48
Hozirda 80 ming TMK va ularning xorijiy mamlakatlarda joylashgan 800 ming
sho‗ba korxonalari jahon yalpi ichki maxsulotining 10 %, jahon eksportining esa
uchdan bir qismini ta‘minlab beradi.
Transmilliy kapitalning faoliyati milliy xo‗jaliklar tizimi rivojlanishiga jiddiy
ta‘sir ko‗rsata boshladi. Jahon xo‗jalik tizimi asosini tashkil etuvchi 500 ga yaqin
yirik TMK jahon sanoat ishlab chiqarishining deyarli yarmini,
tashqi savdo
aylanmasining 60%ni, yangi texnika uchun bozorlarda muomalada bo‗lgan litsenziya
va patentlarning deyarli 4/5 qismini nazorat qilib turadi.
Jahon iqtisodiyotning ―yadro‖sini tashkil etgan transmilliy kapital, asosan,
rivojlangan mamlakatlarda to‗plangan. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar
TMKlari qatoriga bir qator rivojlanayotgan, yangi industrial mamlakatlar
korporatsiyalari qo‗shilgan. Buning natijasida tovarlar va xizmatlarning xalqaro
oqimi
faqatgina jadallashib qolmay, balki endi korporatsiyalar ichida harakat qila
boshladi.
Beshinchidan,
bevosita (to‗g‗ridan-to‗g‗ri) xorijiy investitsiyalarning o‗sib
borishi. 2006 yilga kelib ularning umumiy xajmi 1,306 AQSH trln. dollarni tashkil
etdi.
Bu siljishlar, ya‘ni ishlab chiqarish, kommunikatsiya, savdo,
xorijiy
investitsiyalar va moliya sohasidagi jarayonlar jahon iqtisodiyotini bir butun umumiy
vujudga aylantirdi.
Bularning hammasi jahon hamjamiyati tomonidan Ming yillik Rivojlanish
Maqsadlari (MRM)ning ishlab chiqilishiga sabab bo‗ldi. MRM 2015 yilgacha amalga
oshirilishi zarur bo‗lgan 8 maqsad, 18 vazifa va 48 ko‗rsatkichni o‗z ichiga oladi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar hukumatlarining hamda xalqaro
tashkilotlarning maqsadga yo‗naltirilgan va o‗zaro muvofiqlashtirilgan harakatlari
Ming yillik Deklaratsiyasida ko‗rsatib o‗tilgan maqsadlarga erishishning asosiy
mexanizmi sanaladi.
O‗zbekistonning MRMga erishish yo‗lida olib borayotgan harakatlari tahsinga
loyiq. Zero, mamlakatda buning uchun zarur bo‗lgan barcha shart-sharoitlar mavjud.
Ijtimoiy yo‗naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yetarli
49
tajribaga ega bo‗lgan hukumat siyosiy institutlari va mexanizmlari, shuningdek, ko‗p
sonli xalqaro tashkilotlar bilan yaxshi yo‗lga qo‗yilgan
hamkorlik aloqalari shular
jumlasidandir.
Davlatlar o‗rtasidagi munosabatlarning ijobiy tomonga o‗zgarishiga qaramay,
zamonaviy dunyo yuzma-yuz kelayotgan tahdidlar yo‗qolmay, kompleksli ahamiyat
kasb etmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi 2015 yildan keyingi davrda BMT tomonidan 2030
yilgacha mo‘ljallangan 17 ta maqsad va 169 ta vazifalardan iborat barqaror
rivojlanish dasturini qo‗llab-quvvatlab, barqaror rivojlanishning uchta sohasi
(iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy) bo‗yicha kompleks ishlarni olib borishini ma‘lum
qildi.
Yangi Global maqsadlar va yanada keng ko‗lamli taraqqiyot dasturi – 2000-
yildagidan farqli o‗laroq – yanada chuqurroq islohotlarni amalga oshirishni ko‗zda
tutadi, qashshoqlikning tub sabablarini bartaraf etib, hamma va har bir inson uchun
umumiy taraqqiyot jarayonini ta‘minlashga qaratilgandir.
BMTning 2030 yil Barqaror rivojlanish dasturida belgilangan 17 maqsad:
1.
Kambag‗allikni va uning barcha turdagi ko‗rinishlarini tugatish.
2.
Ochlik
muammosini bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish
hamda barqaror qishloq xo‗jaligini shakllantirish.
3.
Barcha yosh davrlarida sog‗lom hayot tarzini kafolatlash.
4.
Barcha uchun sifatli ta‘limni kafolatlash va uzoq muddatli ta‘lim olishga
yo‗naltirish.
5.
Jins bo‗yicha tenglikni ta‘minlash, ayollar va qizlar faolligini oshirish.
6.
Barcha uchun barqaror suv boshqaruvi hamda sanitariya sharoitlarini
yaratish.
7. Ishonchli, zamonaviy va arzon energiya manbalarini rivojlantirish
8. Barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash, ish bilan bandlikni oshirish va ish
yukini kamaytirish.
9. Infratuzilmani shakllantirish, sanoatlashtirish va innovatsion rivojlanishni
ta‘minlash.
50
10. Mamlakatlar o‗rtasidagi tafovutni qisqartirish.
11. Shaharlardagi xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlash.
12. Barqaror iste‘mol va ishlab chiqarish.
13. Iqlim o‗zgarishi va uning ta‘sirlari.
14. Okean, dengiz va suv havzalari resurslaridan oqilona foydalanish
15.
Ekotizimni himoya qilish, o‗rmon boshqaruvini, yer yemirilishi va
bioxilma-xillikni saqlash.
16. Barqaror rivojlanish jarayonida tinchlikni saqlash, samarali keng qamrovli
institutlar faoliyatini rivojlantirish.
17. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015- yilning
sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‗yicha o‗tkazilgan sammitida qabul qilingan 70-
son rezolyusiyasiga muvofiq, shuningdek, 2030 -yilgacha bo‗lgan
davrda BMT
Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish
bo‗yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida ―2030- yilgacha bo‗lgan davrda
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil
20- oktyabrdagi, 841-son qaroriga binoan 2030- yilgacha bo‗lgan davrda barqaror
rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar va ―Yo‗l xaritasi‖ tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: