Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


“Sosmet” soʻzining maʼnosini belgilang?



Download 1,82 Mb.
bet95/123
Sana31.03.2023
Hajmi1,82 Mb.
#923389
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

5. “Sosmet” soʻzining maʼnosini belgilang?

  1. “bezash sanʼati”

  2. “hushboʻy”

  3. “chiroyli”

  4. “nafis”

4.7. Neft mahsulotlarini identifikatsiyalash va qalbakilashtirish


Neft va uni qazib chiqarish tavsifi. Neft –yonuvchi moyli suyuqlik, koʻpincha qora, kamdan kam och sariq yoki oqish rang, oʻziga xos hidga ega. Gaz koʻrinishidagi va qattiq uglevodorodlar erigan suyuq uglevodorodlar aralashmasini oʻzida namoyon qiladi. Neftda uncha koʻp boʻlmagan miqdorda oltingugurtli, azotli birikmalar, organik kislotalar va mineral aralashmalar bor. Parafin, naften va oz miqdorda hidli uglevodorodlar Neft tarkibiga kiradi.
Neft zichligi 0,73-1,05 g/sm3 gacha tebranadi. Zichligi 0,85 g/sm3 dan past boʻlsa yengil, 0,851-0,885g/sm3 boʻlsa oʻrtacha, 0,885g/sm3 dan yuqori boʻlsa ogʻir hisoblanadi.
Neft tarkibidagi oltingugurtga koʻra kam oltingugurtli (0,6% gacha), oltingugurtli (0,61% dan 1,8%gacha) va yuqori oltingugurtli (1,8%dan yuqori) ga boʻlinadi.
Neft odatda gʻovak jismlarda (qum, qumtoshlar, ohaklar) 1,2-2km gacha chuqurlikda choʻkma holatda boʻladi.
Neftni quduqlarni burgʻulash yoʻli bilan qazib chiqaradilar. Neft sanoatida burgʻulashning quvurli usuli keng tarqalgan.
Qazib chiqarishning zamonaviy usullari — ichki qatlamli bosim hisobiga quduq boʻyicha neftni tabiiy regulirovkalab koʻtarish (favvorali); quduqqa siqilgan gazni haydash yordamida neftni koʻtarish(kompressorli yoki gaz liftli); nasoslar bilan quduqdan neftni koʻtarish(chuqurlik-nasosli). Neftni yuklash va qayta ishlashga tayyorgarlik koʻrish uni gazsizlantirish, suvsizlantirish va tuzsizlantirishdan iborat.
Qoidaga koʻra, neft yuzasidagi gaz “hamroh”(qoʻshimcha) gaz deb ataladi. Har tonna qazib chiqarilgan neftga 10 dan 1000 m3 gacha shunday gaz toʻgʻri keladi. Uni chiqayotgan gaz bilan neftning ketishini toʻxtatish uchun jihozlangan qurilmalar bilan vertikal idishlarda quduqdan qisqa masofada neftdan ajratib oladilar. Ajratilgan gaz gaz yigʻadigan kollektorga kelib tushadi, neft esa oʻlchagichga, u yerdan nasoslar bilan suvsizlantirishga yuz tutadigan neft yigʻish punktiga uzatiladi. Qazib chiqarilgan Neft deyarli har doim turli tuzlar, koʻpincha Na, Mg, Ca eriydigan qatlam suvi bilan birga boʻladi.
Qatlam suvlaridagi tuzlar tarkibi 30% ni tashkil etadi. Suvsizlantirishda erkin suv neftdan tindirish bilan ajratiladi, neft bilan hosil boʻlgan emulsiya esa quyidagi usullar bilan parchalanadi: mexanik (ultratovush bilan filtrlash); termik (qizdirish); elektrik (oʻzgaruvchan va doimiy tokning elektr maydonida ishlov berish); kimyoviy(turli emulgatorlar ishlov berish).
Suvsizlantirilgan neftni tuzsizlantirishda yana suv bilan aralashtiriladi, ammo tuzsiz emas, hosil boʻlgan emulsiya koʻrsatilgan usullarning biri bilan parchalanadi.
Amaliyotda koʻpincha elektr maydonida emulsiya bilan ishlov berib termokimyoviy tindirishni qoʻllaydilar. Bu turning qurilmasi elektrli tuzsizlantirish nomini olgan.
Turli neft konlari, tabiiy, kimyoviy tarkibi va va tovarlik xususiyatiga koʻra farqlanadi. Baʼzi turlaridan fraksiyaga qoʻshimcha ishlov bermay detonatsion tavsif bilan benzin oladilar,boshqalari sust qotadigan moylash moylarining past tinadigan komponentlaridan iborat.
Neftning juda muhim tavsiflaridan biri uning tarkibida oltingugurtli birikmalarning mavjudligidir. Oltingugurtli va yuqori oltingugurtli neftni qayta ishlash kam oltingugurtli qayta ishlashdan tubdan farq qiladi. Neftni qayta ishlash zavodlari sxemasiga alohida texnologik jarayonlarni kiritib, neft mahsulotlaridan oltingugurtni tozalashga katta mablagʻ sarflash zarur.
Odatda fizik-kimyoviy xossalariga koʻra yaqin neftning turli turlari sanoatda aralashtiriladi va birgalikda qayta ishlashga yoʻnaltiriladi. Baʼzan NQIZ tovar-xom ashyo omborlarida bir yoki ikkadan ortiq oqimdan qayta ishlashga keladigan kam oltingugurtli va oltingugurtli neft mustaqil sxema boʻyicha qayta ishlanadi.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish