O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toskent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/65
Sana29.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#158487
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65
Bog'liq
DARSLIK иктисоди таълимотлар тарихи

Platon  (Aflotun)  «Davlat»  va  «Qonunlar»  asarlarida  ideal  davlat  qanday 

bo'lishi  kerakligini  ochib  bermoqchi  bo'ldi.  Uningcha  bu  davrda  xususiy  mulk  va 

erkin xo'jalik tashabbusiga o'rin yo'q. U aholini uch toifaga ajratgan:  



1.  Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar;  

2.  Harbiylar  -  davlatni  boshqarish  apparatining  bir 

qismi bo'lib, ular biror mulk egasi bo'lish huquqiga 

ega emas, iste'mol qilish esa ijtimoiy xarakterga ega 

bo'lishi kerak.  

3.  «Qora» 

toifa 



dehqon, 



hunarmand 

va 


savdogarlardan  bo'lib,  ular  mulk  egasi  bo'lishi 

kerak.  


Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlarning 

ajralib chiqishi o'rtasidagi aloqadorlik to'g'risidagi fikrini 

o'sha davr uchun buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. 

Ammo              Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo'jalikni himoya 

qildi, Platon 

pul  funksiyasini  muomala  doirasidagina  deb  bilishga  harakat  qildi,  pulni 

jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi; u sudxo'rlik operasiyalarini 

inkor  etdi  va  baholarni  me'yorda  saqlash  yo'li  bilan  savdogarlarning  foydasini 

chegaralashni talab qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror 

toifaga kiritmadi (demak, ular mulk        egasi hambo'lishi mumkin emas). Qullar 

mayda ishlab                 chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2-toifa ahlining 

cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to'la-to'kis qondirishlari kerak edi. Shunday qilib, 

Aflotun  o'zining  ideal,  ya'ni  bekamu-ko'st  davlatini  barpo  etar  ekan,  qulchilikni 

abadiy saqlash tarafdori edi.     Aristotel  (Arastu)  Aristotel  qadimgi  Gresiyadagi 

quldorlarning  eng  yirik  mafkurachisi  edi.  Uni  jahongir  Iskandar  Zulqarnaynning 

tarbiyachisi  va  o'qituvchisi  ekanligini  alohida  ta'kidlab  o'tmoqchimiz.  Avval 

Makedoniyada  yashagan  olim,  keyin  Afinaga  ko'chib  o'tgan.  Olimning  iqtisodiy 

g'oyalari  «Nikomaxov  ahloqi»  va  «Siyosat»  kitoblarida  mavjud.  U  «Qul  -  tirik 



qurol,  qandaydir  tirik  mulk»  degan  edi.  Uning  fikricha,  jamiyatning  quldor  va 

qullarga bo'linishi  - bu tabiiy va qonuniy ahvol bo'lib, odamlarning tabiatan turli-

tumanligidandir.  U  «haqiqiy  boylik»  (tabiiy)  ni  tan  olgan,  uni  iste'mol 

qiymatlarining  yig'indisi  deb  bilgan  va  bu  bilan  bog'liq  faoliyatni  iqtisodiyotga 

tegishli  soha  deb  bilgan.  Quldorlik  xo'jaligini  mustahkamlash  uchun  o'rtacha 

ta'minlangan  quldorlar  sinfini  yuksaltirish  kerak,  buning  uchun  davlat  tomonidan 

odil  almashinuvni  ta'minlash  zarur.  Olim  masalani  ahloqiy  ravishda  hal  etishga 

urinsa-da,  birinchi  marta  almashuv  qiymatini  tahlil  etdi  va  qiymatning  mehnat 

nazariyasi  kurtaklarini  yaratdi.  Tovarlarning  almashuv  qiymati  tovar  bahosining 

yaratilish  shakli  ekanligini  tushunib  etdi.  K.Marksning  formulalarini  qo'llaydigan 

bo'lsak,  T-T  munosabati  T-P-T  ga  aylanadi  va  5  ta  «loja»  1  uyga  yoki  ma'lum 

miqdordagi  pulga  tenglashtirilishi  mumkin.  Platonga  nisbatan  Aristotel  pulning 

mohiyatini kengroq va chuqurroq anglab etdi. Ammo u tovar ishlab chiqarishining 

rivojlanmaganligi va qiymatni to'la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir-

biri  bilan  solishtirilishi  mumkin  degan  xato  qisqacha  xulosalarga  keldi.  Natural 

xo'jalik tarafdori bo'lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan (talabni 




qondirishga  mo'ljallangan  holat),  savdo  va  sudxo'rlik  tabiatga 

zid  bo'lib,  bularni  pul  qilish  san'atiga  xos  narsa  deb  bilgan  va 

uni xrematistikaga tegishli degan.     

Aristotel  uchun  ideal  (bekamu-ko'st)  xo'jalik  -  bu  uncha 

katta  bo'lmagan  dehqonchilik  xo'jaligi  (unda  albatta  qullar 

ishlagan) bo'lib, u deyarli kerakli barcha mahsulotni yaratuvchi 

(natural  xo'jalik)  bo'lishi  shart  edi.  Ayrim  etishmagan 

narsalarni                                                    esa qo'shnilardan 

«odil almashuv» asosida olish kerak. Bu           Aristotel           olimning xizmati 

shundaki, u  birinchilardan  iqtisodiyotning  ayrim  kategoriyalarini berdi va  ma'lum 

darajada ular o'rtasidagi o'zaro bog'lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi 

bilan  A.Smitning  «Xalqlar  boyligi»  asaridagi  fikrlar  hamohangligini  ko'rish, 

qiymat qonunining hosil bo'lishi mexanizmini tushunish mumkin. 

 

      




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish