Eng muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va
insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi emas, balki
uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-
odatlari o'ziga xos bladi va inson ahli ularga rioya qilmog'i darkordir, aks holda
nizom va bir xillik yo'qolsa, tartib ham yo'q bo'ladi, deb uqtiradi buyuk
mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol
mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.
mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan
jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va
ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko'rsatib berdi. Binokor, ko'mir qazuvchi,
hunarmand, fan sohiblari mehnatini og'ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat
zag'matkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o'qish eng kerakli mehnat
ekanligini isbotlaydi. Shunga ko'ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar
ko'payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo'lgan
harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi
isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-
irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo'lgan, chunki bunday
mehnat samarasi pastdir. Meros bo'lib avloddan avlodga o'tib keladigan hunarlar
yuqori baholangan.
Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, er ostida
gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar
va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa ochiq
va er ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, er osti konlarini mustahkamlash
(falokat oldini olish uchun), er osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani
yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kon atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi.
Er osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik,
aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og'ir ishlarni bajarish
maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo'yilmog'i kerak,deydi
olim. Xuddi shu o'rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati
jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning
avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g'oyalarni ilgari
suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog'lanadi.
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovor va boshqa narsalar
yasaydilar. Ish joyida belgilab-o'lchab beruvchi usta bo'lib, uning oldida billurning
mayda va katta bo'lakchalari to'plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini
olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab o'lchab belgilab chiqadi.
Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib
buyumlarni yasay boshlaydi.
Olim shu erda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko'rsatadi. Olim va
mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag'banlantirib
turish foydali ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik
tamoyilining xuddi o'zidir. Uningcha, ayniqsa, erga ishlov berib, rizq-ro'z
yaratuvchilarga mehribon bo'lish kerakligi ko'rsatiladi. Ana shu g'amxo'rlik
oqibatida erga yaxshi ishlov beriladi va er hosildor bo'ladi, moddiy ne'matlar
yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr
XVIII asrda Adam Smit tomonidan to'laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar
esa tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo'ladi,
deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko'tariladi).
Agar kishilar to'q bo'lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi
yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o'rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz
o'rtasida tenglikni o'rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi,
ozodligi, erkinligi kishilar o'rtasida hulq-atvor, hurmat-e'tibor uchun muhim va
zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri- bu tanlash va
tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: