Bu dinning ta'sir doirasi juda keng bo'lib, hozirgi Eron, Markaziy Osiyo,
Kavkazorti yurtlari (ayniqsa Ozarbayjon) va boshqa joylarda tarqalgan. M.a. II
ming yillik oxiri - I ming yillik boshida paydo bo'lgan «Avesto»ning to'liq asl
nusxasi saqlanmagan, uning ayrim qismlari topilgan, u qadimiy parfyan, oromiy
yozuvida bitilgan, hozirgi davrda rus va o'zbek tillariga tarjima etilgan, ayrim
bo'laklari «San'at», «O'zbek tili», «Fan va turmush» jurnallarida e'lon qilindi.
rug'lik (xudosi Axura Mazda), ikkinchi tomondan vuzlik va Qorong'ilik (xudosi
uqtiriladi, ammo insonga alohida e'tibor beriladi. Insonga tanlash huquqi berilgan
bo'lib, u Yaxshilik yoki monlik tomonlarni olishi va shunga mos harakat qilishi
Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g'oya, yaxshi so'z va yaxshi ishlar
bilan bog'langan bo'lishi kerak. Moddiy boyliklarni ko'paytirish erug dunyodagi
yaxshi ishlarning asosiysi hisoblangan. Shu sababli «Avesto» matnlarida natural-
xo'jalik faoliyati keng targ'ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas.
Avestoda «O'z hayoti davomida go'zallik va yaxshilik, nur va quvonch
yo'lida xizmat qilgan odam parso va hakgo'y, pok va adolatli bo'lib, mehmonlarni
beg'araz kutgan. Xotinini sevib erni mollarni parvarish qilgan, odamlarning molu
mulkiga ko'z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning
joni ham bitmas-tuganmas rohat va farog'atga burkanadi» deb yoziladi.
Ko'chmanchi xalqlarning asosiy boyligi bo'lgan mollar sonini saqlash
qo'llanilib, ularni bekordan-bekorga qurbon qilaverish qoralanadi. Bu g'oya
ayniqsa ilk zoroastrizmda kuchli. Hayvonot dunyosini asrash, uning sonini
oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida urg'u berilgan. Buning
uchun esa yaxshi yaylov, kerakli qarov, em-xashak bilan ta'minlash eng yaxshi
faoliyat deb baholanadi. Yaxshi ishlarni amalga oshirish kuchli hokimiyat bilan
bo'lishi qayd etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni o'g'irlash yoki tortib olish,
turar joylarni xonavayron qilishdan asrashga intilish Yaxshilik g'alabasiga olib
keladi. Ana shu qoidalarga amal qilganlarga yaylovlar bo'ylab erkin harakat
qilishga va'da beriladi, chunki tabiiy yaylovlar cheklangan sharoitda bu «erkin
harakat» ta'minoti muhimdir, aks holda o'zaro to'qnashuv va urushlar ro'y bergan.
Ma'lum qonun-qoidalarga bo'ysunish kuchli hokimiyat va mo''tadillik bilan
bog'liq edi. O'zaro shartnomalarga bekamu-ko'st amal qilish zarurligi, ayniqsa
o'zaro moddiy yordam berish kerakligi targ'ib etiladi.
Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini
bilib olish mumkin. Bu davrda urug' jamoasi emirilib, dastlabki sinf (kasta)lar
paydo bo'lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar,
demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo'lgan. Aholi ko'proq yarim
ko'chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik etakchi edi.
Ideal hayot tarzi quyidagicha talqin etilgan bo'lib, uningcha erdan shunday
joyni topish yoki yaratish kerakki, u erda ko'p ovqat pishirilishi, doim katta bo'lak
go'sht tegishi, otlar pishqirib turishi, ot-arava g'ildiraklari jarangi chiqishi,
qamchilar doim ko'tarilib, ovozi chiqib turishi, odamlar jag'i tinmaydigan (ovqat
eyishda), ziravorlar etarlicha yashirib qo'yilgan, xushbuy hidlar arimaydigan,
yaxshi hayot uchun kerakli barcha narsalarni istakka qarab ko'p miqdorda
saqlanadigan omborlar bor joy tushunilgan.
«Avesto» bo'yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zahira oziq-ovqatlar barpo
qilish qo'llab-quvvatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta'limotlarda ham bu g'oya
katta o'rinni tutadi).
«Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi davrga mansub fikrlarda, masalan,
chorvadorlar hamkori
Yim to'g'risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo'ylarning
mo'l-ko'lligi haqida so'z yuritiladi. Yimning xizmati ulug'lanib, kuchli sovuq, kor
va suv to'fonidan hayvonlar va odamlarni qutqarish uchun «varu» (qo'rg'on)
qurdirib, unga suv o'tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha
o'simliklar urug'i va yonib porlab turgan olovni keltiradi (Nuh payg'ambar bilan
solishtiring). Odamlar uchun turar joy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani
aytiladi.
«Avesto»ning 3-bobi (fargard)
«Vandidot» bo'lib, nisbatan keyingi davr
voqealarini aks ettiradi, unda asosan dehqonchilik va dehqon mehnati ulug'lanadi
(avvalgi boblarda chorva etakchi edi). Endilikda ko'proq ekin ekiladigan, don, o't,
mevali ekinlar o'stiriladigan, suvsiz joylarni sug'oradigan, suvi ortiqcha erlar
quritiladigan (sug'orish bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto erlarga
ko'p go'ng solinishi, buning uchun esa ko'proq kichik va katta qoramollar boqish
tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko'rinib turibdi.
Kitobning bu bobida dehqonchilik va ayniqsa don ekish, g'allakorlik
ulug'lanadi. Aholini qunt bilan don etishtirishga undaladi, hatto g'allakorlar
e'tiqodni olg'a suruvchilar deb talqin etiladi. «Dehqonchiliksiz mo'l-ko'lchilik yo'q»,
degan aqida ilgari suriladi (fiziokratizm ta'limoti bilan solishtiring). «Kimda-kim
zaminni chap va o'ng qo'l bilan, o'ng qo'l va chap qo'l bilan shudgor qilsa, zamin
unga farovonlik baxsh etadi. U go'zal va pokiza qizga o'xshaydi. Bu qiz er
xonadoniga kirib borib, o'z to'shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar tug'ib beradi.
Zamin ham mo'l-ko'l mevalarini in'om etadi», deyilgan, bunda erni tobora
madaniylashtirish va undan ko'proq naf olishi haqida gap boradi.
Xo'jalikning barcha tarmoqlari orasida g'allakorlikka eng yuksak baho
beriladi. Zoroastrizm qashshoqlikni yo'qotish yoki unga yo'liqmaslik uchun
ziroatchilikini rivojlantirish, yangi erlarni ochish bo'yicha faol siyosat olib borish
kerakligini uqtiradi. Ammo inson erni tashlasa, unga qaramay qo'ysa, unday odam
Do'stlaringiz bilan baham: