibatida  pasayishi  real  jamg‘armalarning 

qisqarishiga  olib  keladi.  Jamg‘armalar  –  investisiyalar  manbai  bo‘lgani  tufayli, 

bunday jarayon investision imkoniyatlarning qisqarishiga ham olib keladi. 

Davlat uchun esa, investisiyalarning va demak ishlab chiqarish hajmlarining 

qisqarishi tufayli byudjetga soliq tushumlari kamayadi. 

Ishsizlikning  yana  bir  salbiy  oqibati  shuki,  u  sababli  mamlakat  aholisining 

tabaqalashuvi  yanada  chuqurlashib  ketadi.  Ishsizlik  yuki  turli  ijtimoiy  guruhlarga 

turlicha ta’sir qiladi. Ma’lumki, ishsizlik darajasi aynan mehnat bozorida ko‘proq 

kamsitiladigan  aholi tabaqalari orasida  yuqori bo‘ladi.  Bunday  tabaqalarga o‘quv 

yurtlarini  endi  tamomlagan  va  ish  qidirayotan  yoshlar,  ozchiliklar,  ayollar  kiradi. 

Aholining  bu  guruhi  ko‘pincha  birinchi  navbatda  ishdan  bo‘shatiladi.  Aynan  shu 

guruhlarning  daromadi  avvaldan  pastligini  e’tiborga  oladigan  bo‘lsak,  ishsizlik 

yuqori bo‘lgan davrlarda daromad taqsimotidagi tengsizlik ham kuchayadi, degan 

xulosaga kelish mumkin.  

Bundan  tashqari,  shuni  ham  unutmaslik  kerakki,  ishsizlik  oddiy  iqtisodiy 

hodisa emas, balki u ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. 

Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 

♦  ijtimoiy tushkunlikning o‘sib borishi; 

♦  ruhiy  tanglikning o‘sishi; 

♦  ijtimoiy  faollik  ko‘rinishlarining  kuchayishi  (namoyishlar,  mitinglar, 

ommaviy chiqishlar); 

♦ jinoyatchilikning o‘sishi va hokazo. 

Davlat  ishsizlik  sharoitlarida  bir  qator  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarni 

tartibga  solishga  qaratilgan  murakkab  vazifalar  kompleksini  hal  qilish  zaruratiga 

duch keladi. 

Davlatning ishsizlikka nisbatan olib boradigan siyosatiga kelsa, bu yerda bir 

xil  nuqtai  nazar  yo‘qligini  aytib  o‘tish  joizdir.  Ishsizlikka  va  uni  tartibga  solish 

masalalariga  klassik  va  keynscha  yondashuvlar  mavjuddir.  Bu  qarashlar  mehnat 

bozori  faliyatini  klassiklar  va  keynschilar  tomonidan  turlicha  tushunishga 

asoslangan. 

Klassik maktabda mehnat bozoridagi muvozanat g‘oyasi hukmronlik qiladi. 

Har  qanday  bozordagi  kabi,  mehnat  bozorida  ham,  agar  u  o‘z  holiga  tashlab 

qo‘yilsa, muvozanat yuzaga keladi, iqtisodiyot esa uzoq muddat mobaynida to‘liq 

bandlik  darajasiga,  ya’ni  tabiiy  ishsizlik  darajasiga  intiladi.  Ishlab  chiqarishning 

tabiiy  darajasi  gipotezasi  (ishsizlikning  tabiiy  darajasi)  amerikalik  iqtisodchi 

M.Fridmenga  mansubdir.  Agar  so‘nish  davrida  ishsizlik  ortsa,  buni  vaqtinchalik 

holat  deb  baholash  lozim,  jonlanish  boshlangach,  mehnat  bozori  o‘zining  tabiiy 

holatiga – to‘liq bandlik darajasiga qaytadi. 

Keyns  maktabi  vakillari  tabiiy  daraja  gipotezasini  inkor  qiladilar  va  unga 

muqobil ravishda ishsizlikning gisterezisi konsepsiyasini ilgari suradilar. 





Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish