Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 1,82 Mb.
bet78/123
Sana31.03.2023
Hajmi1,82 Mb.
#923389
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Navni identifikatsiyalash – bu assortimentni identifikatsiyalash amalga oshirilganidan keyin tovarning u yoki bu navi uchun meʼyoriy hujjatlarda nazarda tutilgan sifat talablariga moslikni aniqlashdir. Identifikatsiyalash turi, tovarning navga mansubligidan klasslarga boʻlinishga oʻtilgan vaqtda, yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan va mumkin boʻlmagan nuqsonlarni, shuningdek bosilgan tamgʻada va/yoki ilova hujjatlarida koʻrsatilgan tovar naviga moslikni aniqlash imkonini beradi. Bunda tovarlar sifatining darajalari: birinchi, ikkinchi nav va hokazo belgilanadi, baʼzan qoʻshimcha navlar: sara, ekstra, oliy nav, A, V klass va boshqalar kiritiladi.
Baʼzi tovarlar uchun nav mahsulotda nuqsonlar borligiga va ularning xususiyatiga bogʻliq holda aniqlanadi, boshqa tovarlar uchun nav nuqsonlar borligiga bogʻliq holda, shuningdek fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar belgilab qoʻyilgan standart normalardan qanchalik farqlanishiga qarab belgilanadi.
Shuningdek mahsulotning sifati belgilanadi hamda bosilgan tamgʻada yoki ilova hujjatlarda koʻrsatilgan tovar naviga muvofiqligi aniqlanadi. Navga nomuvofiqlik maʼlum boʻlganida va identifikatsiya ekspertizasi salbiy natija berganida assortimentni qalbakilashtirish turi – navlarning aralashtirilganligi qayd etiladi.
Maxsus identifikatsiya – muayyan mahsulotning realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlar roʻyxtiga, u yoki bunday cheklovlarga (kvotalash, litsenziyalash va shu kabilarga) ega boʻlgan tovarlarga mansubligini aniqlash.
Identifikatsiyaning bu turiga zargarlik buyumlarining oʻziga xos xususiyatlarini, toʻqimachilik tovarlarining tola tarkibini, neft mahsulotlarining fraksion tarkibini va boshqalarni aniqlash kiradi.
Identifikatsiya ekspertizasini oʻtkazish uchun xilma-xil maxsus axborot manbalari zarur boʻlib, bu manbalardan tovarlarning u yoki bu xos belgilarini bilib olish mumkin. Masalan, zargarlik toshlari tiniqligi va ranglar tovlanishi bilan; metall buyumlar – metall qotishmalarning miqdor-sifat tarkibi, hajm massasi yoki zichligi bilan; qogʻoz – tolalar mavjudligi va kul koʻp tushishi bilan ajralib turadi.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish