Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


-rasm. Yevropa opsionida pozitsiyalar boʻyicha opsion egasi toʻlovlar



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

25-rasm. Yevropa opsionida pozitsiyalar boʻyicha opsion egasi toʻlovlar: 
a)  uzun  opsion  koll; b) qisqa  opsion  koll; c) uzun  opsion  put; d) qisqa  opsion 
put 
 
Opsion  shartnomalarida  bazaviy  aktivlar  sifatida  aksiyalar,  valyutalar,  fond 
indekslari, fyucherslar olinadi. 
Aksiyalar  boʻyicha  opsionlar  yoki  fond  opsionlari  (stock  options)  Chikago 
opsion  birjasida,  Filadelfiya  fond  birjasida  (
www.fhlx.com
),  Amerika  fond 
birjasida  (
www.amex.com
),  Tinch  okeani  fond  birjasi  (
www.pasifex.com
)  va 
Xalqaro  qimmatli  qogʻozlar  birjasida  (
www.iseoptions.com
)  kotirovkalanadi. 
Opsionlar 1000 dan ortiq turli  xil aksiyalar boʻyicha tuziladi. Bitta kontrakt uning 
egasiga  100  ta  aksiyani  belgilangan  ijro  etilish  bahosi  boʻyicha  sotish  yoki  sotib 
olish  huquqini  beradi.  Bunday  shartnoma  miqdori  aksiyalarning  oʻzi  uchun  ham 
qulay, qoidaga koʻra 100 dona aksiya boʻyicha lotlar sotiladi. 
Xorijiy  valyutalar  boʻyicha  opsionlarning  katta  qismi  Filadelfiya  fond 
birjasida kotirovkalanadi. U yerda turli xil xorijiy valyutalarni oldi-sotdisi boʻyicha 
yevropa  va  amerika  opsionlari  kotirovkalanadi.  Bitta  shartnoma  miqdori  valyuta 
turiga bogʻliq. Masalan, Britaniya funt sterlingi boʻyicha bitta opsion shartnomasi 
uning  egasiga  31250  funt  sterling  sotib  olish  yoki  sotish  huquqini  beradi.  Yapon 
ieni boʻyicha bitta opsion shartnomasi esa 6,25 million ien sotib olish yoki sotish 
huquqini taqdim etadi.  
Butun  dunyo  boʻyicha  turli  xil  fond  indekslariga  opsionlar  yoki  indeksli 
opsionlar  (index option) kotirovkalanadi.  Ulardan keng  tarqalganlari sifatida S&P 
500 (SPX), S&P 100 (OEX), Nasdaq 100 (NDX) va Dou-Jons (DJX) indekslariga 
opsion shartnomalarini keltirish mumkin. Fond indekslari boʻyicha opsionlar ham 
yevropa  va  amerika  opsionlariga  boʻlinadi.  Masalan,  S&P  500  (SPX)  boʻyicha 
opsion  yevropa  opsioni,  S&P  100  (OEX)  boʻyicha  opsion  esa  amerika  opsioni 
hisoblanadi.  Bitta  shartnoma  uning  egasiga  indeksning  100  baravari  miqdoridagi 
aktivni  oldindan  kelishilgan  ijro  etilish  bahosi  boʻyicha  sotish  yoki  sotib  olish 
huquqini  beradi.  Hisob-kitoblar  har  doim  naqd  pulda  amalga  oshiriladi.  Masalan, 
S&P  100  indeksi  boʻyicha  opsion  koll  ijro  etilish  bahosi  980  dollarga  teng. 
Qachonki  indeks  bahosi  982  dollarga  koʻtarilganda  opsion  bajariladigan  boʻlsa 
opsion  sotuvchi  uning  egasiga  (992  –  980)  x  100  =  1200  dollar  toʻlaydi.  Naqd 
hisob-kitoblar kun oxirida qayd etilgan indekslar qiymatiga asoslanadi. Yaʻni koʻp 
holatlarda  opsion  egalari  oʻz  sotish  yoki  sotib  olish  huquqidan  foydalanishga 
ishonch  hosil  qilgandagina  sotish  yoki  sotib  olishini  eʻlon  qiladi  va  odatda 
investorlar kun oxirigacha kutib turadi. 
Fyuchers  opsionlari  yoki  fyuchers  boʻyicha  opsionlar  (futures  option)da 
bazaviy  aktiv  sifatida  fyuchers  shartnomalari  qoʻllanadi.    Bunday  opsion  aniq 
belgilab  qoʻyilgan  bazis  aktiv  boʻyicha  fyuchers  shartnomasini  sotish  yoki  sotib 
olish  huquqini  beradi.  Hozirgi  vaqtda  asosida  oddiy  fyuchers  shartnomalari 
boʻlgan  aksariyat  aktivlar  boʻyicha  fyuchers  opsionlari  koʻpchilik  uchun  qulay. 
Qoidaga  koʻra,  fyuchers  shartnomalari  va  fyuchers  opsionlar  bitta  birjada 
kotirovkalanadi. 


73 
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish