Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg'or metodlari yig'indisidan
iborat bo'lib, tarixiy, indukцiya, mantiqiy abstrakцiya va boshqa usullardan keng
foydalanadi.
«Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan
chambarchas bog'liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng
muhim iqtisodiy kategoriyalarning so'nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu
nazariyalar har doim ham turg'un bo'lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin
o'zgarishlar davrida evolyuцiyada bo'ladi. «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» fanida
ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g'oya, qarash, nazariya,
qonun, ta'limot, konцepцiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi
ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtai nazaridan
tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo'jalik ob'ekti bilan chambarchas
bog'liqligini namoyon etadi. «Eskirgan nazariyalarni ular faqat inkor etilganligi
sababli prinцipda ilmiy emas deyish mumkin emas» deb yozadi taniqli iqtisodchi
T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan yangi qarashlar avvalgilar asosida, ularni qabul
qilish, rivojlantirish yoki inkor etish natijasida paydo bo'lgan. Ba'zi mutaxassislar
faqat yangi nazariyalarnigina o'rganishni taklif etishadi, ammo bu so'nggi nazariya
avvalgi ko'p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlarning yakuniy qisqacha xulosalarsi
sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr ma'lum vaqtdan keyin
o'zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiyot nazariyasi fani bilan
bevosita bog'liq. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va
mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'rganish orqali ekonomiks, xalq xo'jaligi tarixi,
iqtisodiy tarix va iqtisodiy konцepцiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni
o'zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o'zgarishning shart-sharoitlari va
oqibatlarini tahlil etishga katta ko'mak beradi.
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to'g'risidagi
fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi» asarida
asosan to'la tahlil etib berilgan. Ba'zi iqtisodiy g'oyalar esa qadimdan ma'lum.
Ularni o'rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko'p
hollarda Amerikani yangidan kashf etishga hojat qolmaydi.
Hozirgi paytda dunyodagi ilg'or g'oyalarni o'rganish davomida hurfikrlilikka
(plyuralizmga) keng o'rin berish, har qanday fikrni atroflicha tahlil etish kerakligi
aniq bo'lib qoldi.
Bu fanni chuqurroq o'rganish tufayli bir qancha echimini kutayotgan nazariy
masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug'iladi. Masalan, bozor munosabatlarining
ibtidosi hanuzgacha aniq echimga ega emas. Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy
mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi bilan bog'lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner,
L.Turou) uni kapitalizm bilan, aniqrog'i, «ishlab chiqarish omillari» paydo bo'lishi
bilan izohlaydilar (mehnat, er va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi yuzaga
kelgan ekan). Keyingi fikr bo'yicha bozorning ibtidosi XVIII asrda Angliyada
boshlandi.
O'z davrida ilg'or Sharqning ortda qolish, Farbning ilgarilab ketish
sabablari, kelajak to'g'risidagi prognozlar ham muammo bo'lib turibdi.
Darslikda shu masallarni hal etishga oid fikr mulohazalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |