Iqtisodiy ta'limotlar tarixini o'rganishda ma'lum davrlash tizimidan
foydalaniladi.
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g'oyalar o'z davri va
vujudga kelish joyining mahsuli bo'lib, ular bilan chambarchas bog'langandir; bu
g'oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash
mumkin emas; bu dunyo esa doimo o'zgarishda bo'ladi, agar bu g'oyalar o'z
maqsadlariga to'la javob berishni ko'zlasalar, doimo shunga mos ravishda o'zgarib
turishlari kerak», deb yozgan edi.
Kapitalizm
davrida
xo'jalik
va
ijtimoiy
hayotda
baynalmilallik
(internaцionalizm) ko'chayganligi tufayli, iqtisodiy fikrning rivojlanishi ham
yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab
asoschilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga
ma'lum bo'ldi, vaholanki undan avvalgi ko'pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda
ko'pchilikka ma'lum bo'lmasdan «o'lik mol» sifatida yotgan.
Farb mamlakatlarida yuzaga kelgan «Ekonomiks» va boshqa tadqiqotlar
barchaning diqqat-e'tiborini jalb qilmoqda.
Qadimdan to hozirgi davrgacha minglab turli-tuman iqtisodiy g'oya, qarash,
konцepцiya, nazariya, ta'limotlar vujudga kelganligi aniq. Ularning barchasini to'la
o'rganish alohida mavzu, maxsus muammo. Shu maqsadda yangi-yangi tadqiqotlar
olib borish, tahlil etish va umumlashtirib e'lon qilish zarur, bu yaqin kelajak
vazifasi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g'oyalarni ma'lum
sistemaga solish va shu asosda o'rganish maqbuldir. Ammo o'tgan davr hodisalari
va g'oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo'rma-zo'raki kelishtirish,
moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamonaviylashtirishga,
o'rganilayotgan davrning xususiyatlarini inkor etishga olib keladi.
Bu fan doim rivojlanishda bo'lib, bir-birini to'ldiruvchi evolyuцion (mavjud
g'oyalarning yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha
konцepцiyalar vujudga kelishi) yo'llari mavjud. Inqilobiy o'zgarishga misol sifatida
A.Smit va uning izdoshlari g'oyalari, marjinalistik to'ntarish, yangi klassik
yo'nalish (A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin.
O'tish davri iqtisodiyoti bo'yicha g'oyalar hozirgi davrning muhim qarashlari
majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir, bu masala O'zbekiston misolida qarab
chiqildi.
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965) «Qaerga borishimizni
bilish uchun, qaerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu
g'oya nihoyatda ahamiyatli bo'lib, bosib o'tilgan yo'lni to'g'ri baholash va kelajak
istiqbolni ko'zlash haqida gap boradi.
Iqtisodchilarning tadqiqotlaridagi asosiy bosh g'oya - jamiyat, insoniyat,
ayrim shaxslarning boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo'llar
nihoyatda xilma-xil ekanligini ko'ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga
kelgan davrgacha (XV asr) bo'lgan iqtisodiy g'oyalardagi umumiylik shuki, barcha
donishmandlar va ularning yozgan asarlarida mehnat va er boylikning asosiy
vositasi ekanligi turli yo'llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi
asosiy deb hisoblangan.
XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta'limot -
Do'stlaringiz bilan baham: |