O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Xususiy kapital va qarz kapitalini baholash



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

2.Xususiy kapital va qarz kapitalini baholash 


112 
Xususiy kapitalning bahosi - bu aksioner kapital uchun dividendlar 
summasi, yoki ulushli hissa uchun to‘lanadigan foyda va ular bilan bog‘liq 
xarajatlar miqdori. 
Korporatsiyaning moliyaviy potensialini xususiy kapitali tashkil etadi. 
Uning tarkibiga: 
-ustav kapitali 
-AJ tomonidan bekor qilish yoki qayta sotish maqsadida aksiya egalaridan
sotib olingan o‘z aksiyalari 
-rezerv kapital 
-ustama (qo‘shimcha) kapital 
-taqsimlanmagan foyda 
-maqsadli moliyalashtirish resurslari 
Ustav kapitali bilan korp. mulkining minimal miqdori aniqlanadi, qaysiki 
kreditorlar qiziqishlarini kafolatlaydi. UK o‘z ichiga asosiy vositalarni, boshqa 
mol-mulklarni, nomoddiy aktivlarni, shuningdek, pul qiymatiga ega bo‘lgan korp. 
ta’sischilari tomonidan qo‘yilgan mulkiy huquqlarni oladi. 
Ustav kapitalini shakllantirish O’zR FK bilan tartibga solinadi. Korxonaning 
tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra ustav kapitali miqdori va shakli o‘zgaradi. 
Masalan, amaldagi qonunchilikka ko‘ra O’zRda AJ ustav kapitalining minimal 
miqdori 400 ming AQSh dollaridan iborat. Shuningdek, AJ ustav kapitali oddiy va 
imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidan iborat.
Rezerv kapitalini shakllantirish korxonalar uchun majburiy hisoblanadi. 
Rezerv kapitali sof foydadan shakllantiriladi.
Qo‘shilgan kapitalga mulkni qayta baholagandan qiymat o‘sishi, emission 
daromad hamda qaytarib olmaslik sharti bilan berilgan qiymatliklar va hokazolar 
kiradi. QK tarkibiga quyidagi elnmentlar kiradi: 
-AJning emission daromadi(xarajatlardan tashqari aksiyalarni nominal 
qiymatidna yuqori joylashtirishdan kelgan miqdor) 
-boshqa tashkilotlardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mulk 
-boshqalar
Taqsimlanmagan foyda korporatsiya xususiy mablag‘larining eng asosiy 
manbai hisoblanadi. 
Korporatsiyaning emission siyosati moliyaviy direktorning vazifasiga 
kiruvchi keng ko‘lamli tashkiliy-texnikaviy, informatsion, konsultatsion ishlardan 
iborat. 
Ushbu siyosat aksiyalarni chiqarish orqali korporatsiyaning ustav (aksioner) 
kapitalini shakllantirishda fond bozorida amalga oshiriladi. Korporativ 
obligatsiyalarni emissi qilish qarz mablag‘larini boshqarishga taalluqlidir. 
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, agar qonun hujjatlarida boshqacha holat 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
a) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish va 
tasdiqlash; 
b) risolani tasdiqlash; 
v) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorni va risolani 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (tijorat banklari uchun) kelishish; 


113 
g) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 
d) qimmatli qog‘ozlar chiqarishni Qimmatli qog‘ozlar markaziy 
depozitariysida hisobga olish; 
e) qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlari 
va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oshkor qilish; 
j) chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish; 
z) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish natijalari 
to‘g‘risida bildirishnoma taqdim etish. 
Korporatsiya uchun qarz kapitalini baholash muhim ahamiyatga ega. 
Chunki, korporatsiya olayotgan qarzining qanchaga tushishini bilsagina to‘g‘ri 
qaror qabul qiladi.
Kapital bahosi deyilganda kapitalning ma’lum bir qismini jalb qilish uchun 
qancha pul resurslari to‘lash lozimligi tushuniladi. Qarz kapitalining bahosi - bu 
kredit yoki zayom obligatsiya uchun to‘lanadigan foiz va ular bilan bog‘liq 
xarajatlar summasi.
Korporatsiyaning qarz kapitaliga qisqa muddatli kredit va qarzlar, 
uzoq muddatli kredit va qarzlar, hamda kreditor qarzdorlik kiradi. 
Qisqa muddatli kredit va qarzlar aylanma aktivlarni qoplashning manbasi 
bo‘lib xizmat qiladi.
Qarz oluvchi kompaniyaning qarz beruvchidan olgan kredit va qarzi
buxgalteriya hisobida muddatli hamda muddati uzaytirilgan guruhlarga bo‘linadi. 
So‘ndirish muddati 12 oydan oshmagan kredit va qarzlar qisqa muddatli 
hisoblanadi. So‘ndirish muddati 12 oydan oshgan kredit va qarzlar esa uzoq
muddatli hisoblanadi. 
Muddatli kredit va qarzlar bo‘lib shartnomada belgilangan qaytarish muddati 
hali kelmagan yoki uzaytirilganlari hisoblanadi. Muddati uzaytirilgan kredit va 
qarzlar bo‘lib shartnomada belgilangan qaytarish muddati o‘tib ketganlari 
hisoblanadi. 
Qarz oluvchi kompaniyaning bankka qarzini qaytarishi buxgalteriya 
hisobida kreditor qarzdorlikning kamayishi (so‘ndirilishi) sifatida hisobga olinadi. 
Shuningdek, kreditni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar operatsion xarajatlarga 
kiritiladi. 
Korporatsiya uchun fond bozori orqali qarz jalb qilish (korporativ 
obligatsiyalarni emissiya qilish) ga nisbatan bankdan uzoq muddatli kredit jalb 
qilishning bir qancha ustunlik tomonlari mavjud: 
1)
hujjatli emission qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish, moliyaviy 
vositachilarga xizmat haqi to‘lash xarajatlaridan ozod bo‘ladi; 
2)
qarzdor va bank o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar ko‘pchilikka 
tushunarli; 
3)
fond bozoridan mablag‘ jalb etishga nisbatan bankdan kredit olish 
muddati qisqaroq hisoblanadi. 
Qarz kapitalini baholashning xususiyatlari: 
1) asosiy ko‘rsatkich bo‘lib kreditga xizmat ko‘rsatiladigan foiz miqdori 
hisoblanadi; 


114 
2) kreditni foizi bilan qaytarish operatsion xarajatlar tarkibiga kiritilib, foyda 
solig‘i miqdorini kamaytiradi; 
3) risk hisobga olinib, uzoq muddatli qreditning foiz miqdori qisqa muddatli 
kreditga nisbatan yuqori bo‘ladi; 
4) qarz kapitalini jalb qilishning bahosi kredit oluvchining kreditni qaytarish 
qobiliyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Kreditni qaytarish qobiliyati qanchalik yuqori 
bo‘lsa, shunchalik qarz kapitalining bahosi arzon bo‘ladi. 
Qarz kapitali bahosi bankdan kredit olinganda foyda solig‘i kamayishi 
hisobiga quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
QK=FS*(1-S)/(1-XM)

Bu yerda: QK – bank krediti ko‘rinishida jalb qilinadigan karz kapitali 
miqdori; FS – bank krediti uchun foiz stavkasi miqdori; S – foyda solig‘i miqdori, 
birlikda; XM – bank krediti summasiga nisbatan bank kreditini jalb etish 
xarajatlari, birlikda.
Masalan, FS=27,5%; S=0,24; XM=0,02. Demak,
QK=27,5*(1-0,24)/(1-0,02)=21,3% 
Demak, ushbu misolda qarz kapitali bahosi bankdan 27,5%lik kredit 
olinganda foyda solig‘i kamayishi hisobiga 21,3% ga tushadi. 
Xulosa qilish mumkinki, korporatsiya jalb etayotgan qarz mablag‘ining 
bahosini bilishi to‘g‘ri qaror qabul qilishida muhim rol o‘ynaydi. 
Korporatsiyalarga qarz majburiyati hisoblangan korporativ obligatsiyalarni 
chiqarish huquqi berilgan. 
Obligatsiyalarni chiqarish orqali qarz kapitalini jalb etish AJga quyidagi 
qulayliklarni beradi: 
-
Obligatsiyalarni emissiya qilish jamiyat ustidan nazorat qilish huquqini 
bekor qilmaydi; 
-
Obligatsiyalar bank kreditlariga nisbatan kam miqdordagi foiz to‘lovi 
bilan chiqarilishi mumkin. Obligatsiyalar jamiyat mulki bilan 
kafolatlangan va soliq to‘lagunga qadar foydadan to‘lanadi.
-
Obligatsiyalar aksiyalarga nisbatan riski pastroq bo‘lganligi uchun 
investorlar uchun ham jozibador hisoblanadi; 
-
Korporativ obligatsiyalar asosan uzoq muddatga (5-10 yil) chiqarilganligi 
uchun yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati bo‘ladi. 
-
Fond bozorida korporativ obligatsiyalar boshqa qimmatli qog‘ozlarga 
solishtirilganda nisbatan barqaror hisoblanadi. 
Respublikamizda amaldagi qonunchilikka ko‘ra korporativ obligatsiyalarni 
faqat tijorat banklari, shuningdek quyidagi shartlarga rioya etgan holda ochiq 
aksiyadorlik jamiyatlari chiqarishi mumkin:
7
- auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitalining 
obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori 
doirasida; 
6
Bocharov V.V., Leontev V.Ye. Korporativnыe finansы / SPb.: Piter. – 2004, 271 str. 
7
«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O’zbekiston 
Respublikasining qonuni. (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 50-51-son, 531-modda) 


115 
- keyingi uch yil mobaynida rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy 
barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan 
ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda mustaqil reyting bahosini olgan bo‘lsa; 
- investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi 
bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida. 
2006 yilga qadar ushbu obligatsiyalarni barcha mulk shaklidagi korxonalar 
chiqarishiga ruxsat etilgan edi.
Obligatsiyalarni emissiya qilish va joylashtirish jarayonida quyidagi 
bosqichlar amalga oshiriladi: 
-emitent tomonidan obligatsiya chiqarish to‘g‘risida qarorning qabul 
qilinishi va tasdiqlanishi; 
-emissiya prospektini tayyorlash; 
-obligatsiya chiqarish va emissiya prospektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish; 
-obligatsiya sertifikatini tayyorlash; 
- emissiya prospektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bo‘yicha axborotni 
e’lon qilish; 
-obligatsiyaga obunani amalga oshirish; 
-obligatsiya chiqarilishi yakui bo‘yicha hisobotni ro‘yxatdan o‘tkazish va bu 
boradagi axborotni e’lon qilish. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish