40
oldingi davrda amalga oshirilga investitsion faoliyatga ta’sir etgan
risklarni tahlil qilish;
korxonaning iqtisodiy o’sishini tahlil qilish va ularning rivojlanishini
progozlashtirish;
amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasini amalga oshirishda yuzaga
kelishi mumkin bo'lgan risklarni va ularning iqtisodiy oqibatlarini aniqlash;
investitsion loyihani riskka ta'sirchanligini tahlil qilish.
Shunday qilib, investitsion faoliyatga risklarni ta’siri, hozirgi sharoitida juda
katta hisoblanadi. Investor o’z faoliyatida risklarning ta’siri tufayli qo’shimcha
xarajatlar ko’rinishidagi yo’qotishlarga duch keladi va natijada investitsion
faoliyati zarar ko’radi. Shu sababli, investitsion faoliyat samaradorligiga ta’sir
qilishi mumkin bo’lgan barcha risklarni aniqlamasdan samarali investitsiya
loyihasini ishlab chiqish mumkin emas.
Umuman olganda, real sektor korxonalari tomonidan amalga oshirilyotgan
investitsion loyihaning moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni
boshqarishda quyidagi usullar samarali hisoblanadi:
loyiha ishtirokchilari o'rtasida riskni taqsimlash;
sug'urta qilish;
kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun mablag'larni zaxiralash;
risklarning bir qismini zararsizlantirish;
moliyalashtirish nuqtai nazaridan risklarni kamaytirish.
Iqtisodiyotda korxonalar bozor o’zgarishlariga tez moslashuvchanligi bilan
birga, kichik darajadagi o’zgarishlarga ham tez ta’sirlanuvchan hisoblanadi. Shu
sababdan ular foydasi shakllanishiga ta’sir etuvchi risklarni pasaytirishda ularni
oldindan bartaraf etish choralarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Korxonalarda risklarni kamaytirishning turli usullari mavjud bo’lib, ularning
barchasi risklarning ta’sir darajasini pasaytirishga va undan ko’riladigan zararlarni
kamaytirish yoki to’liq bartaraf qilishga xizmat qiladi.
Risklar obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga keladi. Tom ma’noda
olib qaralganda, ichki yoki tashqi ta’sirga ega bo’ladimi, bundan qat’iy nazar,
ularning aksariyati subyektiv omillar natijasida vujudga keladi. Shuning uchun
ham risklarni pasaytirishda sun’iy pasaytirish yo’llaridan foydalanish eng maqbul
ish hisoblanadi.
Risklar darajasini pasaytirishda axborotning o’rni muhim bo’lib, riskni
boshqarishda mazkur omil asosiy rol o’ynaydi. Korxonalarda, axborotlar
yetishmasligi va cheklanganligi sharoitida, qabul qilinadigan har bir qaror riskli
bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham har bir korxona axborotlarni to’liq, ishonchli
va aniqligi sharoitida sotib olishga tayyor turadi. Bu, ayniqsa, raqobat sharoitida
41
qo’l keladi. 5-rasmda risklarni boshqarishda sifatsiz va noaniq qarorlar qabul qilish
riski ehtimolligi va axborot sifati, hajmiga bog’liqligi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: