(4)
Shunday bo‘lsada, u firmadan yillik hisobotlarni olish imkoniyatiga ega.
Agar tahlilchi yillik hisobotda berilgan firmaning jami xarajatlarini o‘zgarmas va
o‘zgaruvchan xarajatlarga ajrata olsa, u holda, umumiy puldagi ifodalangan
zararsizlik darajasini hisoblashi mumkin bo‘ladi.
Korxonaning investitsion faoliyatiga risk ta’sirini baholashning har bir
bosqichi quyidagi pog‘onalarga bo‘linadi:
- korxonaning tavsif baholash predmetini aniqlash;
- baholash vaqtini belgilash;
- baholanishining maqsad va vazifalarini aniqlash
- baholanishning turli aniqlash: buyurtmachi va baholovchi manfaatlarini
himoyalash.
Korxonaning tashkiliy-huquqiy va qisqartirilgan nomi, uning tashkiliy-
huquqiy shakli, hisobga olingan joyi, joylashgan yeri, ishlab chiqarish tarmog‘i,
ishlab chiqariladigan mahsulotlarning asosiy turlari va haqazolar korxonaning
tavsifnomasiga kiradi. Agar baholanayotgan korxona shu’ba korxona bo‘lsa yoki
qaram korxona bo‘lsa, asosiy yoki ustun korxonani aniqlab olish zarur. Agar
boshqa (ustun) korxonada ustav kapitalning 20% dan oshiq ovozga ega aksiyalari
bo‘lsa, bu korxona qaram korxona hisoblanadi.
Moliya va buxgalteriya hisobidagi asosiy tamoyillari va amaliy
me’yorlaridagi farqlarga qaramay, korxonaning moliyaviy hisoboti o‘z ichiga
moliyaviy holati va o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi haqidagi
ma’lumotlarni qamrab olgan bo‘ladi, bu rahbarlarga korxonaning bo‘lg‘usi
ishlarini tahlil qilish va istiqbolini belgilashda asqotishi mumkin bo‘ladi.
Firmaning moliyaviy hisobotlari asosida moliyaviy natijalarini tahlil qilishda qator
37
maxsus koeffitsientlardan foydalaniladi, ular yordamida ko‘rsatkichlarni turli xil
korxonalar bo‘yicha hamda bitta korxonaning turli xil vaqt oralig‘idagi
ko‘rsatkichlarini solishtirish mumkin bo‘ladi.
Ushbu koeffitsientlardan foydalangan holda firma faoliyatining beshta
asosiy jihatlarini tahlil qilish mumkin: rentabelligi, aktivlar aylanmasi, o‘zining va
jalb qilingan mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish yoki moliyaviy "dastak"
(moliyaviy liveridj), likvidlik va bozor qiymati.
Kredit riskini tahlil qilishning eng muhim omillaridan biri foizlar qoplamasi
hisoblanadi. Uning mohiyati korxonaning foizli to‘lovlarini bu to‘lovlarni amalga
oshirishdan keladigan foyda summasi bilan taqqoslashdan iborat. Bu koeffitsient
kredit uchun foizlar to‘lash bo‘yicha korxonaning o‘z majburiyatini bajarish
imkoniyatini aks ettiradi. Aynan korxonaning foizlar to‘lay olmaslik imkoniyati
yuqori giring holatida aks etadi.
Foizlarni qoplash koeffitsienti (FQK) foiz va soliqlar to‘langunga qadar
daromadning (FSTD (
EBIT — earnings before interest and taxes
)) foizlarni to‘lash
xarajatlariga nisbati sifatida aniqlanadi va quydagicha aniqlanadi
:
𝑭𝑸𝑲 =
𝑭𝑺𝑻𝑫
𝒇𝒐𝒊𝒛𝒍𝒂𝒓𝒏𝒊 𝒕𝒐
′
𝒍𝒂𝒔𝒉 𝒙𝒂𝒓𝒂𝒋𝒂𝒕𝒍𝒂𝒓𝒊
Do'stlaringiz bilan baham: |