Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Download 1,82 Mb.
bet14/123
Sana31.03.2023
Hajmi1,82 Mb.
#923389
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Qalbakilashtirishlarni toʻrtta guruhga ajratish mumkin:
1. Bilmasdan yoki anglashilmovchilik tufayli amalga oshirilgan qalbakilashtirish;
2. Foydalanilayotgan texnologiya, texnik yechimning mukammal emasligi yoki muhandis-texnik xodimlar saviyasi pastligi tufayli bajarilgan qalbakilashtirish;
3. Natural mahsulotni bu sohadagi muayyan bilimlarga ega boʻlmaslik tufayli uning oʻrnini bosish uchun foydalaniladigan surrogatlar bilan qalbakilashtirish (qora, qizil ikrani, goʻshtni, sariyogʻni, qaymoqni, shampan vinosini, konyakni, ayollarning koʻkrak sutini va shu kabilarni qalbakilashtirish);
4. Gʻarazli maqsadlar bilan amalga oshirilgan qalbakilashtirish.
Aynan gʻarazli maqsadlar bilan amalga oshirilgan qalbakilashtirish qalbakilashtirish, deb tasniflanishi mumkin.
Qalbakilashtirish (lotincha falsifico – qalbakilashtirayapman) — xaridorni va/yoki isteʼmolchini oldi-sotdi obyektini gʻarazli maqsadda qalbakilashtirish yoʻli bilan aldashga qaratilgan harakatlardir.
Shu sababli qalbakilashtirish, keng maʼnoda olinganida, tovarning eng muhim, ammo isteʼmolchi uchun ahamiyatli boʻlmagan koʻrsatkichlarini saqlab qolgan holda u yoki bu isteʼmol xossalarini yomonlashtirishga yoki uning miqdorini kamaytirishga qaratilgan harakatlar, deb hisoblanishi mumkin. Oziq-ovqat tovarlarini qalbakilashtirish koʻpincha ularga ayrim eng tipik belgilarni, masalan tashqi koʻrinishni, rangni, quyuq-suyuqlikni, ayrim eng ahamiyatli oziq-ovqatlik xossalarini (sifatli oqsillar, yogʻlar, uglevodorodlar, vitaminlar va shu kabilarning mavjudligi), shu jumladan ularning xavfsizligini ham yomonlashtirgan yoki butunlay yoʻqotgan holda amalga oshiriladi.
“Sohtalashtirilgan tovarlar” atamasidan foydalanganda koʻplar uni “oʻrnini bosuvchi sohta mahsulotlar” (surrogatlar, oʻxshatmalar) va “nuqsonli tovarlar” (texnologiya mukammal emasligi yoki ishchilar malakasi yetishmasligi tufayli olinadigan) kabi tushunchalar bilan almashtiradilar. Bu tasodifiy yuz bermaydi, chunki koʻpgina oʻrnini bosuvchi sohta mahsulotlar va kamchiligi bor tovarlar natural mahsulotlarni qalbakilashtirish maqsadida keng qoʻllaniladi, shu bilan birga oluvchiga va/yoki isteʼmolchiga zarur axborot yo ataylab berilmaydi, yoki bu axborot buzib taqdim etiladi.
Aslida tovarga bosilgan tamgʻada va ilova qilinadigan hujjatlarda oʻrnini bosuvchilar va kamchiligi boʻlgan tovarlarning haqiqiy nomi va navi koʻrsatilgan boʻlsa, ularning bahosi esa sifatiga va kelib chiqishiga mos boʻlsa, bu oʻrnini bosuvchilar va kamchiligi boʻlgan tovarlar sohtalashtirilgan tovarlar jumlasiga kirmaydi. Shuni koʻrsatib oʻtish kerakki, oʻrnini bosuvchi sohta mahsulotlarga munosabat, ayniqsa bir mahsulot qisman boshqasi bilan almashtirilsa, turli davrlarda oʻzgarib turadi. Chunonchi, 19-asr oxirlarida pivo ishlab chiqarishda achitilgan arpani achitilmagan materiallar bilan hatto qisman almashtirishga ham yoʻl qoʻyilmagan va bu qalbakilashtirish, deb hisoblangan boʻlib, u Germaniya qonunchiligida alohida taʼkidlangan. Hozirgi vaqtda xilma-xil pivo navlari koʻpchilik hollarda har xil achitilmagan materiallarni (guruch unini, maydalangan guruchni, bugʻdoy, arpa unini, asalni va shu kabilarni) turli nisbatlarda qoʻllash hisobiga paydo boʻlmoqda va bularning barchasi tegishli tasdiqlangan texnik hujjatlar bilan tartibga solinmoqda.
Qalbaki sariyogʻ sifatida margaringa nisbatan ham turlicha talablar qoʻyilgan. Chunonchi, XIX asrning oxirlariga mansub qonun hujjatlarida margaringa sariyogʻ rangini berishga, shuningdek uni aralashtirishga ruxsat berilmagan, hozir esa bu harakatlarning hammasi margarin ishlab chiqarishning zarur shartlaridan biridir.
Tovarlar, xizmatlar, pul belgilari, hujjatlar, axborot, moliya va buxgalteriya hisobotlari hamda kundalik hujjatlar, tamgʻalash va identifikatsiya belgilari, tarixiy faktlar, atoqli shaxslarning fikrlari va aytgan gaplari hamda koʻpgina boshqa narsalar qalbakilashtirish obyektlari boʻlmoqda.
Oziq-ovqat tovarlarini qalbakilashtirishda odatda tovarning bitta yoki bir nechta haqiqiy belgisi qalbakilashtiriladi. Shu sababli oziq-ovqat tovarlarini qalbakilashtirishning quyidagi turlari farqlanadi:

  1. assortimentni (turni) qalbakilashtirish;

  2. sifatni qalbakilashtirish;

  3. miqdorni qalbakilashtirish;

  4. qiymatni qalbakilashtirish;

  5. axborotni qalbakilashtirish;

  6. kompleks qalbakilashtirish.

Qalbakilashtirishning har bir turi haqiqiy tovarlarni qalbakilashtirishning oʻziga xos usullariga ega, kompleks qalbakilashtirishda esa turli xil ikki, uchta tur yoki beshta turning hammasi uygʻunlashib ketadi. Tabiiyki, kompleks qalbakilashtirishda alohida olingan har bir turning butun tovarni qalbakilashtirish uchun ahamiyatini aniqlamoq kerak.
Assortiment sohtalashtirilganida qalbakilashtirish assortiment-ning bitta yoki bir nechta belgisi oʻxshashligini saqlab qolgan holda uni boshqa nav, tur yoki nomdagi oʻrnini bosuvchi mahsulotlar bilan batamom almashtirish orqali amalga oshiriladi.
U yoki bu guruhga kiruvchi tovarlar assortimentini qalbakilashtirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur:
1. Isteʼmol xossalari va ayrim sifat koʻrsatkichlari boʻyicha oʻzaro yaqin boʻlgan boshqa guruhdagi tovarlarning sotuvda mavjudligi.
2.Tovarning sifati navlarga boʻlinishi.
3. Muayyan tovarlar guruhiga mansub oʻxshatmalar ishlab chiqarilayotganligi va realizatsiya qilinayotganligi.
4.Sifat koʻrsatkichlari va nuqsonlari mavjudligi jihatidan farqlanadigan tovarlar ishlab chiqarilayotganligi va realizatsiya qilinayotganligi.
5. Turli tovar guruhlari uchun foydalaniladigan oʻrov buyumlarini birxillashtirish.
Foydalaniladigan qalbakilashtirish vositalariga, oʻrnini bosuvchi narsaning xossalari oʻxshashligiga va sohtalashtirilayotgan mahsulotga bogʻliq holda qalbakilashtirishning quyidagi usullarini farqlaydilar:
1. navlarni almashtirish;
2. yuqori sifatli mahsulotni oʻxshash belgilarga ega boʻlgan arzon oʻrnini bosuvchi tovar bilan almashtirish;
3.natural mahsulotni oʻxshatma bilan almashtirish.
Assortimentni qalbakilashtirishda qoʻllaniladigan barcha oʻrnini bosuvchilar ikki guruhga: oziq-ovqat va nooziq-ovqat guruhga boʻlinadi.
Assortimentni qalbakilashtirishga eng avvalo tovarlar navlarini almashtirish kiritiladi. Bu assortimentni qalbakilashtirishning hammadan keng tarqalgan koʻrinishlaridan biridir.
Navlarni almashtirish – yuqori navli tovarlarni kuyi navli tovarlarga almashtirish yoʻli bilan xaridorni va/yoki isteʼmolchini aldashga qaratilgan harakatlardir.
Bunda navlarni almashtirish bilmaslik oqibatida ham, shuningdek gʻarazli maqsadlarda ham yuz berishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi yoki mazkur mahsulotni realizatsiya qiluvchi tomonidan gʻarazli maqsadda qilingan navlarni almashtirishgina qalbakilashtirishga kiradi.
Biroq goʻsht, kolbasalar, un, krupalar, kraxmal, kofe navini savdoda realizatsiya qilinganida almashtirish hamma vaqt qalbakilashtirish, deb hisoblanadi, chunki bu tovarlarning sifati ularni ishlab chiqarish vaqtida toʻliq shakllangan va saqlash vaqtida oʻzgarmaydi.
Shu bilan birga kattagina tovarlar guruhi borki, ularning sifati saqlash vaqtida ancha oʻzgaradi va bunda ularning tovar navini belgilab beradigan sifat koʻrsatkichlari ham pasayadi. Bunday hollarda obyektiv xususiyatga ega boʻlgan nav almashuvi yuz beradi va agar undan gʻarazli maqsadlarda foydalanilmasa, u qalbakilashtirish, deb baholanmaydi. Parhez tovuq tuxumi, bayxa choyi, shirdonli pishloqlar, uzum vinolari va boshqa tovarlar bunga misol boʻla oladi, ularning navlari totib koʻrish yoʻli bilan balli tizim boʻyicha belgilanadi.
Assortimentni qalbakilashtirishda, qoida tariqasida, oziq-ovqat oʻrnini bosuvchilar – pasaygan oziqlik qiymati bilan va bitta yoki bir nechta belgilari boʻyicha natural mahsulotga oʻxshashligi bilan ajralib turadigan ancha arzon oziq-ovqat mahsulotlari ishlatiladi.
Assortimentni qalbakilashtirish chogʻida obyekt sifatida koʻpincha quyidagi oziq-ovqat oʻrnini bosuvchilardan foydalaniladi:

  1. boshqa guruhga mansub boʻlib, ancha past isteʼmol xossalariga ega boʻlgan oʻxshash tovarlar;

  2. natural mahsulotning muayyan, juda xos belgilari boʻyicha yaqin boʻlgan oʻxshatmalari;

  3. genetik modifikatsiyalangan xom ashyodan olingan tovarlar;

  4. biokimyoviy yoki boshqa texnologik jarayonlari tugallanmagan mahsulotlar.

Boshqa guruhga mansub tovarlar bilan assortimentni qalbakilashtirishga quyidagilar misol boʻlishi mumkin: liver kolbasalarni qaynatilgan kolbasa niqobida sotish; tuzlangan seld oʻrniga tuzlangan treska, navaga va boshqalarni sotish; issiq usulda dudlangan baliqni sovuq usulda dudlangan baliq oʻrnida sotish va hokazolar.
Assortimentni qalbakilashtirish obyekti sifatida turli oʻxshatmalardan, yaʼni natural oziq-ovqat tovarlari oʻrniga ishlatish uchun qoʻllaniladigan yoki maxsus ishlab chiqilgan mahsulotlardan foydalanilishi mumkin. Masalan, qora ikra oʻrniga oqsil ikrani, goʻsht oʻrniga teksturalangan soya oqsillarini, sariyogʻ oʻrniga margarinni, kofe oʻrniga kofeli ichimliklarni, choy oʻrniga esa choyli ichimliklarni va shu kabilarni sotadilar. Faqat natural mahsulotni uning oʻrnini bosuvchi mahsulot bilan toʻliq almashtirgan holda realizatsiya qilinadigan qalbaki mahsulotgina assortimenti sohtalashtirilgan mahsulot, deb atalishi mumkin. Bordi-yu, qisman almashtirish yuz bergan boʻlsa, bu sifatni qalbakilashtirishga kiradi.
Sifatni qalbakilashtirish – mahsulotlarning organoleptik sifat koʻrsatkichlarini va boshqa xossalarini oʻzgartirish uchun haqiqiy tovarlarni turli-tuman oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat qoʻshimchalar yordamida yoxud retsepturalarni oʻzgartirish yoʻli bilan qalbakilashtirishdir.
Ushbu turdagi qalbakilashtirish obyektlari boʻlib turli qoʻshimchalar qoʻshilgan yoki retsepturalari buzilgan oziq-ovqat mahsulotlari xizmat qiladi.
U yoki bu tovar guruhlarining sifatini qalbakilashtirish uchun quyidagi shart-sharoitlar zarur:
1. Sotuvda turli oziq-ovqat boʻyoqlari, aromatizatorlar (hid beruvchilar), loyqatuvchilar, quyuqlashtiruvchilar, oksidlanishga qarshi moddalar, konservantlar va boshqa komponentlar mavjud boʻlishi;
2. Oziq-ovqat tovarlariga turli oziq qoʻshimchalarni qoʻllash boʻyicha qonunchilik meʼyorlarining amal qilishi;
3. U yoki bu qoʻshimchalarni qoʻshish meʼyori ustidan ishonchli nazoratning yoʻqligi;
4. Aholini axborot yordamida laqillatishga hamda tovarning xossalari toʻgʻrisida atayin yolgʻon axborotni tarqatishga qarshi qonunlarning yoʻqligi va ularning amal qilmasligi.
Foydalanilayotgan qalbakilashtirish vositalariga, oʻrnini bosuvchi moddalar qay darajada ishlatilganligiga hamda sohtalashtirilayotgan mahsulot retsepturasining tarkibi buzilishiga qarab qalbakilashtirishning quyidagi darajalari farqlanadi:

  1. suv qoʻshilishi;

  2. qimmatroq komponentlar oʻrniga arzonroq komponentlarning qoʻshilishi;

  3. natural mahsulotni oʻxshatma mahsulot bilan qisman almashtirish;

  4. mahsulotga begona qoʻshimchalarni qoʻshish yoki uni shunday qoʻshimchalar bilan batamom almashtirish;

  5. turli oziq qoʻshimchalarni qoʻshish;

  6. mahsulotni oziq-ovqat chiqindilari bilan qisman yoki butunlay almashtirish;

  7. meʼyoriy-texnik hujjatlarda yoʻl qoʻyiladigan sifatsiz mahsulotning yoki komponentlarning koʻp miqdorda boʻlishi;

  8. konservantlarni, antiokislitellarni va antibiotiklarni tovarga bosilgan tamgʻada koʻrsatmagan holda qoʻshish.

Sifatni qalbakilashtirish vaqtida foydalaniladigan hamma qoʻshimchalar va komponentlar ikki guruhga: oziq-ovqat guruhi va nooziq-ovqat guruhiga ajratiladi. Oʻz navbatida, oziq-ovqat qoʻshimchalar sogʻlom odam uchun yoʻl qoʻysa boʻladigan va bolalar uchun yoʻl qoʻysa boʻladigan hamda u yoki bu kasalliklarda yoʻl qoʻysa boʻladigan qoʻshimchalarga ajratiladi.
Nooziq-ovqat qoʻshimchalar odamga zarar keltirmaydigan, zaharli, kanserogen hamda narkotik qoʻshimchalarga ajratiladi.
Odamga zarar keltirmaydigan nooziq-ovqat qoʻshimchalarga quyidagilarni: boʻr, gips, gʻisht tolqoni, ohak, inert toʻldirgichlar va shu kabilarni kiritish mumkin.
Nooziq-ovqat zaharli qoʻshimchalar jumlasiga quyidagilar kiritiladi: meʼyoriy-texnik hujjatlardagidan koʻproq miqdorda aralashgan zaharli oʻsimliklarning urugʻlari, choyga qoʻshilgan zaharli oʻsimliklarning barglari, asaldan tayyorlangan sharob va shu kabilar.
Nooziq-ovqat kanserogen qoʻshimchalar jumlasiga odam tanasida onkologik hujayralar shakllanishiga sabab boʻladigan moddalar kiradi.
Noziq-ovqat narkotik qoʻshimchalar jumlasiga quyidagilar kiritiladi: pivo, vino, aroqqa isteʼmolchini aynan mana shu mahsulotni isteʼmol qilishga qaram qilib qoʻyadigan narkotik moddalarni qoʻshish; vino, pivoga tamaki barglarini solib damlash va shu kabilar.
Suv suyuq oziq-ovqat tovarlariga aralashtiriladigan hammadan koʻp tarqalgan qoʻshimchadir. Ayniqsa sharbatlar, pivo, aroq, spirt, tiniq rangsiz nalivkalar, nastoykalar, vinolar, maʼdanli suvlar, sut va sut mahsulotlari, asal, goʻsht, kolbasa mahsulotlari, baliq va shu kabilarga koʻpincha suv aralashtiriladi. Rangli ichimliklarga suv qoʻshilganida odatda natural mahsulot rangiga oʻxshatadigan qoʻshimcha boʻyash qoʻllaniladi. Masalan, konyak, rom, vinolar, pivo, kvas, boʻyalgan alkogolsiz ichimliklar sifatli sohtalashtirilganida suvga kuydirilgan saxaroza (qandli koler) bilan rang beriladi.
Suv, natural mahsulotning universal aralashtiruvchisi sifatida, koʻpincha sifatli qalbakilashtirish hollarida juda oz miqdorda ishlatiladi yoki mahsulot u yoki bu usulda namlanadi (masalan, qand, quritilgan mevalar va boshqa quritilgan mahsulotlar zax binoga joylashtirib namlanadi).
Koʻpgina oziq-ovqat tovarlarini suv qoʻshish yoʻli bilan qalbakilashtirish bir vaqtning oʻzida ortiqcha namlikni kolloid yoki emulsiya holatiga oʻtkazadigan komponentlarni ham aralashtirish orqali kechadi. Masalan, kolbasa mahsulotlariga suv qoʻshganda qoʻshimcha ravishda kraxmal, jelatin, pektin, kamedi va shu kabilar aralashtiriladi. Shokolad mahsulotlarga yoki glazurga suv qoʻshganda esa letsitin, fosfatidlar yoki fosfatid konsentratlar va shu kabilar aralashtiriladi.
Koʻpgina tadqiqotlarda oziq-ovqat mahsulotlari 10% miqdorida suv bilan yoki taʼmi va hidi jihatidan inert boʻlgan boshqa komponentlar bilan suyultirilganida degustatorlar, ayniqsa oddiy isteʼmolchilar buni sezmasliklari isbot qilingan. 20% suv yoki boshqa komponentlar qoʻshilganida esa, degustatorlarning taxminan uchdan bir qismi sifat haqida oʻz shubhalarini bildira boshlashadi, oddiy isteʼmolchilar esa bu qalbakilashtirishni ham odatda sezmaydilar. Mahsulot 25 – 30 % miqdorida suyultirilganidagina degustatorlarning koʻpchiligi ham, shuningdek ayrim isteʼmolchilar ham mahsulotda suv koʻpligini, uning taʼmi qochganligini koʻrsata boshlaydilar. Buni bilgan koʻpgina ishlab chiqaruvchilar u yoki bu mahsulotning retsepturasini har xil inert qoʻshimchalar bilan 20 – 25%gacha aralashtiradilar va shundan keyin ularni degustatsiya komissiyalarida tasdiqlatadilar. Masalan, kolbasa mahsulotlariga 25% gacha har xil “noanʼanaviy”, deb atalgan xom ashyoni (sut oqsillari, soya oqsillari, suyak, pat gidrolizatlari, biriktiruvchi toʻqimalar va shu kabilarni) qoʻshishga va shu tariqa bu mahsulotlarning yangi assortimentini shakllantirishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, ozgina miqdorda suv aralashtirish bunday qalbakilashtirishni fizik-kimyoviy koʻrsatkichlar (suvning izotop tarkibi bundan mustasno) yordamida ham aniqlash imkonini bermaydi, chunki qand va kislotalarning umumiy ulushi, qoida ta`riqasida, natural mahsulotlarda hamisha yoʻl qoʻyish mumkin boʻlgan meʼyordan yuqori boʻladi va 10%gacha miqdorda suv aralashtirish ushbu koʻrsatkichlarning belgilangan meʼyorlardan pasayib ketishiga olib kelmaydi. Buning ustiga, titrlanadigan kislotalilik avvalgi darajasida qolaverishi mumkin, chunki suv aralashtirilganida kislotalarning va nordon tuzlarning ajralish darajasi kuchayadi, buning oqibatida eritmada H+ ionlarining miqdori ortadi. Faqat suyuq oziq-ovqat tovarlariga (sharbatlar, vinolar, pivo va boshqalarga) 30% dan ortiq suv aralashtirilganida ularning fizik-kimyoviy koʻrsatkichlari oʻzgara boshlaydi.
Sohtalashtirilayotgan mahsulotning xavfsizlik darajasi ishlatilayotgan suvning sifatiga ham bogʻliq boʻlib, agar, masalan, mikrobiologik koʻrsatkichlari boʻyicha sifatsiz suv ishlatilsa, suv aralashtirilgan mahsulot nafaqat sohtalashtirilgan, balki shu bilan birga odam salomatligi uchun xavfli ham boʻlib qolishi mumkin.
Qoʻshimchalar – bu oziq-ovqat mahsulotlarida u yoki bu xossalarni paydo qilish uchun ham, tovarda ayrim isteʼmol sifatlarini bor qilib koʻrsatish uchun ham aralashtiriladigan moddalardir. Qoʻshimchalar begona qoʻshimchalar va oziq-ovqat qoʻshimchalariga boʻlinadi. Begona qoʻshimchalarga odatda oziq-ovqat mahsulotlarida boʻlmaydigan komponentlar kiradi va ularni qoʻshganda albatta zararsizligini aniqlash uchun klinik sinovlar oʻtkazilishi kerak.
Oziq-ovqat qoʻshimchalarga umuman oziq-ovqat mahsulotlarida boʻladigan, ammo muayyan mahsulotlarda yo umuman boʻlmagan, yoki yetarli miqdorda boʻlmagan moddalar kiradi. Masalan, goʻsht mahsulotlarida koʻpgina polisaxaridlar (glikogen bundan mustasno) boʻlmaydi va ushbu mahsulotlarni oziq-ovqatlik qiymati boʻyicha muvozanatga keltirish uchun qoʻshilgan inulin, kraxmal va boshqa polisaxaridlarni oziq-ovqat qoʻshimchalar, deb baholash mumkin. Biroq, oziq-ovqat sanoatida keng qoʻllaniladigan va u yoki bu oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashga doir retsepturada nazarda tutilgan nitritlar va nitratlar, turli achitqilar, loyqalatuvchilar va boshqalarni uzoq muddat toksikologik tadqiqotlar oʻtkazmasdan oziq-ovqat qoʻshimchalar jumlasiga kiritish mumkin emas.
Ayni vaqtda mamlakatimizda chiqadigan va import qilinadigan koʻpgina tovarlarga, ayniqsa Gʻarbiy Yevropa tovarlariga bosilgan tamgʻalarda sogʻlom odamlarga moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlariga qoʻshish uchun tavsiya etiladigan u yoki bu oziq-ovqat qoʻshimchalari koʻrsatiladi, bu mahsulotlar “Ye” belgisi va oziq-ovqat qoʻshimchasining tartib raqami (masalan, Ye 300 – askorbin kislotasi) bilan tamgʻalanadi.
Bunday oziq-ovqat qoʻshimchasidan parhez va diabetik tovarlarda, shuningdek koʻpincha bolalar isteʼmol qiladigan mahsulotlarda foydalanishni qalbakilashtirishga kiritish mumkin. Isteʼmolchini tovarning asl isteʼmol xossalari toʻgʻrisida adashtirish maqsadida retsepturada nazardan tutilmagan ruxsat berilgan va ruxsat berilmagan qoʻshimchalarni ishlatish ham sifatni sohtalashtirishga kiradi.
Retsepturada va ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda tutilmagan hamda mahsulotlarga ularni yuqori darajali oziq-ovqatlik qiymatiga ega boʻlgan mahsulotga oʻxshatish imkonini beradigan organoleptik xossalarni baxsh etishga moʻljallangan qoʻshimchalar yordamida oziq-ovqat mahsulotlariga rang berish yoki hid berish ham sifatni qalbakilashtirishga kiradi. Bunday qalbakilashtirishning pirovard maqsadi tovarlarni yuqori isteʼmol xossalariga ega qilib koʻrsatish yoʻli bilan isteʼmolchilar past sifatli tovarlarni maʼqul koʻrishlariga erishishdan iborat.
Tarkibidagi qand moddasi shirin taʼm beruvchi qoʻshimchalar bilan batamom yoki qisman almashtirilgan, retsepturada nazarda tutilmagan sintetik boʻyoqlar va aromatizatorlardan foydalanilgan alkogolsiz ichimliklar sifatni shunday qalbakilashtirishga misol boʻla oladi, ayniqsa bunday oziq-ovqat qoʻshimchalarni qoʻllashga Respublikamizda “Oziq-ovqat xom ashyosi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga qoʻyiladigan tibbiy-biologik talablar va sanitariya meʼyorlari”da ruxsat berilmagan yoki ularni qoʻllash taqiqlangan boʻlsa.
Hatto ruxsat berilgan, muayyan nomdagi mahsulotga xos boʻlmagan hamda uni tayyorlash retsepturasida nazarda tutilmagan oziq-ovqat qoʻshimchalarining qoʻllanilishi mahsulot tarkibi va retsepturasi oʻzgarganligi haqida axborot boʻlmagan taqdirda isteʼmolchilarni aldash maqsadida qalbakilashtirish, deb hisoblanishi kerak. Xabardor qilingan isteʼmolchi oʻzining oziq-ovqat qoʻshimchalariga shaxsiy munosabatiga, oʻz organizmida ushbu moddalar guruhi allergiya qoʻzgʻatishi mumkinligiga qarab tovarni oʻzi tanlab olish huquqiga ega.
Shu bilan birga qalbakilashtirishning ancha xavfli usullari ham bor. Masalan, inqilobdan oldin Rossiya imperiyasi hududlarida past navli kofe donlariga qimmatbaho navlarga xos kulrangnamo tus berish uchun donlarni ammiak qoʻshilgan suvda yuvishgan yoki ularga qoʻrgʻoshin barabanda ishlov berishgan.
Natural mahsulotni uning eng qimmatli komponentlarini chiqarib olgandan keyin qoladigan oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat chiqindilar bilan qisman yoki butunlay almashtirishni tovarlar sifatini qalbakilash-tirishning bir turi, deb hisoblamoq kerak. Masalan shama choyni natural mahsulot tarzida, natural kofeni kofeinsiz, natural kofeni tabiiy kofeinni chiqarib olib, unga sintetik yoʻl bilan hosil qilingan kofeinni qoʻshgan holda realizatsiya qilish va koʻpgina boshqa holatlar shular jumlasidandir.
Qalbakilashtirishning ushbu turiga xom ashyoga begona oʻtlarni qoʻshish yoki uni begona oʻtlar aralashmasidan batamom tozalamaslik, unga donli ekinlarning boshqa turlarini yoki zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlov berilgan urugʻlik donni aralashtirish ham kiradi. Hozirgi vaqtda qalbakilashtirishning bunday qoʻpol usullari xom ashyoni tozalash bosqichi minimum darajagacha kamaytiriladigan kichik korxonalarda qayta ishlash vaqtida uchramoqda, katta tonnali sanoat ishlab chiqarishida esa bunday qalbakilashtirishlar kam uchraydi.
Kartoshka va ildizmevalarni tayyorlash vaqtida qalbakilashtirishning keng tarqalgan usuli belgilangan meʼyordan ortiq tuproq, ildizlar, oʻsimlik qoldiqlarini va boshqa organik va norganik aralashmalarni qoʻshishdan iborat.
Sifatni qalbakilashtirishga texnologik jarayoni tugallanmagan oziq-ovqat mahsulotlari ham kiradi. Bizning bozorlarimizda tobiga yetkazib dudlanmagan kolbasa mahsulotlari; tobiga yetmagan yoki tobidan oʻtib ketgan seld; achigan karam, bodring; yetilmagan yoki tez yetiltirilgan pishloq; “xom” pivo va shu kabilar sotilmoqda.
Miqdorni qalbakilashtirish – bu isteʼmolchini tovar parametrlarining (ogʻirligi, hajmi, uzunligi va shu kabilarning) yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan meʼyorlardan ancha ortiq darajada ogʻishi hisobiga aldashdir. Hozirgi vaqtda standartlarda u yoki bu tomonga ogʻishlar koʻrsatilmayapti. Tovarning miqdor koʻrsatkichi kamayishiga qay darajada yoʻl qoʻyilishi mumkinligigina belgilab qoʻyilmoqda, xolos.
Amaliy faoliyatda qalbakilashtirishning bu turi kam tortish yoki tarozidan urib qolish, deb ataladi. Ushbu qalbakilashtirish usullari va vositalari oʻlchanayotgan obyektning miqdor koʻrsatkichlarini qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻygan holda hamma vaqt kamaytirish tomoniga noaniq oʻlchashga asoslangan, tovarning bahosini hisob-kitob qilish esa belgilab qoʻyilgan yoki oshirilgan miqdor koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Miqdorni qalbakilashtirish xaridorni aldashning eng qadimiy usullaridan biri boʻlib, bu usul sohtalashtiruvchidan maxsus bilimlarni talab qilmaydi.
Miqdorni qalbakilashtirishda quyidagilardan foydalaniladi:

  • yasama oʻlchov vositalari (toshlar, metrlar, oʻlchov idishi);

  • noaniq ishlaydigan texnik oʻlchov qurilmalari (tarozilar, priborlar va shu kabilar) yoki sezgirligi ancha past boʻlgan oʻlchov qurilmalari;

  • maxsus usullar va/yoki xaridorga ruhiy taʼsir oʻtkazish;

  • tovarni notoʻgʻri oʻlchash.

Yasama yoki noaniq ishlaydigan oʻlchov vositalari – bu tovar miqdorini qalbakilashtirishning hammadan koʻp tarqalgan usulidir. Bunda davlat metrologiya xizmatlari organlari tomonidan bosiladigan va beriladigan tekshiruv tamgʻalariga hamda guvohnomalarga ega boʻlmagan yasama oʻlchov vositalari (toshlar, metrlar, oʻlchov idishi va boshqalar) hamda priborlardan (tarozi va shu kabilar) foydalaniladi.
Toshlar, tarozilar, metrlar va boshqalarda tekshiruv tamgʻalari yoʻqligi yoki ularning muddati oʻtganligi ham oʻlchov vositalari yasama, deb aytish uchun asos boʻladi va osongina tekshiriladi.
Tayyorlovchilar yoki sotuvchilar foydalanadigan nosoz priborlar va qadoqlash uskunasi ham noaniqlikka, qoʻpol xatolarga sabab boʻlishi mumkin.
Sotuvchi yoki tayyorlovchi tomonidan qoʻllaniladigan notoʻgʻri oʻlchov usullari ham oʻlchash vaqtida qoʻpol xatolarga sabab boʻlishi mumkin, bu esa kam tortishga, kam oʻlchashga olib keladi. Bunda oʻlchovni amalga oshirayotgan subyektning harakatlari atayin qilingan yoki atayin qilinmagan harakat boʻlishi mumkin. Atayin qilinmagan harakat boʻlsa, miqdorning sohtalashtirilishiga oʻlchov priborlarini ishlata bilmaslik sabab boʻladi.
Tovar miqdorini sohtalashtirishning turli-tuman maxsus usullari ham bor. Masalan oʻtgan asrdayoq qoʻllanilgan kam oʻlchash, tarozidan urib qolish usullari bor.
1. “Ortiqcha tovar qoʻyib tarozidan urish”. Bu usul shundan iborat boʻlganki, sotuvchi taroziga xaridor soʻraganidan koʻproq tovar qoʻygan; tarozining oʻzida ortiqcha (“ogʻir”) qism kesib olingan, bunda sotuvchi tarozini barmoqlari bilan ushlab turib, tovarning ogʻirligini oshirgan.
2. “Qogʻoz bilan tarozidan urish”: oz miqdordagi tovar qalin qogʻozda yoki paketda oʻlchab berilgan.
3. “Aldab tarozidan urish” katta psixologik tayyorlikni talab qilgan va faqat tajribali sotuvchilar tomonidan qoʻllanilgan. Uning mohiyati quyidagicha: xaridorni tarozidan urayotganida sotuvchi uni tarozi shkalasidan chalgʻitishi kerak boʻlgan. Bunda tarozi shayiniga uzun ip bogʻlab tosh osib qoʻyilgan, bu tosh stol tagidan oyoq bilan sezdirmasdan tortib turilgan.
4. “Tashlama usulida tarozidan urish”ni sotuvchi tovarni taroziga tez tashlash va oʻsha zahotiyoq olish yoʻli bilan amalga oshirgan.
5. “Anqovni tarozidan urish” xaridor tarozi shkalasining bir qisminigina koʻrishini nazarda tutgan.
6. “Sayr qildirib tarozidan urish”da sotuvchi xaridordan tovar bahosini kassaga toʻlab kelishni iltimos qilgan, oʻzi esa bu vaqtda uni tarozidan urgan.
7. “Bezbetlik bilan tarozidan urish” oddiy edi: toshlarni arralab qoʻyishardi.
8. “Masxaralab tarozidan urish”: sotuvchi tovarni tortgan vaqtida toʻrtta barmogʻini ishlatar, beshinchi barmogʻi bilan tarozi milini kerakli tomonga ogʻdirib turar edi.
9. “Vaqtdan yutib tarozidan urish” yuksak mahoratni talab qilar edi. Xizmat shu qadar tez koʻrsatilar ediki, xaridor idishga solingan va oʻrab berilgan tovarning qanchaligini sezmay qolardi.
10. Yana bir usul “kamalak yasash”, deb atalar va tovarning bir navini boshqa nav bilan ( masalan, pushti magʻizni kalla-pocha bilan) almashtirib qoʻyishdan iborat edi.
11. Undan “assortiment berish” usuli koʻp farq qilmas edi (darvoqe, shoʻrolar savdosida undan tamomila oshkora foydalanilar edi). Uning mohiyati shundaki, tovarning asosiy qismiga talab qilingan darajada sifatli mahsulot (masalan, pushti magʻiz) oʻrab berilar, kamrogʻi esa ancha past navli mahsulotdan (kalla-pocha, suyak va shu kabilar) iborat boʻlar edi.
12. Sanab oʻtilgan usullarning uchtasini oʻz ichiga olgan aralash usul “yetti quvonch”, deb atalar va turgan gapki, xaridorlarga hammadan koʻp noqulaylik keltirar edi.
Hozirgi vaqtda avvaldan maʼlum boʻlgan sifatni qalbakilashtirish usullariga qoʻshimcha oʻlaroq yangilari paydo boʻldi.

  1. Doʻkonlar qand-shakarni, yorma, un, tuzni qadoqlanmagan holda oladi. Mahsulot bir necha kunga nam omborga joylashtiriladi, bu yerda uning ogʻirligi oshadi: bir qopi 2 – 3 kilogrammgacha ogʻirlashadi.

  2. Qadoqlash chogʻida navi (va bahosi) turlicha boʻlgan mahsulotni – oq qand bilan sariq (tozalangan va tozalanmagan) qand-shakarni, turli navli unni, tuzni aralashtirish usuli qoʻllanilishi mumkin.

  3. Suvi qochgan nonni paketga solib, uni oʻziga keltirish. Oʻraganlik uchun narxi qoʻshimcha oshiriladi.

  4. Goʻsht, baliq, yarim fabrikatlarni (masalliqlarni), chuchvarani suv bilan muz qoplaguncha sovutish.

  5. Tovarni taroziga qattiq tashlash – tarozidan urishning eng samarali va keng tarqalgan usullaridan biri: tarozi mili yoki raqamlar (elektron tarozilarda) toʻxtashini kamdan-kam odam kutib turadi.

  6. Magnitdan (ohanrabodan) foydalanish. Ogʻirligi 10 grammdan 30 grammgacha boʻlgan magnit pallali taroziga pastdan, elektron tarozilarga orqadan, xaridorga koʻrinmaydigan tomondan mahkamlanadi. U koʻrinishidan tangaga, yapaloq narsaga oʻxshagan boʻlishi mumkin. Maxsus magnitlangan pichoqlardan foydalaniladi. Kuchli magnit sigareta qutisiga solib qoʻyilib, taroziga yaqin joyda turgan hollar uchraydi. Bunday magnit ogʻirlikni 50 grammgacha oʻzgartiradi.

  7. Tarozining ogʻishini sotuvchi foydasiga (5–10 grammgacha) sozlab qoʻyish.

  8. Goʻyo tarozi milini tinchitgan boʻlib, mahsulot solingan pallani yuqoridan, toshli pallani esa pastdan sezdirmasdan ushlab turish.

  9. Tarozini (har qanday siferblatli tarozini) yonlamasiga oʻrnatish, toki xaridor sal yon tomondan qarab, 2 – 5 gramm boʻlagiga yanglishsin.

  10. Koʻrinishidan bir-biriga oʻxshash boʻlgan raqamlarni (elektron tarozilarda): 1 va 7 ni, 3 va 9 ni, 5 va 6 ni ongli ravishda adashtirib yuborish.

  11. Sabzavotlar, olma va boshqa tovarlarni tekshirilmaydigan, uyda ishlatishga moʻljallangan (prujinali) tarozilarda tortish.

  12. Olma, sabzavotlarni 1 – 2 kilogrammdan qilib oldindan tortib qoʻyish va ularni tarozilarning tovar qoʻyiladigan pallasiga ham, tosh qoʻyiladigan pallasiga ham goʻyo oʻzaro muvozanatli qilib joylashtirish. Lekin har ikkala tomondagi tovarning ogʻirligi odatda 200 – 500 grammga kam boʻladi.

Toʻgʻri oʻlchash usuli odatda oʻlchov priborlarining texnik hujjatlarida keltiriladi.
Tovarlarni brutto ogʻirligi boʻyicha sotib, bu ogʻirlikdan oʻrov materialining ogʻirligini chiqarib tashlamaslik koʻpincha tovarni savdo oʻrovi bilan birga yoki tortib sotiladigan tovarni qoʻshimcha idishda (savatlarda, plastmassa tog'orachalarda va shu kabilarda) tortib bergan vaqtda yuz beradi. Miqdorni qalbakilashtirishga yoʻl qoʻymaslik uchun sotuvchi yo siferblatli tarozining qarama-qarshi tomoniga shunday materialdan ishlangan bir xil kattalikdagi oʻrov materialini (masalan, bir taxta oʻrov qogʻozini) qoʻyishi, yoki brutto ogʻirlikdan oʻrov materialining yoki qoʻshimcha idishning oldindan oʻlchab qoʻyilgan ogʻirligini chiqarib tashlashi shart.
Tovarni netto ogʻirlik boʻyicha sotib, brutto ogʻirlikdan tamgʻada koʻrsatilgan standart idish ogʻirligini chiqarib tashlash, agar bunda ogʻirlashgan idishdan (devorlari qalinroq, qoʻshimcha moslamalari boʻlgan idishdan) foydalanilsa, oluvchini yoki isteʼmolchini aldash imkonini beradi. Masalan, tovarlar bochkalarda va boshqa ogʻir yukli idishlarda sotilgan, transport vositalarida (vagoni bilan, mashinasi bilan va boshqalar) temir yoʻl yoki avtomobil tarozilarida tortish yoʻli bilan sotilib, keyinchalik omborda qaytadan tortilmagan hollarda shunday boʻladi. Bunda oʻrov materiali yoki transport vositalari ichiga ogʻir narsalar (tosh, gʻisht va boshqalar) solib qoʻyilgan boʻlishi mumkin.
Qalbakilashtirishning bu turi asosan savdo xodimlariga tegishli, lekin tovarni mayda ulgurji usulida ishlab chiqarish oʻrovi bilan sotib olayotgan xaridorni aldash imkoni ham istisno etilmaydi (masalan, tovar qopi bilan sotilganida qopning 0,5 kilogrammgacha boʻlgan ogʻirligi hisobga olinmaydi).
Tovarni tortish vaqtida uning tagiga qoʻyiladigan qoʻshimcha yuklardan foydalanish hollariga baʼzan chakana savdo korxonalarida duch kelish mumkin. “Quruq varaq”, deb ataladigan alohida usul maʼlum boʻlib, unda ikkiga buklangan oʻrov orasiga maʼlum ogʻirlikdagi yapaloq begona predmet qoʻyiladi. Xaridor bu predmetni koʻrmaydi, chunki u oʻrovning ikki varagʻi orasida boʻladi. Tortish tugaganidan keyin sotuvchi tovar solingan oʻrovning ustki yarmini oladi, bunda ogʻir begona predmet sotuvchi tomoniga tarozi yoniga tushadi.
Miqdorni qalbakilashtirish ishlab chiqarishda tovarlarni qadoqlash, ichimliklarni idishlarga quyish vaqtida yoki savdo, umumiy ovqatlanish korxonalarida isteʼmolchiga sotish vaqtida amalga oshiriladi.
Bahoni qalbakilashtirish – past sifatli tovarlarni yuqori sifatli tovarlar narxida yoki miqdor koʻrsatkichlari kam boʻlgan tovarlarni miqdor koʻrsatkichlari koʻp boʻlgan tovarlar narxida sotish
Qalbakilashtirishning bu turi hammadan koʻp tarqalgandir, chunki u qalbakilashtirishning boshqa turlarini (assortimentni, miqdorni va boshqalarni qalbakilashtirish) ham oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, aynan bahoni qalbakilashtirishdan koʻzlangan bosh maqsad isteʼmolchilarni gʻarazli maqsadlarda aldashdan iborat, chunki u tovarning bahosini qonunga xilof ravishda oshirish yoʻli bilan noqonuniy daromad olish imkonini beradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim jihatlaridan biri erkin narxlar boʻlib, ularni faqat alohida ishlab chiqaruvchilarning oʻzaro raqobati tartibga solib turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bahoni sohtalashtirishdan sohtalashtirilgan past sifatli mahsulotni yoki hatto xavfli tovarlarni realizatsiya qilish uchun yoki narx borasida raqobatlashish maqsadida, xususan demping narxlar yordamida isteʼmolchining muayyan tovarni maʼqullashiga erishish uchun foydalanilishi mumkin
Axborotni qalbakilashtirish – tovarning tarkibi va/yoki xossalari toʻgʻrisidagi noaniq yoki buzilgan (yolgʻon) axborot yordamida isteʼmolchini aldash.
Qalbakilashtirishning ushbu turi tovarga ilova qilingan hujjatlarda, sertifikatda, bosilgan tamgʻada va reklamada axborotni buzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qalbakilashtirishning avval koʻrib chiqilgan boshqa turlari koʻpchilik hollarda tovarning tarkibi va xossalariga oid axborotni qalbakilashtirish bilan ham toʻldiriladi. Aks holda qalbakilashtirish osongina maʼlum boʻlib qoladi.
Tovarning tarkibi va xossalariga oid yolg’on yoki noaniq axborot natural mahsulotni sohtalashtirilgan tovar bilan almashtirish, deb hisoblashga asos boʻladi. Masalan, agar bosilgan tamgʻada yoki tovarga ilova qilingan hujjatlarda, yoki narxnomada oqsil ikraga “Qora ikra”, deb nom berilgan boʻlsa, u sohtalashtirilgan mahsulot jumlasiga kiradi. Bordi-yu, hamma joyda ushbu mahsulotning toʻgʻri nomi – “Oqsil ikra”, deb yozilgan boʻlsa, qalbakilashtirish toʻgʻrisidagi ayblov bekor qilinadi.
Savdo korxonalarining ishida amaliyotda xaridorlar oʻzlariga sohtalashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan tarkibi goʻsht va oʻsimlikdan iborat boʻlgan kolbasa sotilganligi haqidagi shikoyat bilan murojaat qilgan, biroq bunday shikoyatlar eʼtibor bilan koʻrib chiqilganida qalbakilashtirish alomatlari boʻlmagan, chunki tovarga bosilgan tamgʻada mahsulotning tarkibi va u nimalarga ishlatilishi toʻliq koʻrsatilgan hollar yuz bergan.
Tovarning tarkibi va xossalariga oid axborotni isteʼmolchiga yetkazish usullari hozirgi vaqtda “Isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Bu Qonunda qanday tovarda yoki tovarlar guruhida u yoki bu tamgʻa boʻlishi kerakligi koʻrsatilgan. Ushbu Qonunga muvofiq tovarga tamgʻa bosmaslik axborot sohtalashtirilgan, deb xulosa chiqarish hamda ushbu tovarni sohtalashtirilgan tovarlar jumlasiga kiritish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Hozirga qadar nonga va non mahsulotlariga, baʼzi qandolatchilik tovarlariga, baliq va goʻsht tovarlariga “Isteʼmolchi huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq tegishli tamgʻa hamma vaqt ham bosilayotgani yoʻq.
Tovarga oid axborot sohtalashtirilganida quyidagi maʼlumotlar buziladi yoki noaniq koʻrsatiladi:
tovarning nomi va uning logotipi;
tovarning kelib chiqish mamlakati;
tovarni tayyorlagan firma va uning pochta manzili;
tovarning miqdori;
mahsulotning tarkibi;
saqlash sharoitlari va muddati.
Koʻpincha tovarning kelib chiqish mamlakati koʻrsatilmaydi yoki notoʻgʻri koʻrsatiladi, shuningdek shtrix kodi sohtalashtiriladi. Respublikamiz bozoriga mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan, shuningdek import qilingan, kelib chiqish mamlakati va tayyorlangan firma nomi koʻrsatilmagan sohtalashtirilgan tovarlar koʻp miqdorda kirib kelmoqda. Xaridorning eʼtirofini allaqachon qozongan firma mahsulotlariga oʻxshatib yasalgan mahsulotlar ham uchraydi. Masalan, yaqindan beri Belorusda logotipi boʻyicha mashhur Seylon choyi "Dilmah" markasini eslatadigan, tarkibining sifati boʻyicha esa eʼtirof etilgan choydan ancha farq qiladigan "Diman" choyi ishlab chiqarilmoqda.
Oʻz mahsulotini faol reklama qilayotgan va aʼlo sifatli mahsuloti tufayli isteʼmolchida haqli ravishda yuqori obroʻ-eʼtibor qozongan ishlab chiqaruvchi korxonalarning tovar hamda firma belgilari ham ayniqsa koʻp sohtalashtirilmoqda. Bunday hollarda faqat isteʼmolchigina emas, balki firma belgisi qalbakilashtirilgan korxona ham moddiy va maʼnaviy zarar koʻradi, chunki mashhur ishlab chiqaruvchi korxonaning firma belgisiga ega boʻlgan past sifatli sohtalashtirilgan tovarni sotib olgan isteʼmolchida taniqli korxonaga ishonch yoʻqoladi.
Koʻpgina firmalar oʻz mahsulotini qalbakilashtirishdan asrash uchun firma belgilarini muhofaza qilishning turli sxemalarini joriy etmoqdalar. Masalan, “Rasputin” aragʻining etiketkasida va reklamasida koʻzini qisib qoʻyadigan Rasputin surati tushirilgan.
Tovarni qalbakilashtirishdan himoya qilish muammosi kun sayin dolzarb boʻlib bormoqda. Turli xil oʻzi yelimlanadigan etiketkalardan foydalanish oʻrashni bezash uchungina emas, shu bilan birga oʻrab qoʻyilgan tovarni oʻgʻirlashdan yoki oddiy almashtirib qoʻyishdan ham himoyalash uchun xizmat qilishi mumkin.
Etiketkadan mahsulotni himoya qilish uchun foydalanish gʻoyasi yangi emas, biroq soʻnggi vaqtlarda qoʻyilgan vazifa boʻyicha texnologik yechimlar soni ancha oshdi. Oʻzi yelimlanadigan himoya materiallari oʻrashning hamma turlarini oʻgʻirlikdan, almashtirib qoʻyishdan, ochishdan, qayta import qilishdan va notoʻgʻri foydalanishdan saqlashga yordam beradi.
Oʻzi yelimlanadigan etiketka materiallarining ayrim turlari bir vaqtning oʻzida bir nechta vazifani bajaradi. Bunday oʻrash mahsulotni saqlash shartlari buzilganmi-yoʻqmi, koʻrsatib beradi (issiqlikda maʼlum vaqt oʻtgach, etiketka fonining rangi oʻzgaradi). Mana shu xususiyatning oʻzi tovarning haqiqiyligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.
Tovarga oid axborotni himoya qilish toʻgʻrisida gap borganida bu ikkita yoʻnalishdan iborat boʻlgan kompleks vazifa ekanligini esda tutish zarur.
Birinchi yoʻnalish – oʻrash materialining oʻzini qalbakilashtirishdan himoya qilish. Bugungi kunda keng doiradagi buyurtmachilar uchun yuqori sifatli poligrafiyadan foydalanish imkoni mavjud. Mashhur savdo markasining oʻrash materialidan nusxa koʻchirish va uni shubhali narsalar bilan toʻldirish vasvasasi tobora kuchayib bormoqda. Oʻz obroʻlarini qattiq himoya qiladigan ishlab chiqaruvchi firmalar oʻz mahsulotlari uchun oʻrash materiallarini doimiy ravishda murakkablashtirib borishga mablagʻ ajratishga yoki himoya nakleykalarini, masalan, alkogol uchun identifikatsiya markalarini buyurtirishga majbur boʻladilar.
Etiketkalardan tovarlarni himoya qilish vositasi sifatida foydalanish nisbatan arzon usuldir. Gap shundaki, har qanday tovar oʻralgan va etiketka bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Basharti, oddiy nakleykadan emas, balki quyida tasvirlangan himoya vositalaridan biriga ega boʻlgan etiketkadan foydalanilsa, ishlab chiqarish xarajatlari faqat material bahosi miqdorida koʻpayadi. Bunda etiketka faqat tovarni identifikatsiyalash vositasigina emas, balki uni qalbakilashtirishdan himoya qilish vositasi ham boʻladi.
Tabiiyki, qalbakilashtirishdan himoya qiladigan mutlaq vosita yoʻq. Bir odam tomonidan tayyorlangan hamma narsa boshqa odam tomonidan ham takrorlanishi mumkin. Hamma narsani, hatto yaxshi himoyalangan pullarni ham sohtalashtiradilar. Muhimi qalbakilashtirish yovuz niyatli kishilarga qanchaga tushishida. Shu sababli himoya vositasini tanlaganda hamma vaqt quyidagilarni hisobga olish kerak:

  • tovarni himoya qilish mumkin qadar arzon boʻlishi kerak, chunki taklif qilinayotgan usullar, tabiiyki, qoʻshimcha xarajatlarga olib keladi. Oʻrash materiali uchun esa uni tayyorlash bahosi – juda muhim koʻrsatkichdir, chunki u tovarning qiymatiga qoʻshilib, tovarning raqobatbardoshligini kamaytiradi;

  • tovarni himoya qilish vositasidan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilish – har bir ishlab chiqaruvchining shaxsiy ishi.

Ehtimol u yoki bu vositadan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmasligi mumkin; shuni tushunish kerakki, sohtalashtiruvchilar qalbakilashtirishga arzigulik tovarni-gina, yaʼni qalbakilashtirish bahosi qalbaki tovarni sotganda ortigʻi bilan qoplansagina, qalbakilashtirishga kirishadilar. Basharti, agar qalbakilashtirilgan tovarning bahosi originalning bahosiga teng yoki deyarli teng boʻlsa, qalbakilashtirishning hech qanday maʼnosi qolmaydi.
Ishlab chiqaruvchi shunday himoya vositasini tanlab olishi kerakki, bu vosita unga qimmat tushmasin, lekin sohtalashtiruvchilar uchun katta (yoki hatto yengib boʻlmaydigan) muammolar tugʻdirsin.
Maxsus himoya etiketkalari tayyorlash uchun moʻljallangan materiallar har bir mahsulot turi uchun alohida va noyob boʻladi. Tamgʻa bosishning bu turi arzon va oddiy yechimlardan tortib, yuz foiz xavfsizlikni taʼminlaydigan qimmatbaho, yuqori texnologik yechimlargacha boʻlgan keng imkoniyatlarni taklif qiladi. Tovarning haqiqiyligini koʻrsatadigan belgilar yuzada boʻladi yoki qoplama materialning yo boʻlmasa yelimning ichiga joylashtirilgan boʻlishi, shuningdek ularning ostida boʻlishi mumkin. Hozirgi vaqtda tamgʻalashni qalbakilashtirishdan himoya qilishning quyidagi usullari hammadan koʻp tarqalgandir:

  • Suv belgilari. Ikki yoki uch oʻlchovli suv belgilari turli qogʻozlarga buyurtma boʻyicha kiritilishi mumkin. Ularni yorug’ga solib ham, etiketkaga turli burchaklardan qaraganda ham koʻrish mumkin.

  • Himoya tolalari. Uzunligi va rangi turlicha boʻlgan tolalar qogʻoz tarkibiga kiritilishi mumkin. Bu tolalar koʻrinib turadigan boʻlishi ham, flouressentlanadigan (ularni faqat UB-nurlarda koʻrish mumkin) boʻlishi ham mumkin.

  • Kamalak rangidagi metall iplar. Uzun yoki kalta iplar qogʻozga kiritilishi (butun maydon boʻylab ham, tasma tarzida ham) mumkin. Ular turli rangda boʻlishi va hatto mikrogravirovkaga ega boʻlishi mumkin.

  • Etiketka tayyorlash uchun moʻljallangan material tarkibiga kiritilgan maxsus metall iplar. Bunday etiketkani qalbakilashtirish uchun xuddi shunday materialni sotib olish talab qilinadi. Agar tovarni ishlab chiqaruvchi alohida tasvirga (yoki matnga) ega boʻlgan iplarga buyurtma bersa, sohtalashtiruvchining xuddi shunday himoya tasmalariga ega boʻlgan materialni sotib olishi juda qiyin boʻladi. Mayda metall tasmalar qogʻozga qoʻshilgan boʻlishi mumkin. Ular oddiy yorugʻlikda ham, aks etgan yorugʻlikda ham koʻrinadigan boʻladi.

  • Kamalak rangli tasmalar. Olti xil rangli (yashil, moviy, qizil, binafsha, mis va oltin rangli) maxsus rangli himoya tasmalari maxsus qogʻozga joylashtiriladi. Tasmalarni rangli nusxa koʻchiruvchi qurilma ham, ofset bosma ham, printer ham takrorlab bera olmaydi.

  • Har xil erituvchi moddalarga sezgir boʻlgan qogʻoz. Etiketkani erituvchi moddalar yordamida oʻchirib tashlashga urinib koʻrilsa, bunday qogʻozda dogʻlar qoladi.

  • Yaqin IK-yorugʻlikda fluoressentlanadigan zarralar. Etiketkani lazer bilan nurlantirganda koʻrinadigan bunday zarralar materialning butun maydonini egallashi yoki unga purkalib, surat chizilgan boʻlishi mumkin. Qurollanmagan koʻz bilan koʻrib boʻlmaydigan shtrix-kodlar yoki yozuvlar mahsulotni identifikatsiyalashi yoki yashirilgan axborotni oʻzida saqlashi mumkin.

  • Kimyoviy reaktivlar. Kimyoviy belgilar gen texnologiyasiga asoslanadi. Bu “biokodlash” antijismlarga asoslangan boʻlib, ularni faqat tegishli biologik detektorgina aniqlashi mumkin.

  • Mikrozarralar. Patentlangan koʻp rangli, koʻp qatlamli polimer zarralar (20-400 mkm) buyurtma boʻyicha maxsus kodlarga ega boʻladi. Ular kimyoviy jihatdan barqaror, inert, koʻpchilik erituvchilar va kislotalar taʼsiriga bardoshli boʻladi va yelimga yoki sirtqi qoplamalarga qoʻshilishi mumkin.

  • Bosilgan yashirin tamgʻa faqat rangda koʻrinadigan zarralarning muayyan konsentratsiyasiga amal qilinganidagina koʻrinadigan boʻlishi mumkin.

  • Tovar haqidagi axborotni qalbakilashtirish usullaridan biri koʻpincha ishlab chiqarishga va isteʼmolchiga moʻljallangan oʻrash materiali yordamida qalbakilashtirishdan iborat.

Oʻrash materiali – tovarning tarkibiy qismi boʻlib, oʻralgan mahsulotning tashqi koʻrinishini belgilab beradi. Oʻrash materialiga xos boʻlgan identifikatsiyalash funksiyalari tamgʻalashnikiga qaraganda kamroq boʻladi. Uning asosiy funksiyasi tovarni nobud boʻlishdan, atrof muhitni esa ifloslanishdan asrashdir. Biroq tashqi bezaklari jozibador boʻlgan oʻrash materiali tovarni betakror qilib koʻrsatishi, isteʼmolchining tovarni identifikatsiyalashiga xizmat qilishi mumkin boʻlib, buning natijasida isteʼmolchida shu tovarni maʼqul koʻrishga moyillik paydo boʻladi.
Aynan tashqi koʻrinishidan jozibador boʻlgan, garchi oʻralgan narsa koʻpincha sohtalashtirilgan boʻlib chiqsa-da, uni yuqori sifatli qilib koʻrsatadigan oʻrash materiali qalbakilashtirish obyekti boʻladi.
Faqat tamgʻa va oʻrash materialigina emas, balki tovarga ilova qilingan hujjatlar ham sohtalashtiriladi, ayniqsa yuk xatlari va sertifikatlar koʻp qalbakilashtiriladi.
Sohtalashtirilgan tovarlarning tovar-transport yuk xatlarida hammadan koʻproq tovarning nomi, anchagina hollarda — tayyorlovchining nomi va tovarning miqdori (miqdorni qalbakilashtirish) qalbakilashtiriladi. Yuk xatidagi bu rekvizitlar qalbakilashtirilganligini faqat tovarning assortimentini va kelib chiqishini identifikatsiyalash, shuningdek tovar toʻpining hammasini miqdor jihatidan hisoblab chiqish (qaytadan tarozida tortish, qaytadan sanash, oʻlchash) yoʻli bilangina aniqlash mumkin.
Keyingi vaqtlarda sertifikatlarni qalbakilashtirish hujjatlarni qalbakilashtirishning juda keng tarqalgan turiga aylanib qoldi. Nazorat tekshiruvlari oʻtkazilganida bir qancha hollarda 50%gacha bekor qilinishi kerak boʻlgan qalbaki sertifikatlar aniqlanmoqda.
Sertifikatlarni qalbakilashtirishning bir nechta usuli bor:

  • belgilangan shakldagi haqiqiy blankadan foydalanib va unga sohtalashtirilgan yoki sertifikatlash sinovlaridan oʻta olmagan tovarning hamma rekvizitlarini kiritib, sertifikatni qalbakilashtirish, bunda sertifikatlash organlarining sohta muhrlaridan foydalaniladi;

  • haqiqiy muhr bosilgan sertifikatning haqiqiy koʻchirma nusxasini baʼzi bir yozuvlari ni (tayyorlagan firma nomini yoki vositachining nomini, amal qilish muddatini, sertifikat berilgan sanani va boshqalarni) oʻchirib tashlash hamda sohtalashtirilgan tovarga tegishli yangi rekvizitlarni kiritish yoʻli bilan yasash;

  • tovar va uni tayyorlovchining nomi bir xil boʻlgan boshqa toʻplardan sertifikatlash uchun namunalar tanlab olish. Qalbaki buyum ana shu haqiqiy tovarga oʻxshatib yasaladi. Bunda sohtalashtiruvchilar haqiqiy sertifikatlar olishadi;

  • tovarning xavfsizligini tasdiqlash uchun sinovlar oʻtkazishdan oldin uning haqiqiyligini hamda aniq bir tovar guruhiga mansubligini aniqlash maqsadida identifikatsiyani amalga oshirmagan sertifikatlash organi tomonidan haqiqiy sertifikatlar berilishi.

Biz qalbakilashtirishning hammadan koʻp tarqalgan ayrim turlari va usullarini koʻrib chiqdik, biroq amaliyotda koʻpincha oziq-ovqat tovarlarini kompleks qalbakilashtirishga duch kelinadi.
Oziq-ovqat tovarlarini kompleks qalbakilashtirish tovarni qalbakilashtirishning ikki va undan ortiq alohida turini oʻz ichiga oladi.
Sohtalashtirilgan mahsulotning shakllanish joyiga qarab u quyidagicha boʻladi:
texnologik;
realizatsiya qilishdan oldingi.
Texnologik qalbakilashtirishda tovarlarni qalbakilashtirish texnologik ishlab chiqarish sikli jarayonida amalga oshiriladi. Texnik spirtdan foydalanib aroq, vino, likyor-aroq mahsulotlari tayyorlash, kolbasa mahsulotlariga turli goʻsht boʻlmagan xom ashyoni aralashtirish va shu kabilar mana shunday qalbakilashtirishga misol boʻla oladi. Shuningdek turli oziq-ovqat qoʻshimchalarini qoʻshib, ularni tamgʻa bosish vaqtida koʻrsatmaslik yoʻli bilan qalbakilashtirish va shu kabilar ham texnologik qalbakilashtirishga kiradi.
Realizatsiya oldidan qalbakilashtirishda tovarlarni sotishga tayyorlash vaqtida yoki isteʼmolchiga berish vaqtida qalbakilashtirish yuz beradi. Bular, masalan, margarinni sariyogʻ, deb realizatsiya qilish; narxi arzon konservalarning etiketkalarini qimmat turadigan konserva etiketkalariga almashtirish; past toifali va navli goʻshtni ancha yuqori darajali qilib koʻrsatib, shuning narxida sotishdir. Bunday holda yuqorida koʻrsatilgan qalbakilashtirish usullari (oʻrnini bosuvchilardan, qoʻshimchalardan, nuqsonli mahsulotdan foydalanish, kam qilib tortish va shu kabilar) qoʻllaniladi.
Oziq-ovqat tovarlarini qalbakilashtirish gʻarazli maqsadlarda qilinganligi va, qoida tariqasida, hamisha qonunsiz daromadlar olishga qaratilganligidan, bozor munosabatlarining turli subyektlari (xaridor va ishlab chiqaruvchi) uchun qalbaki mahsulotni tayyorlash, realizatsiya qilish va isteʼmol qilishning oqibatlari ham turlicha boʻladi. Lekin ularning hammasi maʼlum darajada xatarlar va yoʻqotishlar bilan bogʻliq boʻladi.
Turgan gapki, isteʼmolchilar hammadan koʻp xatarga duch keladilar va qalbakilashtirilgan mahsulotdan eng katta zararni koʻradilar. Shu bilan birga isteʼmolchi duch keladigan xatarlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Iqtisodiy oqibatlar (oz miqdordagi tovar uchun katta xarajatlar qilish, isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan mahsulotni xarid qilish va shu kabilar).
2. Odam tanasiga fiziologik zarar yetishi (zaharlanish, yangi kasallik paydo boʻlishi, mavjud kasallikning kuchayishi, genetik buzilishlar, onkologik kasalliklar kelib chiqishi, oʻlim va shu kabilar);
3. Maʼnaviy zarar (tushkunlik kayfiyati, stress, yaxshilikka ishonchning yoʻqolishi, davlatga ishonchning yoʻqolishi va shu kabilar).
Qalbakilashtirish oqibatida faqat yakka isteʼmolchigina emas, shu bilan birga butun jamiyat katta zarar koʻradi. Assortimentni va sifatni qalbakilashtirish keng tarqalib, buning natijasida bozorga koʻp miqdorda odam uchun zararli boʻlgan mahsulotlar chiqqanida quyidagilar paydo boʻladi:
1.Jamiyatning koʻpgina aʼzolari tomonidan salomatlikni yoʻqotish xavfi;
2. Jamiyatda umr qisqaradi;
3. Kasalliklardan va oziq-ovqatdan zaharlanishdan (masalan, kanserogen moddalardan va boshqalardan) oʻlish holatlari koʻpayadi;
4. Past sifatli va arzon baholi mahsulotlarning salmogʻi ortishi hisobiga ovqatlarning tarkibi yomonlashadi, bu esa oxir-oqibatda butun jamiyatda turmush sifati yomonlashishiga taʼsir koʻrsatadi;
5. Alohida odamlar ham, shuningdek butun jamiyat ham maʼnaviy inqirozga yuz tutadi;
6. Boshqa davlatlar va xalqlarning hamma narsani qalbakilashtirish avj olgan jamiyatga ishonchi kamayadi.
Tovarlar sohtalashtirilganida davlatda tabiiy, xom-ashyo va mehnat resurslaridan oqilona foydalanilmaydi, chunki sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishga ham xom ashyo, yoqilgʻi-energetika resurslari, tabiiy materiallar va odamlar mehnati sarflanadi.
Turgan gapki, sohtalashtiruvchilar ham tavakkal qiladilar, tovarning sohtalashtirilganligi maʼlum boʻlib qolgan taqdirda, ularga tegishli jarimalar solinadi, agar tovar oziq-ovqat maqsadlari uchun yaroqli boʻlsa, uning haqiqiy nomidan isteʼmolchini xabardor qilish, narxini tushirish maqsadida tovarni qayta tamgʻalash haqida koʻrsatmalar beriladi, lekin bu sohtalashtiruvchi sohtalashtirilgan mahsulotni chiqarishni yoki realizatsiya qilishni toʻxtatishiga olib kelmaydi. Aksincha, sohtalashtiruvchi arzimas miqdorda jarima toʻlashi kerak boʻlishini va juda katta daromad olishi mumkinligini bilib, turgan gapki, katta daromad olishni tanlaydi.
Agar ilgari bizning bozorimizda faqat oʻzimizning yoki MDH mamlakatlarining sohtalashtirilgan tovarlari uchrab turgan boʻlsa, hozir hatto koʻpgina chet el firmalari sohtalashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarib, uni bizning bozorlarimizda sotishni maʼqul koʻrmoqdalar.
Bularning hammasi bizning isteʼmolchimiz boshiga yogʻilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini ozgina boʻlsa ham biladiganlarning koʻplari oziq-ovqat bozorining hozirgi ahvolidan dahshatga tushmoqda. Agar ilgari isteʼmolchi doʻkonga kirib, xarid qiladigan narsasini qidirgan boʻlsa, hozir ham, goʻyo moʻl-koʻlchilik sharoitida, biroq sohtalashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari moʻl-koʻl boʻlib turgan bir sharoitda yana oʻshanday muammo tugʻilmoqda.
Nima qilish kerak? Xarid vaqtida sohtalashtirilgan mahsulotni aniqlashning eng oddiy usullarini biladigan isteʼmolchi ham, yuqori malakali tovarshunos-ekspert ham oziq-ovqat bozorimizning himoyasida boʻlmoqlari kerak. U yoki bu tovarlarni qalbakilashtirish vositalarini hamda usullarini bilish, shuningdek xarid qilish vaqtida yoki uy sharoitida sohtalashtirilgan tovarlarni aniqlash imkoniyati koʻpgina isteʼmolchilarni tasodifiy sotuvchilardan va uyushmagan bozorlardan ham, hashamatli doʻkonlardan ham tovarlarni, ayniqsa oziq-ovqat tovarlarini, hatto ular past narxlarda boʻlsa-da, sotib olishdan voz kechishga majbur qiladi.

2.3. Qalbakilashtirish oqibatlari va uni


bartaraf etish choralari
Oziq-ovqat tovarlarini qalbakilashtirish gʻarazli maqsadlarda qilinganligi va, qoida tariqasida, hamisha qonunsiz daromadlar olishga qaratilganligidan, bozor munosabatlarining turli subyektlari (xaridor va ishlab chiqaruvchi) uchun qalbaki mahsulotni tayyorlash, realizatsiya qilish va isteʼmol qilishning oqibatlari ham turlicha boʻladi. Lekin ularning hammasi maʼlum darajada xatarlar va zararlar bilan bogʻliq boʻladi. Turgan gapki, isteʼmolchilar hammadan koʻp xatarga duch keladilar va qalbakilashtirilgan mahsulotdan eng koʻp zarar koʻradilar. Shu bilan birga isteʼmolchi duch keladigan xatarlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Iqtisodiy oqibatlar (oz miqdordagi tovar uchun katta xarajatlar qilish, isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan mahsulotni xarid qilish va shu kabilar).
2. Odam tanasiga fiziologik zarar yetishi (zaharlanish, yangi kasallik paydo boʻlishi, mavjud kasallikning kuchayishi, genetik buzilishlar, onkologik kasalliklar kelib chiqishi, oʻlim va shu kabilar);
3. Odamga maʼnaviy zarar yetishi (tushkunlik kayfiyati; stress; yaxshilikka ishonchning yoʻqolishi; davlatga ishonchning yoʻqolishi va shu kabilar).
Qalbakilashtirish oqibatida faqat yakka isteʼmolchigina emas, shu bilan birga butun jamiyat katta zarar koʻradi. Assortimentni va sifatni qalbakilashtirish keng tarqalib, buning natijasida bozorga koʻp miqdorda odam uchun zararli boʻlgan mahsulotlar chiqqanida quyidagilar paydo boʻladi:
1.Jamiyatning koʻpgina aʼzolari oʻz salomatligini yoʻqotishi xavfi;
2. Jamiyatda inson umri qisqaradi;
3. Kasalliklardan va oziq-ovqatdan zaharlanishdan (masalan, kanserogen moddalardan va boshqalardan) oʻlish hollari koʻpayadi;
4. Past sifatli va arzon baho mahsulotlarning salmogʻi ortishi hisobiga ovqatlarning tarkibi yomonlashadi, bu esa oxir-oqibatda butun jamiyatda turmush sifati yomonlashishiga taʼsir koʻrsatadi;
5. Alohida odamlar ham, shuningdek butun jamiyat ham maʼnaviy inqirozga yuz tutadi;
6. Boshqa davlatlar va xalqlarning hamma narsani qalbakilashtirish avj olgan jamiyatga ishonchi kamayadi.
Tovarlar sohtalashtirilganida davlatda tabiiy, xom-ashyo va mehnat resurslaridan oqilona foydalanilmaydi, chunki sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishga ham xom ashyo, yoqilg’i-energetika resurslari, tabiiy materiallar va odamlar mehnati sarflanadi.
Oldi-sotdi obyektlarini qalbakilashtirish yoʻli bilan aldashning keng tarqalishi ayrim fuqarolarning ham, butun jamiyatning ham maʼnaviy-axloqiy poydevori qulaganligidan darak beradi.
Yakka isteʼmolchi va jamiyatdan farqli oʻlaroq, sohtalashtiruvchi-ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar sohtalashtirilgan tovarlarning asossiz yuqori narxlari hisobiga qonunsiz foyda oladilar. Bu qonunga xilof harakatlarning hammasi shuning uchun ham amalga oshiriladi. Ana shularning hammasini bilgan davlat rahbarlari va ularning oila aʼzolari chakana savdoda realizatsiya qilinadigan tovarlarni isteʼmol qilmaganlar va isteʼmol qilmaydilar, buning oʻrniga ular ixtiyorida faqat sohtalashtirilmagan mahsulot ishlab chiqaradigan maxsus kolxozlar, xoʻjaliklar, korxonalar boʻlgan. Shu tariqa jamiyatda har xil qalbaki narsalarni (sunʼiy ikra, margarin, Sovetskoye shampanskoye, original vinolar va shu kabilarni) xarid qiluvchilarga va natural oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qiluvchilarga ajralish yuz bergan.
Turgan gapki, sohtalashtiruvchilar ham xatarga duch keladilar, chunki tovarning sohtalashtirilganligi maʼlum boʻlib qolgan taqdirda, ularga tegishli jarimalar solinadi, agar tovar oziq-ovqat maqsadlari uchun yaroqli boʻlsa, uning haqiqiy nomidan isteʼmolchini xabardor qilish, narxini tushirish maqsadida tovarni qayta tamgʻalash haqida koʻrsatmalar beriladi, lekin bu sohtalashtiruvchi sohtalashtirilgan mahsulotni chiqarishni yoki realizatsiya qilishni toʻxtatishiga olib kelmaydi. Aksincha, sohtalashtiruvchi arzimas miqdorda jarima toʻlashi kerak boʻlishini va juda katta daromad olishi mumkinligini bilib, turgan gapki, katta daromad olishni tanlaydi.
Agar ilgari bizning bozorimizda faqat oʻzimizning yoki MDH mamlakatlarining sohtalashtiruvchilari uchrab turgan boʻlsa, hozir hatto koʻpgina chet el firmalari ham sohtalashtirilgan oziq-ovqat mahsulotini chiqarish va uni bizning bozorlarimizda sotishni maʼqul koʻrmoqdalar.
Bularning hammasi bizning isteʼmolchimiz boshiga yogʻilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini ozgina boʻlsa ham biladiganlarning koʻplari oziq-ovqat bozorining hozirgi ahvolidan dahshatga tushmoqda. Agar ilgari isteʼmolchi doʻkonga kirib, xarid qiladigan narsasini qidirgan boʻlsa, hozir ham, goʻyo moʻl-koʻlchilik sharoitida, biroq sohtalashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari moʻl-koʻl boʻlib turgan bir sharoitda yana oʻshanday muammo tugʻilmoqda.
Nima qilish kerak? Xarid vaqtida sohtalashtirilgan mahsulotni aniqlashning eng oddiy usullarini biladigan isteʼmolchi ham, yuqori malakali tovarshunos-ekspert ham oziq-ovqat bozorimizning himoyasida boʻlmoqlari kerak. U yoki bu tovarlarni qalbakilashtirish vositalarini hamda usullarini bilish, shuningdek xarid qilish vaqtida yoki uy sharoitida sohtalashtirilgan tovarlarni aniqlash imkoniyati koʻpgina isteʼmolchilarni tasodifiy sotuvchilardan va uyushmagan bozorlardan ham, hashamatli doʻkonlardan ham tovarlarni, ayniqsa oziq-ovqat tovarlarini, hatto ular past narxlarda boʻlsa-da, sotib olishdan voz kechishga majbur qiladi.


Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish