Ibn Sino atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya
va Farbiy Evropa bilan chambarchas bog'lar edi. Bu esa karvon yo'li orqali
minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman
tovarlarning qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O'rta
Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga
aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar
o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Evropadagi
tovarlarga bo'lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay
turib, uzoq va xatarli yo'lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog'u
toshlardan , qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga,
amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib
borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini
yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika (al-jabr),
geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot ) va boshqa ko'pgina fanlar
rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn
Ro'shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko'plab mutafikkirlar yashab,
ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan.
Sharq uyg'onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon
etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Ana shundan kelib chiqib dastlab 873-950 yillarda yashab ijod etgan Abu
Nosir Ibn Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz.
Bo'lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga qo'yiladigan joyda Shosh-
hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-Farbda joylashgan Forob (O'tror) degan
joyda tug'ilgan. U Forobda o'qigan, Shoshda bo'lgan, Buxoro va Samarqandda
ta'lim olgan. Arab xalifaligining markazi-Bog'dodda o'qishi davom ettirgan,
umrining oxirgi yillarida Xalabda, so'ngra Damashqda yashagan va shu erda vafot
etgan.
Forobiy O'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning Qariyib barcha
sohalarini o'z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan Qomusiy olim sifatida
tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel
(Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «Muallimas -Soniy»
- «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar.
Olimning ayniqsa «Fozil odamlar shahri» asari
diqqatga sazovar bo'lib, unda mamlakatni boshqarish,
hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog'liq
bo'lgan muhim g'oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab
o'tish kerakki, Forobiy o'z ustozi Arastu g'oyalarini har
tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi
uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta'limotni yaratdi, iqtisodiyot
fanida muhim blgan
«Ehtiyoj» ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va
mehnat qurollari o'rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari
mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab
chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati
ortadi, texnik moslamalar
Do'stlaringiz bilan baham: |