Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


-yil 29-maydagi Intel kompaniyasi aksiyalariga opsionlar bahosi, aksiya



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

2013-yil 29-maydagi Intel kompaniyasi aksiyalariga opsionlar bahosi, aksiya 
bahosi 20,83 dollar 
Ijro etilish bahosi, 
dollarda 
Opsion koll, dollarda 
Opsion put, dollarda 
Iyun 
Iyul 
Oktyabr 
Iyun 
Iyul 
Oktyabr 
20 
1,25 
1,6 
2,4 
0,45 
0,85 
1,5 
22,5 
0,2 
0,45 
1,15 
1,85 
2,20 
2,85 
 
Faraz  qilaylik,  investor  brokerga  Intel  kompaniyasi  aksiyalariga  bir  dona 
oktyabrgacha  opsion  kollni  22,5  dollar  ijro  etilish  bahosi  bilan  sotib  olish 
toʻgʻrisida  topshiriq  berdi.  Broker  bu  topshiriqni  Chikago  opsion  birjasida  bitim 
tuzuvchi  treyderga  yubordi.  Soʻngra  bu  treyder  Intel  kompaniyasi  aksiyalariga 
oktyabrgacha  opsion  kollni  22,5  dollar  ijro  etilish  bahosi  bilan  sotishni  hohlovchi 
boshqa  treyderni  topadi.  Taxmin  qilaylik,  opsion  mukofoti  (bahosi)  yuqoridagi 
jadvalda  koʻrsatilgani  kabi  1,15  dollar.  Bu  summa  bir  dona  aksiyani  sotib  olish 
uchun  opsion  bahosini  oʻzida  aks  ettiradi.  AQShda  bir  dona  opsion  shartnomasi 
100  ta  aksiyani  sotish  yoki  sotib  olish  boʻyicha  tuziladi.  Shunday  ekan,  investor 
broker  orqali  115  dollarni  birja  hisobraqamiga  oʻtkazish  kerak.  Shundan  soʻng 
birja bu summani kontragent hisobraqamiga oʻtkazadi. 
Yuqoridagi  misolga  koʻra,  investor  115  dollar  hisobiga  Intel 
kompaniyasining  100  dona  aksiyasini  22,5  dollardan  sotib  olish  huquqiga  ega 
boʻladi.  Kontragent operatsiya boʻyicha 115 dollarni oladi  va  investor opsion  ijro 
etilishiga  qaror  qilsa  Intel  kompaniyasi  100  dona  aksiyasini  2013-yil  18-
oktyabrgacha  22,5  dollardan  sotishga  rozilik  beradi.  Agar  Intel  kompaniyasi 
aksiyalari  bahosi  2013-yil  18-oktyabrgacha  22,5  dollardan  oshmasa  opsion 
bajarilmaydi,  investor  esa  115  dollarni  yoʻqotadi.  Lekin  Intel  kompaniyasi 
aksiyalar bahosi 30  dollargacha koʻtarilsa  investor 100 ta aksiyani 22,5 dollardan 
sotib  olishi  mumkin  boʻladi.  Bunday  holatda  investor  foydasi  750  dollar  ((30  – 
22,5)x100)ni, opsion bahosini hisobga olgan holda 635 dollar (750 – 115)ni tashkil 
etadi. 
Ikkinchi  muqobil  bitimni  koʻrib  chiqamiz.  Masalan,  investor  bitta  iyuldagi 
opsion    putni  20  dollar  ijro  etilish  bahosi  bilan  sotib  olmoqchi.  Yuqoridagi 
jadvaldan koʻrinib turibdiki, bu opsion har bir aksiya boʻyicha 0,85 dollar va bitta 
opsion  bitimi  boʻyicha  85  dollar  (100x0,85)ni  tashkil  etadi.  Bunda  investor  85 
dollar  evaziga  2013-yil  19-iyulgacha  Intel  kompaniyasi  har  bir  aksiyasini  20 
dollardan  sotish  huquqini  oladi.  Agar  Intel  kompaniyasi  aksiyalari  20  dollardan 
oshib ketsa opsion bajarilmaydi va investor 85 dollarni yoʻqotadi. Lekin aksiyalar 
bahosi  15  dollarga  teng  boʻlsa,  investor  tomonidan  opsion  ijro  etiladi  va  100  ta 
aksiyani  20  dollardan  sotish  natijasida  500  dollar  miqdorida  foyda  oladi.  Bunda 
opsion bahosini chegirgan holda operatsiya boʻyicha sof foyda 415 dollarni tashkil 
etishini taʻkidlash mumkin.  
Yana  bir  holatni  koʻrib  chiqamiz.  Investor  eBay  kompaniyasi  100  ta 
aksiyasiga 100 dollar ijro etilish bahosi bilan yevropa opsion koll sotib oldi. Faraz 
qilaylik,  aksiyalarning  joriy  bahosi  98  dollarga  teng,  opsion  boʻyicha  toʻlov 


68 
 
muddati  toʻrt  oyga  teng,  opsionlar  bahosi  (mukofoti)  esa  har  bir  aksiyani  xarid 
qilish  uchun  5  dollar.  Dastlabki  investitsiya  summasi  500  dollar.  Opsionning 
yevropa  opsioni  ekanligi  sababli  investor  uni  faqat  toʻlov  muddatining  tugash 
vaqtida  bajarishi  mumkin.  Agar  ijro  etilish  vaqtida  aksiya  bahosi  100  dollardan 
past  boʻlsa,  investor  opsion  shartnomasini  bajarish  uchun  qabul  qilmaydi.  Yaʻni 
bozorda  aksiya  bahosi  100  dollardan  past  boʻlgan  holatda  ularni  100  dollardan 
sotib  olishdan  hech  qanday  maʻno  yoʻq.  Bunday  holatda  investor  oʻz-oʻzidan 
dastlabki  investitsiya  summasini,  yaʻni  500  dollarni  yoʻqotadi.  Lekin  opsion 
muddatining tugash sanasida aksiyalar bahosi  100 dollardan  yuqori  boʻlsa opsion 
bajarishga qabul qilinadi. Faraz qilaylik aksiya bahosi muddat oxirida 115 dollarga 
teng boʻlsa, opsion bajariladi va investor 100 ta aksiyani 100 dollardan sotib oladi. 
Bu  aksiyalarni  darhol  sotish  natijasida  investor  har  bir  aksiya  boʻyicha  15 
dollardan  foyda  oladi.    Umumiy  operatsiya  boʻyicha  investor  foydasi  opsion 
boʻyicha dastlabki qoʻyilmani hisobga olgan holda 1000 dollarni tashkil etadi. 
Quyidagi rasmda opsion bajarilish vaqtida bir dona aksiya bahosiga investor 
foyda  yoki  zararining  bogʻliqligi  koʻrsatilgan  (21-rasm).  Baʻzida  opsionlarning 
bajarilishi  investor  uchun  zarar  sifatida  aks  etishi  mumkin.  Faraz  qilaylik,  oldingi 
misolda  opsion  amal  qilishining  soʻnggi  kunida    eBay  kompaniyasi  aksiyalari 
bahosi  102  dollarga  teng.  Investor  opsionni  bajarishi  mumkin  va  200  dollar 
samaraga  ega  boʻlishi  mumkin.  Lekin  mazkur  holatda  uning  zarari  300  dollarga 
teng, chunki dastlabki investitsiya (opsion mukofoti) 500 dollarni tashkil etadi. Bir 
qarashda  investor  mazkur  holatda opsionni bajarmasligi  kerak.  Lekin operatsiyani 
bajarmaslik,  oʻz  navbatida,  500  dollarning  yoʻqotilishiga  sabab  boʻladi.  Bundan 
xulosa  qilish  mumkinki,  opsion  muddati  tugash  sanasida  aksiya  bahosi  opsionni 
bajarish bahosidan yuqori boʻlsa uni bajarish lozim.  
 
 
21-rasm.  eBay  kompaniyasi  bir  dona  aksiyasiga  yevropa  opsion  koll 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish