Qogʻozning sifatini identifikatsiyalash qogʻozning namligi GOST ISO 9706-2001, GOST ISO 9001-2001 talablariga mosligini aniqlashni nazarda tutadi.
Qogʻozning namligini aniqlash usulining mohiyati qogʻoz yuqoridagi standartlar bilan belgilangan sharoitda doimiy massagacha quritilganida namuna oʻzining massasini qancha yoʻqotishini aniqlashdan iborat. Namlik namunalarni tanlab olish chogʻida nam yoki yengil quruq boʻlgan namunaning boshlangʻich massasidan foizlarda ifodalanadi.
Qogʻozni sinash vaqtida namunalar tanlab olingan har bir mahsulot birligining oʻrtasidan olinadi. Tanlab olingan har bir namuna varagʻidan kengligi 50 – 75 mm boʻlgan 4 dona koʻndalang tasma kesib olinadi.
Tanlab olingan namunalar tezlik bilan byuksga yoki idishga joylashtiriladi, yopiladi va koʻpi bilan 0,01 g farq bilan tortiladi. Namunalar massasi kamida 50 g boʻlishi kerak.
Tortilgan namuna solingan ochiq byuks va qopqoq quritish shkafiga joylashtiriladi hamda 105 °S haroratda doimiy massagacha quritiladi. Birinchi quritish kamida 0,5 soat davomida oʻtkaziladi. Quritish tamom boʻlganidan keyin namunalar solingan byukslar quritish shkafida qopqoqlar bilan yopiladi, eksikatorga oʻtkaziladi, atrof muhit haroratigacha sovitiladi va ilib qoʻyiladi.
Agar 0,5 soat davomida takroran quritilganidan keyin massalarning tortish vaqtidagi farqi dastlabki tortilgan vaqtdagidan 0,15dan oshmasa, doimiy massaga erishilgan hisoblanadi.
Qogʻozni ekspertiza qilishning oʻziga xos jihatlari
Oʻzbekiston Respublikasi TIFTN iga koʻra qogʻoz, karton va ulardan tayyorlangan mahsulotlar X boʻlimga joylashtirilgan (47 va 48 guruhlar). Qogʻoz yogʻoch tolalaridan (syellyulozasidan) olinadigan mahsulot hisoblanadi va xomashyoni olish, texnologik ishlab chiqarish, kimyoviy tarkibi va qoʻllanilishiga qarab yetarlicha undan farq qiladi. Qogʻoz tarkibiga turli moddalar (toʻldiruvchi, bogʻlovchi va boshqalar) kiradi, uni yuzasi turli xil qoplamalardan iborat, u boshqa materiallar (falga, polimer plenkalar va boshqalar) bilan qoʻshilishi mumkin. Bularning barchasi qogʻozni turli maqsadlarda ishlatish imkonini beradi, tashqi koʻrinishi bilan, xususiyati bilan yozishda foydalanishda, chop etiladigan mahsulotlarni tayyorlashda, turli xil mahsulotlarni qadoqlashda (oziq va nooziq), dekorativ maqsadlarda (devor va shift qoplamalarida), sanitar-gigiyenik va boshqalarda ishlatiladi.
Qogʻozni ekspertiza qilishda uni identifikatsiyasi va klassifikatsiyasida katta miqdordagi fizik-mexanik xususiyatlari koʻrsatkichlarini eʼtiborga olish kerak, bu koʻpchilik guruhdagi tovarlarda mavjud emas. Misol tariqasida tovar nomenklaturasidagi bir qancha terminlar maʼnosini keltirish mumkin.
“Gazeta qogʻozi” termini gazeta chop etish uchun moʻljallangan maʼnosini bildiradi, aslida esa yogʻoch tolasini kamida 65 % ini tashkil etadigan, mexanik yoki fizik-mexanik yoʻl bilan olingan, kattaligi boʻyicha turlarga ajratilgan, har bir tarafida gʻadirliklarga ega boʻlgan, Parker Print Surf (1 MPa) apparatida oʻlchangan, 2 mkm dan oshadigan, 1 m2 da massasi kamida 40 g boʻlgan, lekin 65 g dan oshmagan mahsulotga aytiladi.
4802 tovar pozitsiyasida qoʻlda quyilgan qogʻoz va karton bilan bir qatorda syellyuloza yoki yogʻoch massasidan tayyorlangan, mexanik usul bilan olingan va 1 m2 qogʻoz yoki kartonda 150 g dan ortiq boʻlmagan quyidagi shartlarni qanoatlantiradigan qogʻoz va kartonlar kiradi:
tarkibida mexanik usul bilan olingan (yogʻoch massasi) tola, 10 % dan yuqori: massasi 1 m2 da 80 g dan ortiq boʻlmagan, oqlanganligi oʻzining massasiga mos ravishda:
kuldorligi 8 % dan yuqori: massasi 1 m2 da 80 g dan ortiq boʻlmagan, oqlanganligi oʻzining massasiga mos ravishda;
kuldorligi 3 % dan yuqori, oqliligi 60 % yoki undan yuqori;
kuldorligi 3 % dab 8 % gacha, oqliligi kamida 60 %, uzilishga qarshiligi 2,5 kPa·m2/g ga teng yoki undan kam;
kuldorligi 3 % yoki undan kam, oqliligi 60 % yoki undan yuqori, uzilishga qarshiligi 2,5 kPa·m2/g ga teng yoki undan kam.
“Kraft-layner” – bu mashina usuli yordamida rulon shaklida tayyorlangan yogʻoch massasini kamida 80 % ini oʻzida saqlagan, kimyoviy, sulfatli yoki natron yoʻllari bilan olingan qogʻoz va kartonlardir. Ushbu turdagi mahsulot massasi 1 m2 da 115 g dan oshadi va Myullen boʻyicha minimal uzilishga qarshiligi 1 jadvalda koʻrsatilgan qiymatlarga mos boʻlishi kerak. Boshqa qiymatlardagi solishtirma massa uzilishga qarshiligi chiziqli interpolyatsiya yoki eksprapolyatsiya yoʻli bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |