Shell saralashi (qisqarib boruvchi qadamlar orqali saralash) – mazkur usul to’g’ridan to’g’ri qo’shish usulini modifikasiyasi bo’lib, 1959 yilda D. Shell tomonidan taklif qilingan. Mazkur algoritmning g’oyasi quyidagicha. Faraz qilaylik, a[0],a[1],a[2],…, a[n] boshlang’ich elementlar ketma-ketligi bo’lsin. 1-qadam. Boshlang’ich ketma-ketlikning har r1 o’rinda joylashgan elementlari guruhlanib, har bir guruh alohida qo’shish usuli orqali saralanadi({a[0], a[r1], a[2*r1],…,}, {a[1], a[1+r1], a[1+2*r1],…,} v.h.). 2-qadam. Hosil qilingan ketma-ketlikda har r2 o’rinda joylashgan elementlar guruhlanib, har bir guruh alohida saralanadi va xokazo k-qadam. k-1 qadamda hosil bo’lgan ketma-ketlik oddiy qo’shish usuli orqali saralanadi. Eslatma: r1>r2>…>rk-1>rk=1.
Xeshlashtirish – ma’lumotlarni ma’lumotlar jadvaliga joylashtirish bo’lib, bundan maqsad kelgusida kerakli element joylashgan o’rinni tez aniqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |