Turli funksiyali jamoalar. Tashkilotlar bunday boshqaruv metodini
tanlashining asosiy sababi ular buni an’anaviy boshqaruv bo’limlari yoki muntazam
ishlovchi guruhlarga qaraganda, yangiliklarga tezroq moslashuvchan deb
hisoblashadi. Bunday jamoalarning asosiy xususiyati ular tezlik bilan yig’ilishi,
e’tiborini yangi loyihaga qaratishi va yana tarqalishi ham mumkin. 10-bobda, biz turli
funksiyali jamoalarni bo’limlarga bo’lishning turli shakllari sifatida muhokama
qilgan edik. Shuni yodda tutingki, jamoalar turli mutaxassisliklarga ega bo’lgan
shaxslardan iborat bo’ladi. Turli funksiyali guruhlar shakllanganda esa jamoa a’zolari
ularning funksional sohalariga ta’sir qiluvchi umumiy muammolarni echish uchun
birikishadi. Nazariy jihatdan, ularning funksiyalarini ajratib turuvchi sun’iy to’siqlar
g’oyib bo’ladi va jamoa tashkilotning maqsadiga erishish uchun birga ishlashadi.
Masalan, dunyoning eng yirik po’lat ishlab chiqarish kompaniyasi – ArcelorMittal
kompaniyasida, turli funksiyali tadqiqotchilar, menejerlar va sotuvchilarning jamoasi
mahsulot innovatsiyasini tahlil qilishadi. Turli funksiyali jamoalar konsepsepsiyasi
sog’liqni saqlash sohalarida ham qo’llanilmoqda. Masalan, Merilend shtatining
Betesda shahridagi gospitalda doktor, farmatsist, ijtimoiy ishchi, oziqlantiruvchi,
bosh hamshira, terapevt va ruhoniydan iborat intensiv parvarish jamoasi ham kuni
bemorning holatini muhokama qilishadi. Gospital bu orqali xatoliklarni kamaytiradi,
bemorlarning gospitalda qolish vaqtini qisqartiradi va bemorlarning oilasi va gospital
hodimlari o’rtasidagi aloqani kuchaytiradi. Biz bunday jamoalarni 13-bobda yanada
chuqurroq muhokama qilamiz.
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi dunyoda uch o’lchamli
LED televizorlarini ishlab chiqargan eng birinchi kompaniya bo’ldilar. Samsung
kompaniyasining muvaffaqiyatlarida innovatsiya juda ham muhim o’rin egallagani
uchun, kompaniya o’z ichida ishchilar o’rtasida ichki hamkorlikni, o’z mijozlari bilan
esa tashqi hamkorlikni yo’lga qo’yishga chaqiradi. Dunyoning 42 davlatida
joylashgan tadqiqotchilik markazlari yangi texnologiyalar ustida hamkorlik qilishadi.
O’zining ichida esa kompaniya mahsulotlarni tezroq ishlab chiqish uchun
kesishuvchan funksional jamoalardan foydalanadi.
Maxsus qo’mita. Tashqilotlar foydalanishi mumkin bo’lgan yana bir
boshqaruv turi bu maxsus qo’mitadir, bunda ishchilar bir necha bo’limlarga ta’sir
434
qilayotgan qisqa muddatli muammoni yechish
uchun
vaqtinchalik
qo’mitalarga
birlashadilar.Bunday jamoalarning vaqtinchalik
tuzilishi ularni turli funksiyali jamoalardan
farqlantirib
turuvchi
asosiy
xususiyatidir.
Bunday jamoadagi ishchilar nafaqat jamoa
oldiga qo’yilgan vazifani, balki o’zlarining
kundalik vazifasini ham bajarish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shunga qaramasdan,
bunday ishchilar maxsus qo’mita ichida o’zlariga aloqasi bo’lmagan vazifalarni
bajarishlariga to’g’ri keladi. Vazifalar bajarilganidan so’ng esa, maxsus qo’mitaning
keragi bo’lmay qoladi va ishchilar o’zlarining kundalik vazifalarini bajarish uchun
tarqalishadi. Davlat idoralaridan tortib universitetlargacha, ko’pchilik tashkilotlar
maxsus qo’mitalardan foydalanishadi. Masalan, San-Frantsisko shahrida joylashgan
Eichstaedt&Devereaux buxgalteriya firmasida ishchilarning maxsus qo’mitasi
rekruting, mentoring va trening dasturlarini ishlab chiqishga yordam berdi.PepsiCo
kompaniyasining sho’’basi Frito-Lay kompaniyasidagi resurs guruhi ishchilarini o’z
ichiga olgan maxsus qo’mita kartoshka va tortilya chipslarini ishlab chiqarishga hissa
qo’shishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |