O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

IRR va NPV usullarini taqqoslash 
• IRR farovonlikni maksimallashtirish mezoni bilan bevosita bog‘liq emas. 
IRR daromadliligining chegaraviy stavkasi ssudali foiz bo‘lsa, unda ko‘p hollarda 
ikkala uslub ham bir xil natija beradi. 
Shubhasiz, bu odatda loyihani qabul qilish yoki rad etish, ya’ni investitsiya 
kiritish yoki investitsiya kiritmaslik masalasi yuzaga kelganda aniq qaror qabul 
qilish kerak holatlarda sodir bo‘ladi. Loyiha raqobotda bo‘lganda har ikkala usul 
ham ba’zida ziddiyatga olib keladi. Bir-birini inkor qiluvchi loyihalar 
investitsiyalar ko‘lami bilan farq qilganda bu holat yuzaga kelishi mumkin. 
 
3.4-misol
Bir-birini inkor qiluvchi ikkita loyiha quyidagi xususiyatlarga ega: 
 
Pul to‘lovlari 
A loyiha, f.st. 
B loyiha, f.st. 
Yil 0 
(10 000) 
(6 000) 

6 000 
3 650 

6 000 
3 650 
NPV 10%
413 
334 
IRR 
(taxminan)
13% 
14% 
Loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun moliyalashtirish xarajatlari yiliga 10% 
(moliyaviy cheklovlar bo‘lmasligi sharti bilan) bo‘lsa, ushbu ikkita loyihadan qaysi 
biri afzal bo‘lishi kerak? 
Yechim 
To‘qnashuvlar aniq. NPV ham, IRR ham pul oqimlarini diskontlanishiga 
asoslangan. A loyiha uchun ham, B loyiha uchun ham IRR 10% dan oshadi, biroq 
NPV va IRR manbalardan olinayotgan ma’lumotlar boshqacha. 3.1-rasmda ushbu 


167 
ikki loyiha uchun diskont stavkasiga NPVning bog‘liq grafigi taqdim etilgan. 
Ajablanarli emaski, diskontlash stavkasi oshishi bilan NPV kamayadi. Qiyshiq 
chiziqlar gorizontal o‘qni kesib o‘tgan nuqtalar – bu tegishli loyihalar uchun 
IRRdir. 
Har bir loyiha uchun‚ har qanday muayyan diskont stavkasi uchun NPVni 
hisoblash mumkin. Masalan, diskont stavkasi 8% bo‘lganda A loyihasi uchun NPV 
taxminan 700 p.ni, B loyiha uchun taxminan 500 f. stni tashkil etadi. Diskont 
stavkasi 11,3% gacha bo‘lganda, A loyihasi uchun NPV yanada yuqori bo‘ladi. 
Diskont stavkasi 11,3 foizdan yuqori bo‘lganda, B loyihasi uchun NPV yuqori 
bo‘ladi.
Agar 
loyihani 
tanlash 
masalasiga 
qaytsak, 
to‘g‘ri (farovonlikni 
maksimallashtrish nuqtayi nazardan) javob: A loyihasiˮ. Garchi loyiha 
moliyalashtirish xarajati 11,3 foizdan oshsa, V loyiha yanada jozibador ko‘rinadi. 
Gap shundan iboratki, 3.4-misolda ular 10 foizni tashkil etadi, va kompaniya o‘z 
boyligini maksimallashtirishni ko‘zlagan sharoitda A loyihani tanlashi kerak. 
Qarama-qarshilik IRR metodikasini ishlatgan kishilar tomonidan noto‘g‘ri 
qilingan taxminlardan kelib chiqadi. NPVni hisoblashda foydalaniladigan diskont 
stavkasi muqobil moliyalashtirish xarajatlariga teng bo‘lishi kerak. 
Boshqacha aytsak, bu loyihani amalga oshirish uchun tashqaridan jalb 
qilingan kapitalning qiymati, yoki agar mablag‘ mavjud bo‘lsa, bu muqobil 
ishlatilishdagi mazkur mablag‘larni ta’minlaydigan daromadlilikdir. Ushbu 
bobning yuqorida aytib o‘tilgan NPVning asosiy prinsiplariga muvofiq, bu qarz 
olish / kreditlash stavkasidir. 
Boshqa tomondan, IRRning qo‘llanilishi moliyalashtirishning muqobil 
xarajatlari IRRga tengdir degan fikrdan kelib chiqishi kerak. Natijada, loyihadan 
olinayotgan mablag‘larni IRR hisobiga jalb qilingan mablag‘lar summasini 
qoplashga, yoki o‘sha foiz stavkasiga teng miqdorda reinvestitsiyalash kerak.
Ko‘rinib turibdiki, bu mantiqsiz holat: nima uchun 3.4-misolda loyihani 
amalga oshirish uchun moliyalashtirishning muqobil xarajatlari 13 foizni tashkil 
etganda, B loyihasini amalga oshirishda esa ular to‘satdan 14 foizga aylanadi? 
Kompaniyaning muayyan loyiha foydasiga yon bosishi iqtisodiy muhitning keskin 
o‘zgarib ketishiga sabab bo‘lmaydi. 
3.4-misolda IRR hisobga ololmaydigan holat mavjud, ya’ni agar qarz olish 
stavkasi 10% bo‘lsa, daromadlilik 14%ni va investitsiya summasi 6 000 f. st.ga 
nisbatan daromadlilik 13%ni va investitsiya summasi 10 000 f. st.ga teng 
bo‘lganda kompaniya boyligi sezilarli oshib boradi. 
NPVva IRR bularni hisobga olmaydi, chunki u mutlaq qiymatlarni ko‘rib 
chiqmaydi, faqat foizda ifodalangan daromadlilik bilan ishlaydi. 


168 

NPV singari IRR to‘liq ravishda ham pul oqimini, ham pulning vaqt 
qiymatini hisobga oladi. 
• 
IRR qaror haqidagi nafaqat barcha ma’lumotlarni, balki ushbu 
metodologiyaning ahamiyatsiz yoki, aniqroq qilib aytganda, noto‘g‘ri, taxminlarni 
(yuqorida muhokama qilingan) ham hisobga oladi. Agar hisob-kitob qo‘lda 
bajarilsa, IRR metodikasi foydalanish uchun noqulay bo‘lishi mumkin. Biroq, 
amalda bu muammo ahamiyatsiz, chunki IRR hisoblangan kompyuter dasturlari 
keng tarqalgan bo‘lib, mavjud elektron jadvallarni qayta ishlov beruvchi 
dasturlarning aksariyati bu vazifani bajarishga imkon beradi. IRRni hisoblash 
uchun ma’qul bo‘lgan yagona sinov va xato usullari uzoq muddatli loyihalar 
baholanganda, hisob-kitoblar qo‘lda bajarilganda mehnat sig‘imli bo‘lishi mumkin.
• 
Kompyuterlar ham sinov va xato usullar bilan ishlaydi, lekin ular 
odamlardan ko‘ra tezroq ishni bajaradi, shuning uchun amalda IRR hisoblash katta 
qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Talab qilinadigan daromadlilik me’yorining qiymatlari 
(to‘siq stavka) farqlanganda IRR qo‘llanilmaydi. IRR muayyan investitsiya 
loyihasi uchun o‘rtacha to‘siq stavkani taklif qiladi. 
Loyihani baholash uchun odatda u talab qilinadigan daromadlilik me’yori 
bilan solishtiriladi. Loyihaning hayot sikli davomida xarajatlar o‘zgarishi 
kutilayotgan bo‘lsa, bunday taqqoslash qiyin bo‘lishi mumkin. Talab qilinuvchi 
stavka yildan-yilga o‘zgarishi mumkin bo‘lgan sabablar bozor foiz stavkalarini 
vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini qamrab oladi.
Agar ma’lum bir holatda IRR bir necha yillar davomida daromad 
me’yorlaridan doimo yuqori bo‘lsa va boshqa vaqtlari past bo‘lsa, unda qaror 
qabul qiluvchi oldida yechilmaydigan muammo yuzaga keladi‚ ishda qiyinchiliklar 
bo‘lmaydi. NPV uchun bu holat muammo emas, chunki ushbu bobning 3.2-
bo‘limida ko‘rib chiqilgandek, har yili pul oqimlari uchun har xil diskont 
stavkalaridan foydalanish to‘la mantiqiydir. 
• IRR modeli har doim aniq natijalarni bermaydi. Ko‘rib turganimizdek, 
ma’lum bir loyiha uchun IRRni hisoblash faqat bitta noma’lum qiymatli 
tenglamani yechimi hisoblandi. Biroq, noma’lum parametr loyiha amalga 
oshiriladigan vaqt davri miqdoriga mos keluvchi darajaga ko‘tariladi. Shunday 
qilib, vaqtining bir davridan ortiqcha (aslida bir necha yildan ko‘p) davom etadigan 
har qanday loyihada odatda, qancha vaqt davrlari bo‘lsa shuncha IRR bo‘ladi. 
Amaliyotda bu ko‘pincha muammoga sabab bo‘lmaydi, chunki bitta ildizdan 
tashqari barcha ildizlar (IRRning ildizlari) xayoliy yoki salbiy bo‘lib (masalan, 
salbiy so‘nning kvadrat ildizi), iqtisodiy qiymatga ega emas. Biroq, ba’zan barcha 
haqiqiy ildizlar xayoliy bo‘lishi mumkin. Bunday holatda loyiha IRR bo‘lmaydi. 
Biroq, ba’zan loyihada bir nechta haqiqiy ildizlar bo‘lishi mumkin (IRR). 


169 
Bu muammolar va IRRning mavjud emasligi nostandart (
unconventional)
pul 
oqimlari bor loyihalarda yuzaga kelishi mumkin. Odatiy bo‘lmagan pul oqimlari 
bilan loyihalarda paydo bo‘lishi mumkin. 3.4-misoldagi A va B loyihalar standart 
pul oqimlariga ega, xronologik jihatdan salbiy oqimlardan keyin ijobiy oqimlar
keladi, ya’ni jami pul oqimida belgi bir marta o‘zgaradi (dastlabki birinchi va 
ikkinchi yil o‘rtasida minusdan plyusga).
Endi yana ikkita loyihani ko‘rib chiqamiz: 
 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish