O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


PBP usuli bo‘yicha qaror qabul qilish qoidasi quyidagicha: agar



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

PBP usuli bo‘yicha qaror qabul qilish qoidasi quyidagicha: agar 
loyihalar oldindan belgilangan vaqt ichida o‘z-o‘zini qoplasa, ular tanlanadi. 
Raqobatbardosh loyihalar eng kam qoplash muddati asosida tanlab 
baholanadi. Shunday qilib, PBP bizni “Super” loyihasini emas, balki “Zenit” 
loyihasini tanlashga undaydi (pul oqimlari bir me’yorda amalga oshirilishi 
sharti bilan). 
 
13.3. Qoplash davri 
Qoplash davrini (payback period, PBP) aniqlash usuli oddiy savol tug‘diradi: 
kutilayotgan pul oqimlari natijasida investitsiya qilingan mablag‘lar qancha vaqt 
ichida qoplanadi?
Quyidagi pul oqimlari ko‘rib chiqilgan 3.1-rasmga qaytamiz: 
 
«Zenit», f. st. 
«Super», f. st. 
Narx (bir vaqtning o‘zida 
to‘lanadi)
20 000 
25 000 
Har yilgi tejamkorlik: 
Yil 1 
4 000 
8 000 

6 000 
6 000 

6 000 
5 000 

7 000 
6 000 

6 000 
8 000 
Investitsiyaviy imkoniyatlarni hisobga olib, kutilayotgan qoplash davri 
quydagicha bo‘lishi kerakligi haqida xulosaga keldik: 
«Zenit» 
«Super» 


172 
4 yil, (pul oqimi har bir marta yil 
oxiriga to‘g‘ri kelish sharti bilan) 
yoki 3
4
/
7
yil (pul oqimi yil davomida 
teng ravishda taqsimlanganda) 
4 yil 
PBP va NPV usullarini taqqoslash 
• PBP usuli farovonlikni maksimallashtirish mezoni bilan bog‘lanmaganligi 
uning jiddiy kamchiligi hisoblanadi: bu usul aktivlar o‘sishini baholashga imkon 
bermaydi. Usul qisqa muddatli loyihalarni amalga oshirishga ko‘mak beradi va shu 
bilan likvidlikni o‘sishiga yordam beradi, aktivlar qiymatini oshirmaydi. 
• PBP usuli pul oqimlarining vaqt jihatlarini juda yuzaki hisobga oladi. U 
loyihaning hayot aylanishini ikki qismga ajratadi: qoplanish muddati va qolgan 
davr. Shunday qilib, PBP pul oqimini ularning paydo bo‘lish vaqtiga qarab hisobga 
olinmaydi. U pul oqimini ikki toifaga bo‘ladi: qoplanish nuqtayi nazardan 
ahamiyatli va ahamiyatsiz pul oqimlari. 3.1-misolda pul oqimlarining kelib 
chiqishiga oid hisob-kitoblarning to‘liq bo‘lmasligini ko‘ramiz. “Super” loyiha 
uchun PBP “Zenit” loyihasidek (to‘rt yil) bir xil bo‘ladi, hatto dastlabki uch yil 
hech qanday tejamkorlik bermaydi va to‘rtinchi yilda u esa 25 000 f. st.ni tashkil 
qiladi. 
Shubhasiz, hech bir oqilona investor bu ikki holatni teng darajada qulay deb 
hisoblamaydi; shunga qaramasdan PBP usuli ular orasidagi farqni aniqlay olmaydi. 
Ba’zi kompaniyalar PBP usulini to‘g‘irlaydi va bu ma’lum darajada ko‘rsatilgan 
kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. PBPni hisoblashda ushbu 
kompaniyalar diskontlangan pul oqimlarini hisobga oladi. “Zenit” loyihasiga 
nisbatan diskontlashgan o‘lchamlarni qo‘llab, qoplashning diskontlashgan davri 
pul oqimlari bir yil davomida bir tekisda bo‘lishi sharti bilan 42925/3404 yilni 
tashkil qilishini ko‘ramiz, aks holatda u 5 yildan iborat bo‘ladi. “Superˮ loyiha 
umuman o‘zini oqlamaydi, ya’ni uning kiritilayotgan pul oqimlari summasi 
dastlabki investitsiyalarga hech qachon teng kelmaydi. 
• PBP usuli yordamida hisoblashda barcha tegishli ma’lumotlar ishlatilmaydi. 
Ushbu usul qoplash to‘lov muddati tashqarisida bo‘lgan barcha holatlarni rad etadi. 
Masalan, PBP usuli “Super” loyiha bo‘yicha kutilgan pul oqimlari bilan boshqa 
shunga o‘xshash loyihalar bo‘yicha kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari o‘rtasidagi 
farqni to‘rtinchi yilgacha va har yili tejamkorlik hajmi 20 000 f. st. bo‘lgan keyingi 
10 yil davomida ajrata olmaydi. Bu yuqorida ko‘rib chiqilgan qoplanishning 
diskontlashgan davrini aniqlash usuliga taalluqlidir. 


173 

PBP usulini ishlatish juda oson va har doim deyarli aniq natijalar beradi. 
Biroq natijalarining talqini bir xil emas. Muayyan kompaniyaning qoplash darajasi 
nimadan iborat? Qabul qilingan qaror so‘zsiz subyektiv bo‘ladi.
PBP usulining o‘zi firmani beixtiyor qaror qabul qilishga undaydi. Bundan 
qoplanish muddati eng kam bo‘lgan loyiha tanlanishi istisnodir. Hatto bu holatda 
ham mazkur usul firmani farovonlikni maksimallashtirishga emas, balki tez 
daromad olishga yetaklaydi. 
PBPning himoya qiluvchilarining gapiga qaraganda, u eng risksiz loyihalarni 
tanlashga, ya’ni vaqtning minimal davrida investitsiyalar riskka duch bo‘lgan 
loyihalarni aniqlashga ko‘mak beradi.
Ammo bu holatda ham PBP usuli riskni soddalashtirilgan ko‘rinishidan kelib 
chiqadi. U faqat loyihani muddatidan oldin tugashi bilan bog‘liq riskni hisobga 
oladi. Masalan, savdo kutiladigan darajadan past, zararlar rejadan oshib ketish 
holatlarini u inkor qiladi. 
Umuman olganda, investitsiyaviy loyihani tanlashda PBP eng samarali usuli 
emasligini qayd qilish lozim, shuningdek‚ uning ishlatilishi nooptimal qaror qabul 
qilishga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga u NPVga qaraganda loyihaga boshqa 
ko‘z bilan qarashga imkon beradi. Ayniqsa bu likvidlilik masalasida asqotadi. 
Shunday qilib, PBP usuli NPV usuliga foydali qo‘shimcha ravishda ba’zi bir 
tadqiqotchilar tomonidan ma’qullandi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish