7-jadval. 2019-2021-yillarda YAIMning o’sish sur’atlari
2021- yil yakunlariga ko‘ra, YAIM tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatildi. YAIM (YAQQ) tarkibida sanoatning ulushi 27,5 % dan 27,8 % ga oshdi. Shu bilan birga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 27,1 % dan 26,9 % ga, xizmatlar sohasining ulushi 38,7 % dan 38,6 % ga kamaydi. Qurilish tarmog‘ining ulushi 2020- yil darajasida saqlanib qoldi va 6,7 % ni tashkil etdi.
2021- yil yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 4,0 % (2020- yilda – 2,9 %, 2019- yilda – 3,1 %) darajasida ijobiy o‘sish qayd etildi. Ushbu ijobiy o‘sish sur’atlari chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 4,1 % (2020- yilda – 2,1 %, 2019- yilda – 1,6 %)ga hamda dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning 3,1 % (2020- yilda – 3,2 %, 2019- yilda – 4,8 %)ga o‘sishi bilan bog‘liq.
2021- yilda sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 8,7 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati 10,7 % ga (2020- yilda 22,0 % ga kamayish, 2019- yilda 0,6 % ga kamayish) hamda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 8,2 % (2020- yilda – 7,9 %, 2019- yilda – 6,6 %)ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ida ham 13,0 % (2020- yilda 6,8 % va 2019- yilda 5,1 %)ga ijobiy o‘sish qayd etildi. Shuningdek, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida esa 17,7 % ga kamayish (2020- yilda 0,9 % ga kamayish, 2019- yilda 2,2 % ga o‘sish) kuzatildi.
8-jadval. 2019-2021- yillarda sanoat tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati dinamikasi
Kuzatilayotgan davrda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning jami sanoat sektori bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushida 2020- yildagi 77,2 % ga nisbatan 77,4 % gacha o‘sishi qayd etildi. Shu bilan birga, joriy davrda sanoatning jami qo‘shilgan qiymati tarkibida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining ulushi 15,2 % o‘sdi (2020- yilda – 14,8 %).
2021- yil yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 40,9 % ga yetdi. To‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish 13,9 %, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 13,6 %, rezina, plastmassa buyumlar va boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 8,0 %, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish – 7,6 %, avtotransport vositalari, treylerlar, yarim tirkamalar hamda boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish – 4,3 %, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish – 2,2 %, kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish – 2,0 % hamda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarish – 7,5 % ni tashkil qildi.
2021- yil yakunlariga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi qo‘shilgan qiymati hajmi 262 496,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yilga nisbatan 9,2 % ga o‘sdi. Shu jumladan, savdo xizmatlari 12,5 % ga, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 18,3 % ga, tashish va saqlash xizmatlari 15,7 % ga, axborot va aloqa xizmatlari 22,0 % ga, boshqaxizmatlar 5,9 % ga o‘sdi. Ulgurji savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ning ulushi 26,5 % (2020- yilda – 25,3 %, 2019- yilda – 25,3 %)ni, avtotransport vositalarining ulgurji va chakana savdosi hamda ularni ta’mirlashning ulushi 6,3 % (2020- yilda – 6,4 %, 2019- yilda – 6,5 %)ni tashkil qildi. 2021- yilda savdo tarmog‘ining yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush chakana savdo (avtotransport vositalari savdosidan tashqari)ga to‘g‘ri keldi va 67,2 % (2020- yilda – 68,3 %, 2019- yilda – 68,2 %)ni tashkil etdi.
2021- yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi. Tashish va saqlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati tarkibida eng ko‘p ulush avtomobil transportiga to‘g‘ri keldi va 59,3 % ni tashkil etdi (2020- yilda – 57,0 %, 2019- yilda – 52,6 %). TASHISH VA SAQLASH TARMOG‘INING YALPI QO‘SHILGAN QIYMATI Mazkur tarmoq umumiy qo‘shilgan qiymatida quvur transportining ulushi 14,4 % (2020- yilda – 16,8 %, 2019- yilda – 18,3 %), temir yo‘l transportining ulushi 10,9 % (2020- yilda – 13,6 %, 2019- yilda – 11,9 %), yordamchi transport faoliyatining ulushi 10,7 % (2020- yilda – 9,4 %, 2019- yilda – 11,1 %), havo transportining ulushi 4,7 % (2020- yilda – 3,2 %, 2019- yilda – 6,1 %)ni tashkil etdi.
2021- yilda axborot va aloqa tarmog‘ining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,7 % ni tashkil etdi (2020- yilda – 1,7 %). Mazkur tarmoq qo‘shilgan qiymati tarkibida asosiy ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmog‘i va boshqalarga) to‘g‘ri keldi va 66,5 % ni tashkil etdi(2020- yilda – 70,8 %). Tarmoqda yaratilgan qo‘shilgan qiymatning qolgan 33,5 foizi (2020- yilda – 29,2 foiz) axborot va aloqaning boshqa tarmoqlari (nashriyot faoliyati, kompyuter dasturlashtirish sohasidagi faoliyat, dasturlar yaratish bo‘yicha faoliyat, teleko‘rsatuv va radioeshittirish v.b.) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |