O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/71
Sana18.07.2022
Hajmi1,61 Mb.
#820963
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

 
Nazorat savollari: 
1.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati nimadan iborat? 
2.
Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko‗rsatib bering. 
3.
Ming yillikning global maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
4.
Rivojlangan 
va 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning 
global 
iqtisodiy 
muammolari nimalardan iborat? 
5.
Jahon iqtisodiyotini globallashuvi rivojlanishining asosiy omillarini yoritib 
bering. 
6.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ob‘ektiv manbalari nimalardan iborat. 
7.
Global iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari? 


54 
3-bob. BAYNALMINALLASHUV, TRANSMILLIYLASHUV VA 
GLOBALLASHUV JARAYONLARI 
Reja: 
3.1. Baynalminallashuv va transmilliylashuv: rivojlanish tendensiyalari va uning 
xususiyatlari 
3.2. Globallashuv - taraqqiyotning yangi tarixiy davri 
3.3. Jahon xo‗jaligining transmilliylashuvi 
3.1. Baynalminallashuv va transmilliylashuv: rivojlanish tendensiyalari va 
uning xususiyatlari 
Jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvi – bu xalqaro mehnat taqsimotiga 
asoslangan milliy iqtisodiyotlarning bir-biri bilan bog‗liqligi va o‗zaro 
to‗ldiranchuvligi degandir.
Baynalminallashuv jarayonini rivojlanishi bir qator bosqichlardan iborat. 
Birinchi bosqich:
Erkin raqobatning rivojlanishi davrida (XIX asrning ohirigacha) jahon bozori 
shakllandi, asosan xalqaro savdo shakldagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlandi.
Jahon xo‗jaligining shakllanishi davrida uzviy savdo aloqalari:

xom - ashyo kolonniyalari va sanoat metropoliyalari, hamda 

qo‗shni davlatlar o‗rtasida rivojlandi.
Ikkinchi bosqich:
XIX asr ohiri - XX asr boshlarida jahon xo‗jaligining asosiy qismi - jahon 
bozori shakllandi.
Ushbu davrda davlatlar o‗rtasida savdo munosabatlari qatorida ishlab chiqarish 
aloqalari, kapitalni olib chiqib ketish, ko‗p turkumli moliyaviy aloqalar rivojlanadi.
Iqtisodiyotning baynalminallashuvida asosiy tendensiyalardan biri kapitalning 
markazdan qaram va kolonial hududlarga olib chiqib ketilishi bo‗ladi. 
Shu 
tariqa, 
bozor 
iqtisodiyoti 
rivojlanishining 
ushbu 
davrida 
―baynalminallashuv almashuv – kapital baynalminallashuvi bilan to‗ldiriladi. 
Uchinchi bosqich:


55 
50-60 yillar ohirida ilmiy-texnik inqilob ta‘sirida ishlab chiqarish kuchlarining 
keskin o‗sishi qayd etildi. 
Uning ta‘siri ostida jahon iqtisodiyotining tarkibida jiddiy o‗zgarishlar ro‗y 
berdi. 
Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiya va ixtisoslashuvining dolzarbligi 
oshdi. 
Shu tariqa, iqtisodiyotning baynalminallashuvi – jahon iqtisodiyotining 
rivojlanishining ma‘lum bir bosqichi bo‗lib, tarkibiga ikkita o‗zaro aloqador 
jarayonlarni mujassamlashtiradi: 

xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va rivojlanishi, hamda 

xalqaro ishlab chiqarishning shakllanishi. 
Ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvining yo‗nalishlari va asosiy 
shakllari quyidagilardir: 

milliy chegaralardan mahsulot va xizmatlarning harakati; 

ishchi kuchi va kapitalning xalqaro migratsiyasi; 

dunyoning turli hududlarida integratsiya jarayonlari. 
XX asrning oxirgi choragida jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvini
belgilovchi omillar qatoriga quydagilar kiradi: 

davlatning tabiy zaxiralari, geografik joylashuvi, ishlab chiqarish salohiyati 
kabi xalqaro ixtisoslashuvning asosiy omillari pasayishi;

milliy mahsulotlarni sotish uchun xalq xo‗jaligi tizimlarining optimallashuvi; 

xalqaro mehnat taqsimotining tarmoqlararo taqsimoti singari ichki 
tarmoqlararo taqsimotining yanada rivojlanishi;

davlatlarning iqtisodiy rivojlanishida ilmiy-texnik salohiyatining o‗rni tobora 
oshishi. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish