O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/65
Sana29.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#158487
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
DARSLIK иктисоди таълимотлар тарихи

Forobiy          qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga 

amal  qilish  uchun  quvvai  hofizaga  ega  bo'lishi  kerak  .  Agar  shunday  qonunlar 

qolmagan  bo'lsa,  «  bunday  qonunni  o'ylab  topish  uchun  ijod,ixtiyor  qilish 

quvvatiga  ega  bo'lishi  kerak.  Amaldagi  haqiqiy  ahvolni  tez  payqab  olish  va 

kelgusida ro'y beradigan, avvalgi rahbarlar ko'zda tutmagan voqealarni ko'ra bilishi 

uchun  bashoratgo'ylik  hislatiga  ega  bo'lish  talab  etiladi.  Bu  hislat  unga  xalq 

farovonligini yaxshilash yo'lida kerak bo'ladi».  

Hozirgi davr tili bilan aytganda, iqtisodiyotda prognoz, istiqbolni ko'ra bilish 

xaqida  gap  bormoqda.  Avvalgi  rahbarlar  o'rnatgan  qonunlarga,  shuningdek, 

avvvalgilardan o'rnak, isbot olib o'zi to'qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi 

uchun qizg'in so'zlash- notiqlik hislatiga ega bo'lish kerakligi ko'rsatiladi.  

Zarur  hollarda  harbiy  ishlarga  mohirona  rahbarlik  qilish  uchun  etarli 

jismoniy  quvvatga  ega  bo'lish  talab  etiladi.  Ham  jang  qilishni,  ham  sarkarda 

sifatida jangu jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san'atni yaxshi bilish kerakligi 

uqtiriladi.  

Mabodo, shu hislatlarning barchasini o'zida jamlagan odam topilmasa, lekin 

2  kishi  birgalashib,  shu  hislatlarga  ega  bo'lishsa  (ya'ni  bir  donishmand,  2-qolgan 

hislatlar  sohibi  bo'lsa),  shu  ikkovini  fozillar  shahriga  rahbarlikka  qo'yish  zarur. 

Demak,  olim  tomonidan  amalda  uchraydigan  barcha  holatlar  e'tiborga  olingan 

holda rahbar tanlash yo'l-yo'riqlari berilgan.  

Albatta,  bo'lajak  rahbar  shu  hislatlarga  egami-yo'qmi  ekanligi  qanday 

aniqlanadi,  degan  savol  tug'iladi.  Buni  har  bir  insonning  umr-hayoti,  avvalgi 

yillardagi  faoliyati,  xalq  hukmiga  havola  etilayotgan  dasturi,  yaqin  kishilarning 

bergan  tafsilotlari  orqali  bilib  olish  va  eng  maqbul  nomzodni  qo'llab-quvvatlash 

kerak. Ibn Sino talqinidagi iqtisodiy karashlar.  

Ibn  Sino  (980-1037)  tomonidan  nioyatda  katta  ilmiy  meros  qoldirilgan,  u 

yozgan asarlarning soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 tadan ortig'i tibbiyotga oid, 30 

ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, 

psixologiya,  teologiya,  ahloq,  boshqa  ijtimoiy-siyosiy  masalalarga  bag'ishlangan. 

Lekin  bizgacha  uning  faqat  160  ga  yaqin  asari  etib  kelgan.  Olimni  hurmatlab 

«Shayx ur-rais» deb ataganlar.  



Olimning  tibbiyotga  oid  asarlarida  iqtisodiyot  bilan  bog'liq  muhim  g'oyalar 

ilgari  suriladi.  Inson  sog'lig'ining  ichki  va  tashqi  muhitga  bevosita  bog'liqligi, 

ayniqsa  ovqatlanish,  turmush  sharoiti  katta  ahamiyat  kasb  etishi  ko'rsatiladi. 

Iqtisodiyot fanida muhim bo'lgan kategoriya «etiyoj» ni ta'riflab, moddiy boyliklar 

yaratishda  mehnatning  va  mehnat  qurollarinining  o'rnini  aniqlab  beradi.  Uning 

asarlarida  «mehnat  taqsimoti»ga  katta  e'tibor  qaratiladi,  taqsimot  tufayli 

unumdorlik  oshuvi  va  mahsulot  sifati  yaxshilanishi  isbotlab  berilgan.  Farbiy 

Evropada faqat 1776 yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi.  

Ibn Sinoning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga 

esa  tabiat  ne'matlari  kamlik  qiladi,  u  ovqat,  kiyim-kechak  va  uy-joyga  ehtiyoj 

sezadi.  Hayvon  tabiat  ne'matlari-ni  o'zlashtirib  oladi,  odam  esa  o'z  mehnati  bilan 

o'ziga  ovqat,  kiyim,  turar  joy  yaratadi.  Shu  maqsadda  inson  dehqonchilik  va 

unarmand-chilik bilan shug'ullanishi kerak».  

Olim  asarlarida  fozil  davlat  to'g'risidagi  g'oyalar  rivojlantirilib,  o'zaro 

yordam  do'stlik  va  hamkorlikka  katta  o'rin  beriladi.  Olim  nazariy  va  amaliy 

ilmlarni  ajratib  ko'rsatadi,  nazariy  ishlarni  inson  faoliyati  bilan  bog'liq  bo'lmagan 

narsalar to'g'risidagi haqiqiy ilmlar deb ta'riflaydi.  

Amaliy  ilmlarning  ob'ekti  inson  faoliyatidir.  Nazariy  ilmlarning  haqiqatni 

bilishga, amaliy  ilmlar  esa  yaxshi  ishlarni  bajarishga  qaratilgan. Bunda  insonning 

ahloqiy fazilatlari muhim o'rinni egallaydi. U insonlarning kundalik foydali amaliy 

ishlarini  ulug'laydi,  ahloqiy  munosabatlarda  kamtarlik,  izzat-hurmat,  jasurlik, 

ayniqsa  to'g'rilik,  sofdillik  kabi  hulqiy  qoidalarga  alohida  e'tibor  beradi.  Bu 

xususiyatlar iqtisodiyotda inson omili to'g'risidagi g'oyaga mos keladi. Iqtisodiyot 

rivojlanishining ob'ektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o'z baxtini o'zi yarata 

oladi.  Yaxshi  xulq  va  iqtisodiyot  o'rtasida  bevosita  bog'liqlik  borligini  «Uy-joy 

tutish tadbiri» asarida  ko'rsatib  beradi. Bu  risolada u  ayollarning o'n  etti hislatini 

sanab ko'rsatadi. Bularga dastlab ayol oqil va e'tiqodli, yoqimtoy, o'z eriga mehru-

muhabbat  qo'ygan,  farzand  ko'ra  oladigan,  ezma  bo'lmagan,  itoatkor,  dili  pok, 

bexarxasha,  pokiza,  vazmin  va  o'zini  tutib  olgan  jiddiy  va  ulug'vor,  har  bir  xatti- 

harakatida o'zining yaxshi hislatlari bilan ajralib turadigan va eng muhimi, erining 

birini  ikki  qiladigan-tejamkor,  og'ir  damlarda  unga  malham  bo'la  oladigan 

mushfiqu mehribon bo'lishi kerak.  

Ibn  Sino  oddiy  musulmon  sifatida  xudo  borliliga  to'la  ishonadi,  lekin 

dunyoda  odamlarning  ishi  faqat  toat-ibodat  qilish,  ro'za  tutish,  Qur'on 

o'qishdangina  iborat  emas,  balki  ularning  fan,  ma'rifat  bayrog'ini  ko'tarib,  foydali 

(savobli)  ishlar  qilishlari  ulug'lanadi.  U  bilimlarni  egallasa,  o'shandagina  haqiqiy 

musulmon bo'la oladi, deb ta'kidlaydi.  

Mustaqillik  sharofati  tufayli  biz  bobimizni  yana  qaytadin  kashf 

qilmoqdamiz,  uning  ilmiy  merosi  har  tomonlama  chuqur  o'rganilmoqda  va  keng 

xalq ommasiga etkazilyapti.  

Musulmon  huquqshunosligida  tovarning  iste'mol 

qiymati tan olingan, tovarning qiymati bilan so'ralayotgan 

baho  (bozor  narxi)  farqlangan.  Yirik  din  peshvosi 

Bahouddin  Naqshbandning  «Dil  ba  yoru,  dast  ba  kor», 

ya'ni «dil yor (Alloh) bilan, qo'l ish bilan (band bo'lsin)» 



degan  tezisi  o'sha  davr  uchun  muhim  edi,  chunki  ilgari  xudoga  faqat  e'tiqod 

qilishning  o'zi  kig’oya  deb  bilingan.  Nizomulmulk  (1018-1092)  «Siyosatnoma» 

asarida  hukmdorlar,  amirlar,  amaldorlar  va  qozilarning  mansabni  suiiste'mol 

qilishini,  soliqlarning  og'irligi,  davlat  mablag'larini  saqlash  va  sarflashda  hisob-

kitob  zarurligini  qayd  etgan.  Saljuqiylar  davlati  arbobi  sifatida  iqto'ni  tanqid 

qilgan.  Iqto'  -  o'rta  asrlarda  O'rta  Sharq,  shu  jumladan  O'rta  Osiyoda  hukmdor 

tomonidan  ayrim  shaxslarga  katta  xizmatlari  evaziga  in'om  qilingan  chek  er 

(Temuriylar davlatida suyurg'ol).  

XIII  asrning  boshidan  XIV  asrning  70-yillarigacha  bo'lgan  davr  bu 

mo'g'ullar  istilosi  davri  bo'lib,  ko'p  sohalarda  orqaga  qaytish  (regress)  bo'ldi. 

Ammo bosqinchilar mahalliy xalq urf-odati, madaniyati, tili, dinini, xo'jalik tarzini 

qabul  qilishga  va  ular  bilan  aralashib  ketishga  majbur  bo'ldilar.  Shu  davrda  boj, 

bojxona,  bojxona  solig'i  yuzaga  keldi.  Hozirgi  ruscha  «tamojnya»  so'zi  aslida 

mo'g'ulcha, keyinchalik turkchadagi «tamg'a» so'zidan olinganligi ma'lum.  




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish