hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni ulug'laydi, bu sohada qisman qullar
mehnati ham ishlatilgan. U davrda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan.
Qulchilik ofatining bosib kelayotganligidan xavfsiragan shoir go'yoki ilgari hukm
surgan «oltin asr», ijtimoiy jabr va og'ir jismoniy mehnatga ehtiyoj bo'lmagan
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda polis (shahar) sistemasi shakllanib
bo'lgach, qulchilik keng tus oladi, urug'chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan
siqib chiqariladi, savdo, sudxo'rlik tez rivojlanadi. Solon (m.a. 640/635-559 yy.)
islohotlari pul xo'jaligining afzalligini ko'rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli
kulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan
olib borilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etdi. Qurilish, hunarmandchilik, savdo
o'sdi. Shu davrda fuqarolar va fuqaro bo'lmagan aholini bir-biriga qarama-qarshi
qo'yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni hunarmandchilik va savdo
sohalarida beayov ekspluatasiya qilish, savdo va pul xo'jaligini rivojlantirish
hisobiga amalga oshirildi.
Qulchilik o'z tabiatiga ko'ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan,
oqibatda ma'lum davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda iqtisodiy
g'oyalar tobora reaksionlashib, davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural
xo'jalikni yoqlash yo'lini tanlaydi, ya'ni sinfiy xarakterga ega bo'la boradi. Bu
yo'nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon (Aflotun, taxminan m.a.
427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-322 yy.)larning iqtisodiy qarashlarida
yaqqol namoyon bo'ldi.
«Ekonomiya» so'zi («oykonomiya»: - «oykos» - uy, xo'jalik va «nomos» -
qonun, qoida) tom ma'noda uy xo'jaligi to'g'risida qoida mazmuniga ega bo'lib,
Ksenofontning maxsus asarining sarlavhasi bo'lgan.
Ksenofont quldorlar mafkurasining himoyachisi hisoblanadi, qulchilikni
tabiiy, ob'ektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo'jalikni
ulug'laydi. U ayniqsa qishloq xo'jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbai deb
bilgan. Dehqonchilik tufayli odamlar o'zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani
oladilar. Dalada ishlash sog'liq uchun ham foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf
keltiradi.
U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha ijrochilar jismoniy
mehnat bilan shug'ullanadilar. Rahbarlar mehnati bilan erkin odamlar, jismoniy
mehnat bilan esa qullar band bo'lishlari kerak. Xo'jalik faoliyati davomida foydali
buyumlar, ya'ni iste'mol qiymatlari yaratiladi. Qadimgi yunon olimlari ichida
birinchi bo'lib, mehnat taqsimotining ahamiyatini tushundi, ko'proq, ortiqcha foyda
olish, «xo'jalikni boyitish» uchun qullar talabini imkon boricha kamroq qondirishni
tavsiya etgan. Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi, mahsulotning almashuv
qiymati orasida uzviy bog'lanish borligiga e'tibor bergan. Pulning muomala
vositasidan tashqari, kapital sifatida jamg'arish funksiyasini ham tan olgan (pulning
boshqa funksiyalari inkor etiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: