3. Korxonalar investitsion faoliyatida risklarni boshqarish tahlili
Bugungi kunda real sektor korxonalari investitsion faoliyatiga ta’sir qiluvchi
risklarni boshqarish juda dolzarb masala bo’lib hisoblandi. Real sektor korxonalarining
global va milliy iqtisodiyotda juda muhim o'ringa ega ekanligi, sanoat korxonalari
mamlakat YaIM ning juda katta qismini tashkil etishi unga ta’sir e’tuvchi risklarni oldini
olish va ta’sirini kamaytirish zarurligi anglatadi. Globallashuv jarayonlari va tezkor
texnologik rivojlanish esa real sektor korxonalarini jadal sur’atda rivojlanishiga turtki
bo’lmoqda. Bu esa risklarni ko’payishiga, noaniqliklarni ortishiga zamin yaratmoqda.
Sanoat korxonalarida risklarni boshqarishning hozirgi holatini, shuningdek mavjud
maummolarni aniqlash va ularga yechim topish muhim zaruriyatga aylangan. Butun
dunyoda sanoat korxonalari tomonidan risklar ta’sirini kamaytirish, oldini olish bo’yicha
olib borilayotgan sa'y-harakatlari ularning investitsion faoliyatini rivojlanishiga olib
kelmoqda.
Xalqaro tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, rivojlangan mamlakatlarda investitsion
faoliyatini rivojlantirish orqali iqtisodiy yuksalishga ershilmoqda, natijada investorlar o’z
investitsion faoliyatini bozor talabiga tezroq moslashtirishga harakat qilmoqda.
Investitsion faoliyat iqtisodiyotdagi har qanday o’zgarishlarga tez ta’sirlanuvchi
xususiyatiga ega hisoblanadi. Bu esa investorni birinchi navbatda qiziqtiruvchi
investitsion faoliyatida shakllantiriladigan foydaga ham o’z jiddiy ta’sirini ko’rsatishi,
tabiiydir. Bunday ta’sir etuvchi omillar natijasida foydaning yo’qotilishi ehtimolligi kelib
chiqishi risklarni, jumladan investitsion risklarning paydo bo’lishini ko’rsatadi.
Shu sababli, real sektor korxonalari investitsion faoliyatini muvaffaqiyati
birinchi navbatda korxonaning riskka bo’lgan munosabatiga bog’liqdir. Bu esa real
sektor korxonalari investitsion faoliyatiga ta’sir etuvchi risklarni boshqarishni har
tomonlama va chuqur o’rganishga undaydi.
Hozirgi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida real sektor korxonalari
korxonalari investitsion faoliyatining asosiy maqsadi korxonalarning yangi
mahsulot turlarini ishlab chiqish, yangi bozorlarni o'zlashtirish orqali raqobatdosh
mavqeini saqlab turish va yuqori samaraga erishish hisoblanadi. Shunday ekan,
real sektor korxonalari korxonalarining har bir faoliyat turi to'g'ridan-to'g'ri
investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali amalga oshiriladigan investitsion
39
faoliyat bilan bog'liq bo'lib, tadbirkorlik faoliyatida namoyon bo'ladigan xatarlar
investitsion faoliyat risklariga to'liq bog'liqdir. Demak, investitsion qarorni ishlab
chiqishda, qabul qilishda va amalga oshirishda eng muhim bo’lgan risk ta’sirini
hisobga olish juda muhim sanaladi.
Real sektor korxonalari investitsion faoliyatiga ta’sir qiluvchi risklarni
ta’sirini tahlil qilish va boshqarish uchun 5-rasmda keltirilgan risklarni boshqarish
mexanizmini qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |