111
«qiymatini o‘tkazish usuli»dan keyin asosiy va aylanma kapitalning xususiyatlarini
keltirib chiqaradigan navbatdagi muhim belgilardir.
Bu yerda, yana shuni ta’kidlash lozimki, bizning iqtisodiy atamashunoslikda
foydalanib kelinayotgan, “ishlab chiqarish fondlari” tushunchasi “unumli kapital”
tushunchasining mohiyatini to‘liq darajada yoritib bermaydi. Birinchidan, u
mazmun jihatdan nomoddiy ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) va boshqa
iqtisodiy faoliyat sohalaridagi mavjud fondlarni o‘z ichiga olmaydi. Ikkinchidan,
unumli kapital takror ishlab chiqarishning barcha vositalarini (ehtiyot va zaxiradagi
kapital) o‘zida aks ettirmaydi.
Unumli kapital tarkibidagi asosiy va aylanma kapital o‘rtasidagi farq ob’ektiv
ravishda kelib chiqadi. Amaliyotda ularning farqlanishi asosiga ko‘pincha P…P
I
doiraviy aylanishning davomiyligi qabul qilinadi. Bu davr turli ishlab
chiqaruvchilar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki ishlab chiqarishning alohida olingan
bitta omili, bir ishlab chiqaruvchi uchun asosiy kapital, boshqasi uchun esa
aylanma kapital hisoblanadi. Turli iqtisodiy faoliyat sohalarida takror ishlab
chiqarish davrlari ham to‘g‘ri kelmaydi, chunki ishlab chiqarish omillari hajmi,
tarkibi va ulardan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarishning yo‘nalishi
(sanoat yoki agrar) va ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi. Bu sohaga yondashishning
umumiy uslubini ishlab chiqishda, fikrimizcha, doiraviy aylanishning yillik
davridan kelib chiqish zarur. Mazkur tartib mehnat vositalari va peredmetlari,
asosiy va aylanma kapitalni farqlashga ham asos qilib olinsa to‘g‘ri bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, doiraviy aylanish jarayonlarida ishlab chiqarish va
ayirboshlash bir-birini to‘ldiradi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqarish
ayirboshlash bosqichida, ayirboshlash jarayoni esa ishlab chiqarish bosqichida
mavjud bo‘ladi.
Mazkur hol iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini o‘zgartirmasada, ishlab
chiqarish omillariga aylangan unumli kapital turlari bo‘yicha qilinadigan
xarajatlarni doiraviy aylanish bosqichlari (I-texnik, moddiy, energetik resurslar
bilan ta’minlash; II-ishlab chiqarish; III-sotish faoliyati) bilan bog‘lash masalasida
munozara tug‘diradi. Chunki hozirgacha amaliyotda iqtisodiy faoliyat omillari,
unumli kapital va kapitalning doiraviy aylanish bosqichlari bo‘yicha xarajatlar
hajmini umumlashtirish uchun kerakli ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilmagan.
Bunday ko‘rsatkichlar unumli kapitallarning ishlab chiqarish va ayirboshlash
jarayonlarida uzluksizligini ta’minlash maqsadida faoliyat turlari bo‘yicha
bog‘liqlik darajasini, qiymatning doiraviy aylanish bosqichlari bo‘yicha harakatini
aniqlash, iqtisodiy samaradorlikni oshirishning mavjud rezervlarini qidirib topish
va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun zarur bo‘lur edi.
Asosiy kapitalning takror ishlab chiqarish va doiraviy aylanish jarayonidagi
harakatini nazariy hamda amaliy tahlil qilishda ularni turkumlash orqali tuzilishini
ko‘rsatib berish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shu sababli asosiy kapitalning an’anaviy tarmoq va texnologik tuzilishi bilan
birga, ularning iqtisodiy faoliyati sohalari bo‘yicha (ishlab chiqarish, xizmat
ko‘rsatish va iqtisodiy nafli ish bajarish sohalari) tuzilishini ishlab chiqish ob’ektiv
zaruriyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: