Blokcheyn texnologiyalar
– kriptovalyutalarni asosini tashkil etuvchi
texnologiyalar boʻlib, moliya bozorini taraqqiy etishini yangi bosqichga olib
chiquvchi, raqamli innovatsion texnologiyalar boʻlgan, kriptografik tizim orqali
himoyalangan va kiberxavfsizlikning yuqori darajasiga ega texnologiyalardir.
Tranzaksiyalar bloklarda qayd etiladi, har bir blok oʻzidan oldingi blok bilan
bogʻlanadi va natijada bloklar zanjiri hosil boʻladi. Hosil boʻlgan bloklar zanjiri esa
385
“
Blokcheyn
” (Blokchain) deb ataladi. Blokcheyn texnologiyalarning xususiyati
ularning markazlashmaganligi va taqsimlanganligidir (B, C) va aynan shu xususiyati
bilan an’anaviy markazlashgan (A) toʻlov tizimlaridan farqlanadi. Blokcheyn
texnologiyalarni yaratuvchi va ularni yangilab borish bilan shugʻullanuvchilar
maynerlar deb ataladi. Maynerlar (Miners) buning uchun mukofotga ega boʻladilar.
Hozirgi kunda Mayning (Mining) bilan shugʻullanuvchilar soni keskin ortmoqda.
Mayning bu kriptovalyutani murakkab matematik formulalar orqali yaratish (qazib
olish)dir. Buning natijasida ular mukofot (Bitkoyn)ga ega boʻladilar. Ma’lumotlarga
koʻra, Moskvada oxirgi 2017 yilda videokartalar sotuvi 3 marta koʻpayib, bozordagi
talab taklifdan ortib ketishi kuzatilgan. Moskva axborot texnologiyalar departamenti
ma’lumotlariga koʻra 2017 yilning 1 kvartalida videokartalar oʻrtacha 9300 rublda
baholangan, bu esa 2016 yil IV choragiga nisbatan 6%ga arzon boʻlsa, shu yilning I
choragiga nisbatan esa 9%ga qimmatroqdir. “Yandeks Market” ma’lumotlariga
koʻra Rossiyada videokartalar narxi 2017 yil yanvar oyida oʻrtacha 13997 rublni,
may oyida esa 17 040 rublni tashkil etgan. “Marvel-distributsiya” kompaniyasi
departamenti direktori A. Kirichevskiy soʻzlariga koʻra, joriy davrda
videokartalarga boʻlgan talab keskin koʻtarilib, bunday holat oxirgi 10 yilda
kuzatilmaganligini hamda buning natijasida 200-600$ narxdagi yuqori
unumdorlikka ega kartalar defitsiti yuzaga chiqayotganligini va ularni sotib olish
navbati 3–4 oyga choʻzilayotganligini ta’kidlab oʻtdi. Bunday koʻrsatkichning boisi
mayning bilan shugʻullanuvchilarning sonini keskin ortganligidir. Bunda ularga
kuchli kompyuterlar kerak boʻladi. Mayning bilan shugʻullanuvchilarni yuzaga
chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar haqida ogohlantirish befoyda, ular baribir
buni inobatga olishmaydi. Xuddi XVII asrda shu kabi dalillarni inobatga olmasdan
“tulip” lola oʻsimligi piyozlari bilan oldi-sotdi qilishga qattiq kirishgan gollandlar
kabi.
386
A. Markazlashgan
B. Markazlashmagan
S. Taqsimlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |