Qidiruv tushunchasi – bu foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlar tuzilmasi elementlarini biror bir maqsadda ko’rib chiqish jarayonidir.
Qidiruv algoritmi – biror bir ma’lumotni topish uchun ma’lumotlar bazasida elementlarni ko’rib chiqishning qat’iy ketma-ketligi. qidiruv vazifasi - berilgan argument bo’yicha ma’lumotlar ichidan mazkur argumentga mos ma’lumotlarni topish yoki yo’qligini aniqlashdan iborat.
Jadval yoki fayl – ixtiyoriy ma’lumotlar majmuasi.
Kalit – bu elementni tasniflab beruvchi biror bir ma’lumot.
Noyob kalit - mazkur kalitga ega element jadvalda yagona.
Do'stlaringiz bilan baham: |