o‘zgarishlariga, demak, ishchi kuchiga bo‘lgan talabning tarkibiy o‘zgarishiga
mehnat turi qaysi tovar yoki xizmatni ishlab chiqarishda yoki ko‘rsatishda
iqtisodiytdagi tarkibiy o‘zgarishlar ishchi kuchiga bo‘lgan talabda ham tarkibiy
mehnatga bo‘lgan talab avvalgi darajada qolib, mehnatga bo‘lgan talabdan orta
bo‘lgan ishsizlik misol qilib keltiriladi. Ular «o‘layotgan» tarmoq vakillari
bo‘ladilar yoki ishlab chiqarishning boshqa omillari ta’sirida siqib chiqariladilar.
Masalan, mehnatning o‘rnini kapital bosishi mumkin, natijada mehnatga bo‘lgan
talab susayadi.
Tarkibiy ishsizlik tushunchasiga «tirik», lekin muammolarga duch kelgan
tarmoqlardagi tarkibiy inqirozlar oqibatida vujudga keladigan ishsizlikni ham
kiritish lozim. Masalan, konversiya oqibatida Rossiyadagi ushbu tarmoqlarning
ko‘plab ishchilari tarkibiy ishsiz bo‘lib qoldilar.
Friksion va tarkibiy ishsizlikning umumiy jihati shuki, ularning ikkovi ham
har qanday mamlakatning iqtisodiyotida muqarrar ravishda vujudga keladi. Bunda
friksion ishsizlik darajasi qiymati mehnat bozoridagi aholining ijtimoiy-iqtisodiy
imkoniyat darajalarini, tarkibiy ishsizlikning ko‘rsatkichi esa tarkibiy o‘zgarishlar
darajasini xarakterlaydi.
Shuningdek, friksion va tarkibiy ishsizlik o‘rtasida tafovutlar ham bor.
Birinchidan, tarkibiy ishsizlik friksion ishsizlikka nisbatan uzoqroqqa
cho‘ziladi, chunki tarkibiy inqirozlarni qisqa muddat ichida bartaraf qilish qiyin.
Ikkinchidan, tarkibiy ishsizlarning tarkibi barqarorroq bo‘lib, bu
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtiruvchi ziddiyatli guruhlarning
shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Uchinchidan, agar friksion ishsizlar uchun qayta o‘qitish – ularning o‘z ishi
bo‘lsa, tarkibiy ishsizlar, agar ular tarkibiy inqiroz mobaynida ish topishni
rejalashtirgan bo‘lsalar, majburiy qayta o‘qitishga muhtojdirlar.
To‘rtinchidan, ko‘ngilli, friksion ishsizlikdan farqli ravishda, tarkibiy
ishsizlik har doim majburiy xarakterga egadir.
Umuman, tarkibiy ishsizlik – butun mamlakat uchun ham, ishsizlikning
ushbu toifasiga mansub bo‘lgan shaxslar uchun ham friksion ishsizlikdan ko‘ra
og‘irroq holatdir.
Friksion va tarkibiy ishsizliklarning yig‘indisi tabiiy ishsizlik deb ataladi.
«Tabiiy ishsizlik» atamasi ushbu darajaning me’yorda ekanligini,
iqtisodiyotga ichdan xos ekanligini ta’kidlash uchun ishlatiladi. Bu ishsizlikning
eng yaxshi darajasidir. Bir tomondan, uning darajasi resurslarning bandlik
muammosi haqida gapiradigan darajada yuqori bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan, u
mehnat bozorining moslashuvchanligini ta’minlash va sog‘lom raqobat
elementlarini hosil qilish uchun yetarlidir.
Tabiiy ishsizlik – ishchi kuchining zarur hollarda qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan zaruriy zahirasidir.
Ishsizlikning tabiiy darajasi ba’zan to‘liq bandlik yoki ishsizlikning nolga
teng darajasi deb ataladi. Ushbu ta’rifda ishsizlikning mazkur darajasi potensial
YaIMga, ya’ni to‘liq bandlik holatidagi YaIMga erishish imkonini berishi
ta’kidlanmoqda. Uni grafik shaklda iqtisodiyotda resurslarning, shu jumladan,
mehnat resurslarining to‘liq bandlik darajasini xarakterlovchi jami taklif egri
chizig‘ining vertikal qismida ko‘rish mumkin (12.3-rasm).
Ishsizlikning tabiiy darajasi shuningdek ishsizlikning inflyatsiyani
tezlashtirmaydigan
darajasi
(NAIRU
Do'stlaringiz bilan baham: