383
9.6. Kriptovalyutalar. Kriptovalyutalar bozori. Kriptovalyuta turlari.
Bitkoin.
Soʻnggi yillarda kriptovalyutalar moliya
bozorida shiddat bilan
rivojlanayotgan asosiy tarmoqlardan biriga aylanib bormoqda.
Kriptovalyutalar
– shunday toʻlov vositasiki, bunday toʻlov tizimining egasi
ham, ichkaridan yoki tashqaridan biror boshqaruvchisi mavjud emas. Bunday
tizimning asosiy xususiyati ham bevosta markazlashtirilmagan tartibda
ekanligidadir.
Kriptovalyutalarni bir tomondan oʻziga xos gʻoyaga asoslangan pullarning
yangi koʻrinishi
sifatida, ikkinchi tomondan esa nima bilan savdo qilishlariga
ahamiyat bermay, faqatgina foyda olishni koʻzlovchi spekulyantlar uchun juda
qiziqarli boʻlgan urfdagi, oʻzgaruvchan (volatil) moliyaviy aktivlardan biri sifatida
aniq farqlab olishimiz lozim.
Insonlarning dunyo haqidagi qarashlarini yuqori tezlikda kechuvchi
jarayonlar qanchalik oʻzgartirmaydi deysiz-a? Koʻpincha
insonlar, huddi baliq
qarmoqqa bogʻlangan yaltiroq xoʻrakka talpinganidek, urfdagi hodisa ortidan
kelajak uchun barcha narsalari bilan risk qilishga tayyor boʻlishadi. Ayniqsa, bunda
ularning ham fikrlari koʻp boʻlsa.
Kriptovalyutalar –
raqamli yoki virtual valyuta hisoblanib, ularda xavfsizlik
uchun
kriptografiya (grekcha soʻz,
maxfiy
belgilar bilan yozilgan xat
)
dan
foydalaniladi.
Kirptografiya
–
bu
ma’lumotni
koʻzda
tutilmagan
foydalanuvchilardan himoyalash yoʻlida, axborotni oʻzgartirish bilan bogʻliq
boʻlgan gʻoya va usullar yigʻindisidir. Tarixiy jihatdan, kriptografiya maxfiy
ma’lumotlar, asosan, maxfiy xizmat va razvedka idoralari tomonidan maxfiy
ma’lumotlardan himoya qilish uchun ishlatilgan.
Ushbu sohadagi olimlarning
koʻpchiligi, har qanday hukumat yoki bank kabi boshqa vositachilar bilan
bogʻlanmagan avtonom raqamli valyutaning oʻzi yashaydigan maxfiylik va erkinlik
tufayli foydali va qulay deb hisoblaydilar. Bunday tizimda pulni boshqa joyga
oʻtkazilishi, mahalliy va xalqaro miqyosdagi hududlar davlat tartib-qoidalarini
chetlab oʻtgan holda osonlik va tezda amalga oshirilishi mumkin.
AQSHda
384
kriptografiya asoschisi Horst Fietsel tomonidan “Dighital Enscryption Standard”
(DES) ning 1975-yil 17-martda Federal Reyestriga kiritilishi bilan qabul qilinadi.
Ushbu tizim xavfsizlik xususiyati tufayli kriptovalyutalarini soxtalashtirish
murakkab hisoblanadi. Kriptovalyutaning alohida xususiyatlaridan biri uning
muomilaga kiritilish jarayonidir. Ya’ni, u hech qanday markaziy hokimiyat
tomonidan berilmaydi va uni davlat aralashuvi yoki
manipulyatsiyasidan holi
hisoblanadi. Oʻz oʻrnida Kriptovalyutalarda ham kamchiliklar ham mavjud.
Shuningdek, ularning moliya bozoridagi dastlabki rivojlanish bosqichlari, xavf-
xatarlari, imkoniyatlari va ularning kelajakdagi holati kriptovalyutalar bozorini
alohida jihatini asoslaydi.
Kriptografik pullarning kelajagini bashorat qilish oson emas, chunki rasmiy
tuzilmalar sohasida ayniqsa juda koʻp ishlar qilinishi kerak. Shu bilan birga, banklar
va boshqa moliya institutlari kelajakda moliyaviy bitimlar uchun alternativ sifatida
kriptovalyutalarni koʻra olishi kerak. Soʻnggi yillarda jahon moliya bozorida katta
oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Shuningdek, valyuta
instrumentlari sifatida
ishlatiladigan vositalarni, savdo operatsiyalarini iloji boricha osonlashtirsh va
qulaylashtrirish, bozor ehtiyojlariga mos ravishda oʻzgarishlarini va rivojlanishni
talab etmoqda. Tovar ayriboshlanishi uchun foydalaniladigan
vositalar pul deb
ataladi. Pul - bu oʻzaro kelishuv vositasi boʻlib, bozorning barcha ishtirokchilari buni
amalga oshirishda ishtirok etadilar. Insoniyat va jamiyat, iqtisodiy munosabatlar,
bozorlar tobora rivojlanib borishi sababli, murakkab tovar almashinuvi vositalariga
ehtiyoj paydo boʻldi. Shu munosabat bilan, shifrlangan valyutalarning joriy etilishi
xalqaro toʻlov tizimini bir necha yil avval tasavvur qilib boʻlmaydigan darajada
kengayishiga sabab boʻlmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: