Daraxtga yangi element qo’shish – bunda birinchi navbatda qo’shmoqchi bo’lgan yangi tugun kalit bo’yicha daraxtda qidiruv amalga oshiriladi, agar mazkur kalitga teng kalitli tugun mavjud bo’lsa, u holda daraxtga tugun qo’shilmaydi, aks holda tartiblangan binar daraxtni qurish qoidasi bo’yicha yangi tugun qo’shiladi.
Binar daraxtda elementni o’chirish - tugunni o’chirib tashlash natijasida daraxtning tartiblanganligi buzilmasligi lozim. Tugun daraxtda o’chirilayotganda 3 hil variant bo’lishi mumkin: 1) Topilgan tugun terminal (barg). Bu holatda tugun shunchaki o’chirib tashlanadi; 2) Topilgan tugun faqatgina bitta o’g’ilga ega. U holda o’g’il ota o’rniga joylashtiriladi; 3) O’chirilayotgan tugun ikkita o’g’ilga ega. O’chirilayotgan tugun o’rniga quyidagilarni biri chiqishi mumkin: yoki chap qism daraxtning eng o’ng tomondagi elementi, yoki o’ng qism daraxtning eng chap elementi.
Do'stlaringiz bilan baham: |