O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI
“KORPORATIV MOLIYA VA QIMMATLI QOG’OZLAR” KAFEDRASI
“MOLIYAVIY MENEJMENT” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Korxonalarda moliyaviy inqirozlar va ularning yuzaga kelish sabablari
Bajardi: Turdiboyev Ilyos
Korporativ moliya yo’nalishi 4-kurs IKM-71 guruh
Ilmiy rahbar: Otahonova Shohyora
TOSHKENT-2021
Kirish
Reja:
1. Moliyaviy inqiroz haqida tushuncha,uning kelib chiqish sabablari va oqibatlari
2. Moliyaviy inqirozga qarshi kurashish usullari va ularning qo'llanilishi
3. Moliyaviy inqirozning oldini olish va unga qarshi kurashishning xorij tajribasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bozor iqtisodiyotini mulkchilikning turli xil shakllariga asoslanganligi ishlab chiqarishga yangi texnika-texnologiyalarning jalb qilinishiga imkon yaratadi, bu esa, mahsulotlar taklifining ko‘payishi hisobiga bozordagi narxlarning pasayishiga olib keladi hamda bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi. Natijada bozor ishtirokchilari faoliyatida bankrotlik jarayonlari faollashadi. Ma’lumki, 2008 yilda jahon iqtisodiyoti muvozanatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham mazkur iqtisodiy tizimda inqirozlarni boshqarish xususiy mulkchilik sharoitida ancha murakkab ekanligini ko‘rsatdi.
Korporativ tuzilmalarda zamonaviy korporativ boshqaruv uslubiyotini takomillashtirishda inqirozga qarshi boshqaruv tizimini tashkil etishning uslubiy-amaliy asoslarini keng oʼrganish va xorijiy davlatlar ilgʼor tajribalarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda korporativ tuzilmalar moliyaviy holatini samarali baholash va istiqboldagi faoliyatini prognoz (bashorat) qilish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Korxonada bankrotlik ehtimolliklarini yuzaga kelishini oldindan prognoz qilish, bankrotlik riskini baholash, inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvning asosiy yoʼnalishlarini aniqlash, aniq funktsiya va maqsadlarini belgilab olish inqirozga qarshi boshqaruv tizimining asosiy elementlaridan biri sanaladi. Iqtisodiy vaziyat va makroiqtisodiy koʼrsatkichlarning oʼzgaruvchanligi xalqaro moliyaviy – siyosiy jarayonlarning moʼʼtadil emasligini eʼtiborga olgan holda, korporativ tuzilmalar moliyaviy menejerlari yoki rahbarlari nafaqat joriy davrdagi moliyaviy holatni tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish, balki muntazam ravishda kelgusidagi bankrotlik extimolliklarini tashxis qilish va baholash muhim vazifalardan biri sanaladi. Mazkur jarayonlarni oqilona boshqarish nafaqat korxona aktsiyadorlari yoki mulkdorlari balki kontragentlarni (moliya muassasalari, investorlar, xorijiy sheriklar va sh.k.) ham qiziqtiruvchi muhim masala hisoblanadi.Muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoev taʼkidlaganlaridek, “Navoiy va Olmaliq togʼ-kon metallurgiya kombinatlari kabi yirik sanoat korxonalarida yangiinvestitsion loyihalarni amalga oshirish bilan birga, ushbu korxonalarni xalqaro moliya bozorining toʼlaqonli ishtirokchisiga aylantirish lozim. Buning uchun 2020 yilda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish, zaxiralarni qayta hisoblash, korporativ oshkoralikni tatbiq etish kabi ishlarni yakunlash zarur”.1
Do'stlaringiz bilan baham: |