ekonomicheskix ucheniy, chast II» va undan keyin e'lon qilingan kitoblarigina
hozirgi davr talablariga javob bera oladi (adabiyotlar ro'yxatiga qarang).
Yana bir qiziqarli holat shuki, biz uchun iqtisodchi bo'lgan shaxslarning
ko'pchiligi kasb-kori, mutaxassisligi bo'yicha boshqa soha sohiblari yoki davlat
arboblari bo'lganlar. Masalan, klassik maktab asoschisi V.Petti vrach-shifokor,
P.Buagilber huquqshunos-sudya, fiziokrat F.Kene jarroh, B.Mandevil va A.Smitlar
faylasuf bo'lishgan. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin, ammo biz ularni
asosan iqtisodchilar deb bilamiz. Shu sababli kitobda iqtisodchilarning tarjimai
holidan ayrim qiziqarli voqealar ham keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |