strukturasi masalasini hal qilish uchun moliyaviy menejer rejalashtirilayotgan
Keown A.J., Martin J.D., Petty J.W. Foundations of Finance: the logic and practice of financial management.
35
maqsadlar uchun eng munosib ishlab chiqarish hajmini aniqlash va ushbu ishlab
chiqarish hajmiga muvofiq ravishda yarim-o‘zgaruvchan xarajat moddalarining bir
qismini o‘zgarmas, qolganini esa o‘zgaruvchan xarajatlarga ajratish orqali ularning
qiymatli samaradorligini aniqlashi shart. Haqiqiy biznes jarayonida bu jarayon
hazil emas. U haqiqiy zararsizlik hisob-kitoblarini qilishga nisbatan xarajatlarni
o‘zgarmas va o‘zgaruvchan kategoriyalarga ajratishda raqamlar bilan ishlashga
ko‘proq vaqt sarflaydigan tahlilichi uchun noodatiy emas.
“Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulidan foydalanishda jami daromad va
ishlab chiqarish hajmi muhim o‘rin egallaydi. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan
xarajatlardan tashqari, “Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usuli savdodan olingan jami
daromad va ishlab chiqarish hajmi kabi muhim elementlarni ham o‘z ichiga oladi.
Jami daromad jami savdo hajmining puldagi qiymatini anglatadi va u mahsulot
birligi narxining sotilgan mahsulot miqdoriga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Ishlab
chiqarish hajmi esa firmaning faollik darajasini bildiradi va uni birlik miqdorda
yoki pulda ifodalash mumkin.
Zararsizlik nuqtasini topish. Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi nuqtayi
nazaridan zararsizlik nuqtasini topishning bir necha usullari bor. Bu usullarning
barchasi hozirgina ta’kidlab o‘tilgan "Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulining
muhim elementlariga asoslanadi. Zararsizlik modeli firmaning daromadlar
to‘g‘risidagi hisobotini quyida berilgan formula ko‘rinishida ifodalashni talab
etadi:
𝑺𝑯 − (𝑱. 𝑶
′
𝒛. 𝒄𝒉𝒂𝒏. 𝑿. + + 𝑱. 𝑶
′
𝒛. 𝒎𝒂𝒔. 𝑿. ) = 𝑭 (1)
Bu yerda: S H - savdo hajmi;
J.O’z.chan.X – jami o’zgaruvchan xarajatlar;
J.O’z.mas.X – jami o’zgarmas xarajatlar;
F - Foyda
Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi asoslanadigan bo‘lsak, barcha mahsulot
sotilishi mumkin bo‘lgan narx va mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi o‘zgaruvchan
xarajatniko‘rsatib o‘tish zarur. Chunki "Zararsizlik nuqtasini aniqlash” usulida
o‘rganiladigan foyda tushunchasi FSTD (foiz va soliqlar to‘languncha daromad,
EBIT)ni bildiradi, biz esa foyda so‘zi o‘rniga ushbu qisqartmani qo‘llaymiz.
Mahsulot birligi jihatidan, (2) tenglikda keltirilgan daromadlar to‘g‘risidagi hisobot
FSTD ni nolga tenglash orqali zararsizlik modeliga aylanadi:
(
𝑴𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈
𝒔𝒐𝒕𝒊𝒔𝒉 𝒃𝒂𝒉𝒐𝒔𝒊
) × (
𝑺𝒐𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕
𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
) − [(
𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂
𝒐
′
𝒛𝒈𝒂𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒂𝒏 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕
) ×
(
𝒔𝒐𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕
𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
) + (
𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐
′
𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔
𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
)] = 𝑭𝑺𝑻𝑫 = 𝟎 (2)
Endi bizning vazifamiz tenglama, ya’ni FSTD=0 shartni qanoatlantiruvchi
36
ishlab chiqarilishi va sotilishi lozim bo‘lgan mahsulot miqdorini topishdir. Bu esa
FSTD=0 bo‘lishini ta’minlovchi sotilgan mahsulot miqdorini topish uchun (3)
tenglamani yechish orqali amalga oshiriladi.
Aniqroq qilib aytganda, sotilgan mahsulotning zararsiz miqdori quyidagicha
topiladi:
𝑺𝒐𝒕𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕𝒏𝒊𝒏𝒈
𝒛𝒂𝒓𝒂𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒌 𝒎𝒊𝒒𝒅𝒐𝒓𝒊
=
𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐
′
𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
(
𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈
𝒔𝒐𝒕𝒖𝒗 𝒏𝒂𝒓𝒙𝒊
−
𝒎𝒂𝒉𝒔𝒖𝒍𝒐𝒕 𝒃𝒊𝒓𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂
𝒐′𝒛𝒈𝒂𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒂𝒏 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕
)
(3)
Ko‘p turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi firma uchun zararsizlik miqdorini
mahsulot birligi emas, balki sotilgan mahsulotning puldagi qiymati orqali ifodalash
qulayroq (4-formula). Aslida esa, savdo muayyan mahsulotlar tuzilmasi uchun
umumiy maxraj bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, tashqi tahlilchi mahsulot birligi
qiymati haqidagi ichki ma’lumotlarni ola olmasligi mumkin.
𝒁𝒂𝒓𝒂𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒌 𝒅𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒔𝒊 =
𝒋𝒂𝒎𝒊 𝒐
′
𝒛𝒈𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
(𝟏−
𝒐′𝒛𝒈𝒂𝒓𝒖𝒗𝒄𝒉𝒂𝒏 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓
𝒅𝒂𝒓𝒐𝒎𝒂𝒅𝒍𝒂𝒓
)
Do'stlaringiz bilan baham: