51
bilan savdo qilar, balki o‗zgalarning yuklarini va o‗zga yurtlik yo‗lovchilarni tashib
xizmatlar ham ko‗rsatar edilar.
Asta-sekin xalqaro savdo boshqa dunyo mintaqalarini – dastlab Janubiy Osiyoni,
so‗ngra Janubiy-Sharqiy Osiyo va Sharqiy Osiyo, Rossiya, Amerika,
Avstraliya va
Okeaniyani, va nihoyat, Tropik Afrikaning etib borish qiyin bo‗lgan hududlarini
qamrab ola boshladi. Natijada, XIX asr oxirlariga kelib
jahon tovarlar va xizmatlar
bozori
, ya‘ni savdo qilinadigan mahsulotlar bozorlarining yig‗indisi vujudga keldi.
Shu bilan bir vaqtda jahonda xalqaro iqtisodiy resurslarning harakati ham o‗sib
bordi. G‗arbiy Yevropa kapitallari Amerika va Rossiyadagi investitsiyalarning
sezilarli
unsurlariga aylandi, yevropalik emigrantlar Shimoliy Amerika, Janubiy
Osiyo, Avstraliyaning ulkan kengliklarini xo‗jalik jihatdan o‗zlashtirdilar. G‗arbiy
tadbirkorlar dunyoning barcha burchaklariga g‗arbiy fan yutuqlarini (elektr quvvati,
ichki yonish dvigateli, mexanik harakatlanish vositalarini) olib bordilar. So‗ngra
kamroq rivojlangan mamlakatlar ham bilimlar, kapital va ayniqsa ishchi kuchini
eksport qila boshladilar, buning natijasida mamlakatlar o‗rtasida
iqtisodiy
resurslarning ko‗chish jarayoni o‗zaro (ikki tomonlama), biroq unchalik simmetrik
bo‗lmagan xususiyatlarga ega bo‗ldi. Shunday qilib, barcha milliy iqtisodiyotlar
nafaqat jahon tovarlar va xizmatlar bozorining, balki xalqaro iqtisodiy resurslar
harakatining ishtirokchilariga aylandi.
Ushbu sharoitlarda XIX – XX asr bo‗sag‗asida global iqtisodiyot to‗g‗risida
gapirish imkoniyati tug‗ildi.
Globallashuvning bosqichlari
Global iqtisodiyot vujudga kelgach, bir necha bosqichlarni bosib o‗tdi.
XIX asr oxiridan Birinchi jahon urushigacha bo‗lgan davr globallashuvning
dastlabki bosqichiga aylandi. Ushbu uchta o‗n yillik davrida ko‗pgina
milliy
iqtisodiyotlarda eksport va import qilinuvchi mahsulotning ulushi bo‗yicha erishilgan
daraja faqatgina yarim asrdan so‗nggina oshirildi. G‗arbiy Yevropa mamlakatlaridan
iqtisodiy resurslarni yangi tez o‗sib borayotgan iqtisodiyotlarga (o‗sha vaqtda bu
AQSH, Rossiya va Britaniya dominionlari) olib chiqishning katta ko‗lamlaridan
(Buyuk Britaniya o‗z mamlakatiga nisbatan chet elga ko‗proq kapital kiritar edi)
52
faqatgina ko‗p o‗n yilliklardan so‗ng oshib o‗tildi. Birinchi jahon urushidan oldin
chet eldan kapital oqimi Rossiyada sanoatga investitsiyalarning yarmidan ortig‗ini
ta‘minlar, AQSHda ishchilarning yarmidan ortig‗i immigrantlardan tashkil topgan
edi. O‗sha davrda integratsion birlashmalar mavjud bo‗lmagan (ularning o‗rnini
ma‘lum darajada imperiyalar bosar edi), xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kamsonli va
zaif, TMKlar esa ko‗p bo‗lmagan bo‗lsada, biroq umuman olganda globallashuvning
mazkur bosqichi haqida globallashuvning dastlabki to‗lqini sifatida gapirish mumkin.
Birinchi jahon urushining boshidan Ikkinchi jahon urushining oxirigacha
bo‗lgan davr urushlar,
inqiloblar, 1930-yillar iqtisodiy inqirozi davomida
globallashuvning qisqarish bosqichi bo‗ldi. Natijada, agar Rossiyadan tovarlar
eksporti 1913 yilda 1 mlrd dollardan ortiq bo‗lgan bo‗lsa, 1938 yilda – atigi 0,3 mlrd
dollarni tashkil qilgan. AQSHda ushbu davrda eksport 2,6 mlrd dollardan 3,1 mlrd
dollargacha ortdi, lekin haqiqatda u keskin pasaydi, chunki dollar bu davrda 2,2 marta
qadrsizlandi.
Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan keyingi va 1970-yillarning oxirigicha
bo‗lgan davr global iqtisodiyotning tiklanish bosqichi bo‗ldi. 1950-yillarning
boshidayoq jahon savdo hajmi 1913 yil darajasiga etdi, xolbuki iqtisodiy
resurslarning harakati ushbu davrning faqatgina oxiriga kelib avvalgi ko‗lamga etdi.
Ushbu bosqichda globallashuvning yangi to‗lqini uchun
muhim shart-sharoitlar
yaratildi – integratsion birlashmalar tashkil topar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning
soni ko‗payar, TMKlar soni tez ortib borar edi.
1970-yillarning oxiri – 1980-yillarning boshidan 2008 yilda boshlangan jahon
iqtisodiy inqiroziga qadar bo‗lgan davr globallashuvning ikkinchi to‗lqiniga aylandi.
Birinchi to‗lqinning deyarli barcha rekordlaridan oshib o‗tilgan edi. Eksport va
import qilinuvchi mahsulotning ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbati keskin o‗sdi,
integratsion birlashmalar ko‗pgina mintaqalarda qudratli kuchga aylandi, xalqaro
iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati, ayniqsa kamroq rivojlangan mamlakatlar uchun
keskin o‗sdi, TMKlar esa umumiy jahon YaIMning chorakdan uchdan bir qismigacha
(shu jumladan, faqat o‗z xorijiy filiallarida 9%dan ortig‗ini) ishlab chiqara boshladi.
53
Biroq, globallashuvning yuqorida aytib o‗tilgan inqirozdan so‗ng
boshlangan
hozirgi bosqichi uning xarakterini yangitdan o‗zgartirmoqda. Yirik mamlakatlarda
tashqi bozorga nisbatan ishonchliroq bo‗lgan ichki bozor uchun mahsulot ishlab
chiqarishga bo‗lgan e‘tibor kuchayib bormoqda. Jahonda kapitalning erkin
harakatlanishi ayniqsa, kapitalni xalqaro ―tushirish va ortish shohobchalari‖ – offshor
yurisdiksiyalari tobora ko‗proq tanqidiy ko‗rib chiqilmoqda. Xalqaro ishchi kuchi
migratsiyasi yo‗lidagi to‗siqlar ko‗payib bormoqda. Ehtiyotkorlik bilan shuni
oldindan aytish mumkinki, bu so‗nggi jahon iqtisodiy inqirozining oqibatidan ko‗ra
ko‗proq globallashuv sur‘atlari pasayishining uzoq muddatli tendensiyasi bo‗ladi.
Ehtimol, globallashuv davriy (siklik) rivojlanadi va uning ikkinchi to‗lqini,
ikkita
jahon urushlari orasidagi davrda bo‗lganidek tislanma harakat bilan emas, balki
nisbatan o‗rtacha sur‘atlar bilan almashib, tugamoqda.
Tayanch so„zlar:
Globallashuvning omillari, globallashuv jarayonlari, globall
maqsad va vazifalar,
globall muammolar, tinchlik va qurolsizlanish muammosi;
ekologik muammolar; energetik muammolar; xom - ashyo muammosi; gumanitar
muammolar; oziq - ovqat muammosi
Do'stlaringiz bilan baham: