O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/65
Sana29.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#158487
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
Bog'liq
DARSLIK иктисоди таълимотлар тарихи

o'zgalar  eshigi  oldida  turgan  doimiy  gadoyga  aylanadi,  deyilgan  bu  kitobda 

(hozirgi davr ta'limotlari bilan solishtiring).  

Asketizm to'g'ridan-to'g'ri qoralanadi, chunki bu odat monlik bilan kurashda 

insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste'mol qilgan odam na din, na 

xo'jalik  (qishloq  xo'jaligi)  ishlari,  na  farzand  (ayniqsa  o'g'il  bolalar)  ko'paytirish 

faoliyati  bilan  kerakli  darajada  shug'ullana  olmaydi;  insonlar  sonini  ko'paytirish 

ham  muhim  vazifa  deb  belgilangan,  chunki  farzandlar  oila  boyligini  ko'paytiradi, 

Yaxshilik  g'alabasiga  ko'maklashadilar.  Bu  g'oyalarning  ahamiyati  hozirgi  kunda 

ham juda muhimdir.  

Bu  din  hozirgi  Markaziy  Osiyo,  ayniqsa  Qadimgi  Eronda  keng  tarqaldi, 

davlat  diniga  aylandi.  M.a.  VI-V  asrlarda  Dariy  I  podsholigi  yillarida  Eronda, 

keyinchalik  boshqa  davlatlarda  tarqaldi.  Islom  dinigacha  bo'lgan  davrda 

respublikamiz  aholisining  asosiy  qismi  bu  dinga  e'tiqod  qilgan,  uning  ayrim 

qoldiqlari  hali  ham  qayd  etilib  turadi  (kelin-kuyovlarni  olov  atrofida  aylantirish, 

vafot etganlarga chiroq yoqish va boshqalar).  

Qadimgi  Xitoydagi  iqtisodiy  g'oyalar  m.a.  VI-III  asrlarda  shakllangan.  Bu 

mamlakatdagi  dastlabki  quldorlik  davlatlari  e.a.  II  ming  yillikda  paydo  bo'lgan. 

Konfutsiylik g'oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfutsiy yoki Kun-TSzi (m.a. 551-

478  yy.)  «Lun  yuy»  to'plamida  («Suhbatlar  va  mulohazalar»)  o'z  g'oyalarini 

jamlagan.  Olim  kelajak  rivojini  o'tmishdan  izlaydi.  Shu  davrda  obro'si  pasaygan 

zodagonlarning  manfaatini  himoya  qiladi  (bu  g'oyalar  keyinchalik  Ken-TSzi 

(m.a.312-289  yy.),  Syun-TSzi  (313-278  yy.)  va  boshqalar  tomonidan  davom 

ettirilgan).  shlarning  qariyalarga  hurmati,  ularga  qarshi  chiqmaslik  g'oyasi  asos 

qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan 

tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me'yorida saqlash, er ishlarini yaxshi bajarish, 




hammani  o'z  vazifalarini  bajonidil  ato  etishi  zarur  deyiladi  («Xalqlar  otasi» 

tushunchasining ibtidosiga e'tibor bering).  

Bu  g'oyalar  Xitoydagi  muhim  iqtisodiy  o'zgarishlar  davriga  to'g'ri  keladi. 

Temir  qurollar  tufayli  dehqonchilik  va  hunarmandchilik  rivoj  topdi,  tovar-pul 

munosabatlari  o'sdi, savdo-sotiq  kuchaydi.  Sinfiy  munosabatlar  keskinlashdi.  Shu 

sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini 

ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik 

va  xususiy  mulk  himoya  qilinadi.  Konfutsiy  «buyuk  jamoa  mulki»  (dehqonlar 

jamoasi)  va  xususiy  egalik  (quldorlar  mulki)ni  farqlaydi,  so'nggisini  ko'proq 

qo'llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi 

va  uni  tabiiy  hol,  deydi.  Boylikning  manbai  mehnat  bo'lib,  hokimlar  boyligi  xalq 

boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni 

ko'proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi.  

Syun-TSzi  davlatning  iqtisodiy  jihatdan  kuchayishi  tarafdori  edi, 

odamlarning  boylikka  intilishini  qoralamagan  (ular  qonun  asosida  ish  yuritishsa 

bas).  Ammo  inson  bir  vaqtning  o'zida  ko'p  kasb  egasi  bo'la  olmaydi,  degan  fikr 

paydo bo'ldi, ya'ni olim mehnat taqsimoti zarurligi g'oyasini ilgari suradi (bu juda 

muhimdir). Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:  

1.  Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash;  

2.  Xalq to'qligini ta'minlash;  

3.  Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi. 

Etarlicha  ta'minot  tamoyili  insonning  jamiyatdagi  o'rniga  bog'liq  holda 

belgilangan (ya'ni sinfiylik tamoyili mavjud). Ekspluatatsiya qo'llab-quvvatlanadi, 

jamiyatda hammaning o'z aniq joyi bo'lishi kerak, deyilgan, ya'ni hukmdor, tobe', 

ota,  o'g'il.  Boshqarish  ma'lum  qonun  asosida  emas,  balki  oddiy  odat  bo'yicha 

bo'lishi, og'ir soliq va majburiyatlar bo'lmasligi ta'kidlanadi.  

Miloddan  avvalgi  VI-III  asrlarda  legistlar  (qonuniy  degani)  oqimi  paydo 

bo'ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish 

tarafdori  edilar  (namoyandalari  TSzi-Chap,  Li-Kuy),  markaziy  davlat  kuchli, 

mamlakat  esa  yagona  birlashgan  bo'lishini  qo'llab-quvvatlashgan.  Legistlar  (Shan 

Yan)  ayniqsa  qishloq  xo'jaligi,  dehqonchilik,  donchilikni  rivojlantirishga  alohida 

e'tibor  berishgan.  Don  masalasini  hal  etish  bosh  masala  deb  bilingan.  Shan 

Yanning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush 

(atrofdagi  erlarni  bosib  olish).  Dehqonlar  ro'yxatini  o'tkazish,  qonun  yo'li  bilan 

yig'ilgan don miqdoriga bog'liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun 

yo'li  bilan  turli  «ishyoqmaslar»ni  «erga  qaytarish»,  ya'ni  dehqonchilik  bilan 

shug'ullanishga,  ya'ni  mehnat  qilishga  majbur  etish  siyosatini  qo'llash  kerak 

deganlar (Xitoydagi 1960 yillar davomida ro'y bergan madaniy inqilob davrida shu 

siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan savdo 

qilishni qat'iy cheklash ham talab qilingan (go'yoki savdogarlar bundan katta foyda 

olishlari  mumkin).  Savdogarlar  savdoni  tashlab,  dehqonchilikka  intilishlari 

kerak.Erkin  sohibkorlik  taqiqlangan,  umumiy  er  egaligi  va  javobgarlik  joriy 

etilgan(m.a.351 y.) 


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish