43
ko’paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan va boshqa
faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir etishini aniqlash, foydaning shakllanishi va
ishlatilishining asoslanganligin tekshirish, foyda hajmining ko’payish yo’llari va
omillarini belgilash kabi omillar muhim o’rin tutadi.
Respublikamiz amaliyotida korxonalar investitsion loyihalarini moliyalashtirish
risklarini boshqarishda sezilarli muammolarning mavjudligi va uni hal qilish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Investitsion faoliyat jarayonida samarali investitsiya qarorlarining qabul
qilinishi, chuqur tahlilga asoslangan va investitsion faoliyati sharoitida mavjud
tafovutlarni hisobga olgan holda investitsiyalarni kafolatlashga tizimli yondashuvni
shakllantirish bilan birga olib borilishi, tashqi xavf darajasini pasaytirishga imkon
beradi va ushbu tizimning aniqligi hamda uning faoliyat mexanizmlarining
barqarorligi uchun sharoit yaratishi mumkin. Bu esa tarmoqqa kiritilayotgan
investitsiyalarni riskdan xoli bo’lishiga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, korxonalar foydasining shakllanishiga ta’sir etuvchi
omillarni, uning asosiy o’zagini tashkil etuvchi risklarni baholash va boshqarish
uslubiyotini hamda kamaytirish tadbirlarining amaliy samaradorligini tahlili asosida
tegishli tavsiyalar ishlab chiqish va takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash g’oyat
muhim masala hisoblanadi.
44
XULOSA
Investitsion faoliyatga risklarni ta’siri, hozirgi iqtisodiyotni liberallashtirish
sharoitida juda katta hisoblandi. Investor faoliyatiga risklarning ta’siri tufayli
qo’shimcha xarajatlar ko’rinishidagi yo’qotishlarning vujudga keladi va natijada
investitsiya faoliyati riski paydo bo’ladi. Shu sababli, investitsiya faoliyati
samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan barcha risklarni aniqlamasdan
samarali investitsiya loyihasini ishlab chiqish mumkin emas.
Investitsiya riski - investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish jarayonida
rejalashtirilgan foydani olmaslik ehtimoli tushuniladi. Investitsion faoliyatni
amalga oshirish, moliyaviy qo’yilmalar hajmi, belgilangan maqsadlar bo’yicha
farq qiladigan turli xil investitsiya loyihalarining muhim nazorat punktlarini
aniqlash uchun ularni bosqichlarga ajratish talab etiladi, ular o’tishi jarayonida
tashqi va ichki omillarning ta’sirini hisobga olgan holda loyihani rivojlantirishning
mumkin bo’lgan yo’nalishlari to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar talab qilinadi.
Investitsion faoliyat jarayonida samarali investitsiya qarorlarining qabul
qilinishi, chuqur tahlilga asoslangan va investitsiya faoliyati sharoitida mintaqaviy
tafovutlarni hisobga olgan holda investitsiyalarni kafolatlashga tizimli yondashuvni
shakllantirish bilan birga olib borilishi, tashqi xavf darajasini pasaytirishga imkon
beradi va ushbu tizimning aniqligi va uning faoliyat mexanizmlarining barqarorligi
uchun sharoit yaratishi mumkin. Bu esa tarmoqqa kiritilayotgan investitsiyalarni
riskdan xoli bo’lishiga yordam beradi.
Investitsion loyihalarni moliyalashda investitsiya risklari va ularni boshqarish
juda ko’p qirrali jarayon bo’lib, ushbu jarayonning samarali yo’lga qo’yilishi investorlar
tomonidan moliyalashtirilgan investitsion loyiha hayotiyligi va samaradorligini
ta’minlash, buning natijasida investorlarni daromadlari darajasini oshirish imkonini
beradi.
Korxonalar foydasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni, uning asosiy
o’zagini tashkil etuvchi risklarni baholash va boshqarish uslubiyotini hamda
kamaytirish tadbirlarining amaliy samaradorligini tahlili asosida tegishli tavsiyalar
ishlab chiqish va takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash g’oyat muhim masala
hisoblanadi.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga bo’lgan tizimli yondashuv, ya’ni
investitsion mablag’lardan foydalanish ustidan dastlabki nazoratni to’g’ri va
mukammal amalga oshirish, bunda birinchi navbatda, investorni xarakteriga, uning
moliyaviy ahvoliga, ushbu sohadagi tajribasiga hamda loyihaning sifat
ko’rsatkichlari holatiga alohida e’tibor berish kerakligi, investitsion loyiha
moliyalashtirilgandan keyingi davrda loyiha bo’yicha amalga oshirilayotgan
ishlarni, loyihaga ajratilayotgan mablag’lar maqsadli sarfini doimiy ravishda tahlil
qilib borish, loyiha ishga tushirilgandan so’ng daromadlar kirimini o’z muddatida
45
amalga oshirilishi, muddati o’tgan debitorlik-kreditorlik qarzdorliklariga yo’l
qo’ymaslik choralarini ko’rib borish zaurligi, investitsion loyihalarni moliyalashda
yuzaga
keladigan
investitsion
risklarini
boshqarishni
mikrodaraja
va
makrodarajada ko’rib chiqish maqsadga muvofiqligini ko’rib chiqish zarur.
Investitsiya faoliyatida risklar va ularni boshqarish tizimi investorni tashqi
va ichki tahdidlar ta’siridan himoyalovchi hamda qonunchilik me’yorlari doirasida
amal qiluvchi, o’zaro munosabat va aloqalarda muayyan yaxlitlikni ifoda etuvchi
elementlar majmuini tashkil etadi. Shuning uchun investitsion faoliyatda risklarni
oldini olishni me’yoriy asosini ishlab chiqish maqsaga muvofiq.
Xalqaro amaliyotda investitsion risklar rivojlanishi bilan investitsiya
faoliyatida firibgarlik holatlarining ko’payadi, malakali kadrlarning yo’qotilishi va
inqiroz sharoitida standart tartiblarga yetarlicha e’tibor qaratmaslik hollarining
uchraydi. Bu holatda malakali kadrlarni tayyorlash, ahborot xavfsizligini
ta’minlash va inqirozga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishni doimiy amalga
oshirish.
Investitsion loyihalarni risklilik darajasini baholash va investitsion faoliyatni
muvaffaqiyatli amalga oshirishning xorij tajribalari amalda qo’llash, korxona va
moliyaviy tashkilotlarda riskni boshqarish bo’limlarini tashkil etish.
Rivojlangan davlatlarda korxonalar faoliyatiga ta’sir etadigan risklarni
kamaytirish uchun o’z ish faoliyatlarida autsorsing va benchmarkinglarni qo’llash
maqsadga maqsadga muvofiq.
Mamlakatimizda investitsion faoliyatida risklarni boshqarish va ularni oldini
olish maqsadida sug’urta bozorini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlarni
amalga oshirish zarur. Hozirgi kunda sug’urta bozori rivojlanishi juda sekin
hisoblanadi.