Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Aktivlar  svopi.  Aktivlar  svopi  doirasida  bir  aktiv  boʻyicha  qatʼiy  foizlar, 
boshqa aktiv boʻyicha oʻzgaruvchan foizlarga almashtiriladi.  
Tovar  svopi.  Bu  shartnomalarga  koʻra  aniq  bir  tovarga  nisbatan 
qoʻllaniluvchi  qatʼiy  toʻlovlar  oʻzgaruvchan  toʻlovlarga  almashtiriladi.  Ularning 
tuzilishi    foizlar  svopiga  oʻxshaydi.  Hozirgi sharoitlarda  tovar  svoplarini  sezilarli 
oʻsishiga tovar bozorlaridagi nobarqaror narxlar sabab boʻlmoqda. Albatta bu holat 
birjadagi tovarlar  boʻyicha  muddatli  savdolarni  ham  rivojlanishiga  sabab  boʻladi. 
Lekin  birja  savdolaridan  farqli  ravishda  aynan  tovar  svopi  orqali  shartnomalar 
uzoq  muddatlarga  tuzilishi,  shu  bilan  birgalikda  kelajakdagi  bir  qator  muddatlar 
uchun maʼlum bir narxlarni belgilashi bilan ajratib turadi.  
Yuqoridagilardan  tashqari  svoplarning  bir  necha  xil  koʻrinishlari  mavjud: 
kep  (cap),  flo  (floor),  kollar  (collar),  jamgʻarma  svopi  (accrual  swaps),  svopsion 
(swap  options,  swaptions),  amortizatsion  svop  (amortizing swaps),  oʻsuvchi  svop 
(accreting swaps), diskontlangan svop (discount swap) va boshqalar.  
Svop  shartnomasi  doirasida  bir  tomon  oʻzining  majburiyatlaridan  voz 
kechmoqchi  boʻlsa,  u  oʻzining  majburiyatlarini  oʻz  zimmasiga  olishi  mumkin 
boʻlgan  kompaniyani  izlab  topishi  lozim  boʻladi.  Svop  tuzilgandan  soʻng 
boshlangʻich  bosqichda  bunday  holatni  yuz  berishi  kontragentlarga  hech  qanday 
taʼsir  etmasligi  mumkin,  lekin  majburiyatlar  amalda  boʻlgan  shartnoma  doirasida 
boshqa shaxsga oʻtkazilayotgan boʻlsa, u holda bunday svop maʼlum bir qiymatga 
ega  boʻlgan  boʻlib,  uni  baholash  juda  zarur  hisoblanadi.  Bundan  tashqari  hisob 
kitob  qilish  maqsadida  har  bir  aniq  vaqtdagi  svopning  qiymatini  bilish  zaruriyati 
paydo boʻlishi ham mumkin. 
 
Svopni  baholash  uchun  uni  ikki  obligatsiyalarning  kombinatsiyasi  sifatida 
tasavvur  qilishimiz  mumkin.  Investor  ularning  biriga  nisbatan  uzun  pozitsiyasini, 
ikkinchisiga  nisbatan  esa  qisqa  pozitsiyani  tanlagan  boʻlsa,  bu  holatda  svop 
qiymati mana shu ikki obligatsiya narxlarining farqiga teng boʻladi. Aytaylik, svop 
shartnomasi  doirasida  kompaniya  oʻzgaruvchan  foizlarda  toʻlab,  qatʼiy  foizlarda 
olsa, bunday holatda svop narxi quyidagiga teng boʻladi: 
𝑃
𝑐
= P
1
− P
2
 
Bu yerda, R
s

 svopning narxi; R
1

 qatʼiy kuponli obligatsiya narxi; R
2

 
oʻzgaruvchan kuponli obligatsiya narxi. 
Svop  boʻyicha  majburiyatlarni  toʻxtatish  uchun  kompaniya  qatʼiy  foizli 
obligatsiyani  sotib,  oʻzgaruvchan  foizli  obligatsiyani  sotib  olishi  kerak.  Agar 
kompaniya  svop  doirasida  qatʼiy  foizlarda  toʻlab,  oʻzgaruvchan  foizlarda  olsa  u 
holda svopning narxi quyidagiga teng:  
𝑃
𝑐
= 𝑆P
f
− P
d
 
bu  yerda:  S  –  valyutaning  spot  kursi,  toʻgʻridan  –  toʻgʻri  kotirovka  asosida 
taqdim  etilgan;  P
f
–  obligatsiyaning  xorijiy  valyutadagi  narxi;  P
d
–  obligatsiyaning 
milliy valyutadagi narxi. 
Obligatsiya  boʻyicha  toʻlovlarni  diskontlash  uchun  tegishli  davrlardagi 
stavkalar va valyutalar olinadi.   
Moliya  institutlari  turli  xildagi  moliyaviy  yoʻqotishlarni  oldini  olish 
maqsadida, svoplar boʻyicha defolt holatlari haqida yetarlicha xabardor boʻlishlari 


75 
 
lozim. Bunda xuddi forvard shartnomasi kabi svop shartnomasida qatnashuvchi har 
ikki  tomonlar  shartnomani  amalga  oshirilishini  taʼminlashlari  uchun  bir  birlari 
haqida koʻproq maʼlumotlarga ega boʻlishlari lozim boʻladi.
22
 
Shuningdek  svop  ishtirokchisi  shartnomani  baholashi  va  narx  boʻyicha 
taʼsirchanligini  aniqlab  olishi  zarur.  Undan  soʻng  maksimal  darajada  mos 
keladigan  xedjirlash  instrumentini  aniqlash  lozim.  Bundagi  asosiy  vazifa  mos 
keluvchi  xedjni  tanlab  olib,  u  orqali  svop  pozitsiyalari  boʻyicha  har  qanday 
yoʻqotishlar, xedjirlash uchun qoʻllanilgan shartnomadan olingan daromadlar bilan 
qoplanishidan iborat.
23
 
Xulosa  qilib  aytganda,  hosilaviy  qimmatli  qogʻozlar  kelajakdagi  narxlar 
oʻzgarishidan  hosil  boʻluvchi  riskni  cheklashda  sugʻurta  sifatida  qoʻllanilib, 
kompaniyalar ulardan oʻz prognozlarini barqarorlashtirish va pul mablagʻlarinining 
oqimini  tartiblashtirish  maqsadida  foydalanishadi.  Shunday  ekan,  forvard, 
fyuchers,  opsion,  va  svop  bitimlarini  amalga  oshirilishi  ularning  egalariga 
qoʻshimcha daromad topish imkoniyatini yaratadi. Lekin bunda ularning qiymatini 
hisoblash masalasiga alohida etibor qartilishi lozim boʻladi.  
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish