Farg’oniy kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o'z davrida hamma
ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo'lgan holatdan, har bir operasiyani
maxsus kishilarga bo'lib berish afzalligi ko'rsatiladi («Qushni so'ysa ham, qassob
so'ysin»). Mehnat taqsimoti to'g'risidagi g'oya taniqli iqtisodchi Adam Smit
ta'limotining (XVIII asr) asosidir.
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to'g'risidagi g'oyalari nihoyatda
ahamiyatlidir, o'zaro yordam va do'stlikning zarurligi ko'rsatiladi. Masalan, shahar
tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne'matlarni to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd
etilgan. Arastu g'oyalari rivojlantirilib, avvalo er va joylarning miqdori, keyin
ularning egalari va tutgan o'rinlari, so'ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-
ovqat, ekin ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi
kerakligi ko'rsatiladi.
Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda
qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko'p (yunon,
arab va b. ) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharhlagan va
izolagan.
Tarixda shunday voqea bo'lib o'tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino
Arastuning «Metafizika» asarini 40 marta o'qib ham tushuna olmagan ekan. U
surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni
qarangki, bozordan xarid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan
sharxlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o'qib chiqishdayoq Arastuning
«Metafizika» asari mohiyatiga to'la tushunib etadi.
Donishmand hikmatlarida insonning kasb-unar, san'atdagi fazilatlari har
doim ham tug'ma bo'lavermasligi, ko'pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo'li
bilan ro'yobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o'zaro
uyg'unlashganda rivojlanish bo'ladi.
Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o'zaro yordam bergan xalq
fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga
yordam berishsa, butun er yuzi fazilatli bo'ladi. O'ylashimizcha, yangi asr
bo'sag'asida turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to'xtamga kelmoqdalar.
«Kim rahbar bo'la oladi?»degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk
donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy «Fozil
odamlar shahri» nomli asarida bo'lajak rahbarlarning asosiy fazilatlari to'g'risida
oqilona mushohada yuritgan.
Bu fikrlar hozirgi davrda ham nihoyatda dolzarbligi tufayli ularni keng
ommaga etkazishimiz o'rinli bo'ladi. Ana shu fazilatlarning mantiqiy ketma-ketligi
ham diqqatga sazovardir. Birinchi navbatda rahbar «avvalo to'rt muchasi sog'-
salomat bo'lib, o'ziga yuklangan vazifalarni bajarishda biror a'zosidagi nuqson
xalal bermasligi lozim, aksincha, u salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi
lozim». Naqadar to'g'ri fikr. Darhaqiqat, nosog'lom odamdan samarali ish kutish
amri maxol. Keyingi fazilatlar ham nihoyatda qimmatlidir. Rahbar «tabiatan nozik
farosatli bo'lib, suhbatdoshining so'zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg'ab olishi,
ish sohasida umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur».
Uchinchidan «u anglagan, ko'rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to'la-
to'kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini unutmasligi zarur». To'rtinchidan,
rahbarning «zehni o'tkir, zukko bo'lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas
alomatlarini va u alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur».
Beshinchidan, «u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so'zlar bilan
ifodalay olishi zarur». Gap bu erda tilni yaxshi bilish, notiqlik san'ati haqida
bormoqda. Keyingi muhim fazilat shuki, rahbar «ustozlardan ta'lim olishga, bilim,
ma'rifatga havasli bo'lishi, o'qish, o'rganish jarayonida sira charchamaydigan,
buning mashaqqatidan qochmaydigan bo'lishi zarur». Ayniqsa, hozirgi zamon
rahbari uchun nihoyatda kerakli fazilat, chunki kelajak ilm-fan rivoji bilan
chambarchas bog'liq. Endigi davrda chalasavod rahbarlar mamlakatni xarob qilishi
aniq. Keyingi fazilat iymon, ahloq odob, to'g'rilik bilan bog'liq. «Taom eyishda,
ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o'zini tiya oladigan
bo'lishi, (qimor yoki boshqa) o'yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi zarur»
degan nihoyatda muhim fikr beriladi. Sir emaski, keyingi paytlarda bunday illatlar
keng tarqalmoqda.
Rahbarning oldiga qo'yiladigan muhim shart shuki, «u haq va haqiqatni, odil
va haqgo'y odamlarni sevadigan, yolg'onni va yolg'onchilarni yomon ko'radigan
bo'lishi zarur». Bunda ko'pgina rahbarlarga tekkan kasallaganbordorlik,
ko'zbqo'yamachilik illat-larining oldi olinadi. Har bir rahbar «o'z qadrini biluvchi
va nomus-oriyatli odam bo'lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug'ma
oliyhimmat bo'lishi, ulug', oliy ishlarga intilishi zarur». Ayniqsa «bu dunyo
mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan )
bo'lishi zarur». Bu fazilatga ega bo'lish ancha mushkul, chunki respublikamizda
rahbar bo'lib olgach, osmono'par dang'illama binolar qurish, minglab odamlarni
to'plab bir necha kun to'y berish, qo'sha-qo'sha mashina, xotin olish faktlari
namoyon bo'lmoqda, muhimi bu topilgan dunyo odatda xarom yo'llar bilan
blganligi aniqlanadi. Bunday rahbarlarni hokimiyat ostonasiga yaqinlashtirmaslik
kerak.
Haqiqiy rahbar, albatta, «tabiatan adolatparvar bo'lib, odil odamlarni
sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko'ruvchi, o'z
odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi,
nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o'zi suygan
go'zalliklarni ravo ko'ruvchi bo'lishi zarur. O'zi haq ish oldida o'jarlik qilmay, odil
ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo'lishi zarur».
Naqadar qimmatli fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar bu fikrlarga amal qilgandagina
unga bildirilgan ishonchni oqlay oladi. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy
tomonidan rahbar oldiga qo'yiladigan navbatdagi fazilatda « o'zi zarur deb
hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli, savodli, jur'atli, jasur
bo'lishi, qo'rqoqlik va hadiksirashlarga yo'l qo'ymasligi
zarur» deb ko'rsatiladi.
Yuqorida sanab o'tilgan 12 fazilatning barchasi bir
odamda jamlanishi qiyin ekanligi ta'kidlanadi, «zero, bunda
tug'ma fazilatlar sohibi bo'lgan odamlar juda kam uchraydi
va ular nodir insonlardir». Bunday hollarda aytilgan
hislatlardan 6tasi yoki 5tasi kamol topsa ham, «u aql va
zakovatda benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila
oladi».
Yaxshi rahbar u yoki bu sababga ko'ra ishdan ketsa
(kasallik, o'lim...), uning o'rniga kelgan inson yana 6ta fazilatga ega bo'lishi kerak.
Bular donishmandlik, avvalgi o'rnatilgan odil
Do'stlaringiz bilan baham: |