Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


 Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
5.5. Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi 
Opsion kelishilgan muddat davomida maʻlum bir mukofot summasi hisobiga 
belgilangan  miqdordagi  tovarlar  yoki  moliyaviy  instrumentlarni  belgilangan 
(kelishilgan) narx boʻyicha sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi bitimni oʻzida 
aks ettiradi. Bundan koʻrinib turibdiki, opsionlarning ikkita asosiy turi amal qiladi.  
Yaʻni  xarid  qilish  boʻyicha  opsion  (option  call)  kelajakda  bitimda  belgilangan 
shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini bersa, sotish boʻyicha opsion (option 
put) oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini 
beradi.  Bitimda  qayd  etilgan  bazaviy  aktivlar  bahosi  opsionning  ijro  etilish 
(bajarilish)  bahosi  (strike  price)  deb  ataladi.  Bitimda  kelishilgan  sana  bitim 
muddatining  tugash  sanasi  (expiration  date)  yoki  toʻlov  muddati  (maturity)  deb 
ataladi.  Opsion  bitimini  amalga  oshirish  stiliga  koʻra  Amerika  opsioni  va 
Yevropa  opsioniga  boʻlinadi.  Amerika  opsion  (American  option)lari  ular  amal 
qilish muddatining tugaguniga qadar istalgan paytda bajarilishi mumkin. Yevropa 
opsion  (European  option)lari  esa  ularning  tugash  muddatiga  kelibgina  amalga 
oshirilishi  mumkin.    Opsionlar  birjada  va  birjadan  tashqarida  kotirovkalanadi. 
Fond  birjalarida  aksariyat  holatlarda  kotirovkalanadigan  opsionlar  boʻyicha  bitta 
opsion bitimining predmeti sifatida 100 ta aksiyani sotib olish yoki sotish olinadi. 
Alohida  qayd  etib  oʻtish  kerakki,  opsionlar  uning  egasiga  maʻlum  bir 
faoliyatni  amalga  oshirish  huquqini  beradi  va  hech  qanday  majburiyatni 
yuklamaydi.  Yaʻni  opsionlar  bazaviy  aktivlarni  sotish  yoki  sotib  olish 
majburiyatini  yuklovchi  forvard  va  fyuchers  shartnomalaridan  oʻzaro  farqlanadi. 
Shuningdek,  eʻtibor  qaratiladigan  yana  bir  jihat  borki,  forvard  va  fyuchers 
shartnomalarini tuzish hech qanday xarajat talab qilmaydi, opsionlar boʻyicha esa 
toʻlov amalga oshirilishi shart. Bu toʻlov opsion boʻyicha mukofot deb ataladi. 
Dunyodagi eng katta opsion birjasi sifatida Chikago opsion birjasi (CBOE – 
Chicago Board of Options Exchange, www.cboe.com) faoliyat yuritadi. 1973-yilda 
mazkur opsion birjasida birinchi  marta opsion bitimi tuzilganligini  ham  taʻkidlash 
lozim. 
Quyidagi  jadvalda  2013-yil  29-mayda  savdolarning  yopilish  vaqtida  qayd 
etilgan  Intel  kompaniyasi  aksiyalariga  amerika  opsionlari  bahosi  keltirilgan  (14-
jadval). Opsionlarning amal qilish muddatlari iyunda, iyulda va oktyabrda tugaydi. 
Iyundagi  opsionlar  2013-yil  21-iyungacha,  iyuldagi  2013-yil  19-iyulgacha, 
oktyabrdagi  esa  2013-yil  18-oktyabrgacha  amal  qiladi.  2013-yil  29-mayda 
savdolarning  yopilish  vaqtida  Intel  kompaniyasi  aksiyalari  bahosi  20,83  dollarga 
teng. 


67 
 
14-jadval 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish