Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
 


328 
Tokio birjasining korporativ falsafasi 
Tokio fond birjasi dunyo maydonchalarida ishonchga va nufuzga ega. 
Yaponlar aksiyalarga investitsiyalar bilan faolroq shug‘ullanadi, ulardan aksiyalarni 
afzal ko‘radigan xorijiy investorlar ham ortda qolmaydi. Shunday qilib, Tokiodagi 
asosiy ofis va butun Yaponiya bo‘ylab tarqalgan birja filiallari talab katta bo‘lgan 
aksiyalar bilan savdo qiladi. 
Tokio fond birjasining dunyo miqyosida muvaffaqiyatga erishishida asosiy 
sabab uning korporativ falsafasi hisoblanadi. Birjaning korporativ falsafasi birja va 
TFB guruhi o‘z biznesini amalga oshirish jarayonida rioya qiladigan qoidalar 
to‘plamini ifodalaydi. Qaror qabul qilish jarayoni va birjani boshqarish tizimini 
rivojlantirish rejalarini hayotga tatbiq etiga qo‘shimcha ravishda korporativ falsafa 
TFB barcha ishchi va xizmatchilari uchun ularning o‘z professional majburiyatlarini 
amalga oshirish jarayonidagi xalq-atvor asoslarini o‘z ichiga oladi. Jamiyat bilan 
eng do‘stona hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va jamiyat oldida ijtimoiy 
javobgarlikka ega bo‘lish uchun TFB korporativ falsafasi doirasida korporativ 
etikaga asoslangan korporativ xulq-atvor qoidalari ishlab chiqildi. TFBning barcha 
ishchi va xizmatchilari ishlab chiqilgan qoidalarga rioya qilish va bajarishi, 
jamiyatga foyda keltirishi va tashkilotning rivojlanishiga hissa qo‘shishi kerak. 
 
8.4 Frankfurt fond birjasi 
Frankfurt - na - Maynedagi birja XVI asrda vujudga keldi. Hozirgi vaqtda 
Frankfurt fond birjasi nafaqat Germaniyaning, balki butun Evropa mintaqasining 
moliyaviy markazi hisoblanadi. Frankfurt fond birjasi kattaligi jihatdan jahonda 
yuqori o‘rinlarda turadi. Savdolarga qo‘yilish bir qancha kompaniyalarning va 


329 
korxonaning aksiyalariga ruxsat etilgan. Savdolarga ruxsat etilgan a’zolari birja 
ishtirokchilari, banklar, kurs maklerlari, erkin maklerlardan iborat. 
Birja aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishida tashkil etilgan. Germaniyaning 
barcha aksiyadorlik jamiyatlari singari u ham “Aksiyalar to‘g‘risida”gi Qonunning 
qoidalariga bo‘ysunadi. Birjani boshqarish organi bo‘lib Aksiyadorlar umumiy 
yig‘ilishi, Kuzatuvchi kengash va Boshqaruv hisoblanadi. Aksiyadorlik 
jamiyatining o‘z mablag‘lari 84 million markani tashkil etadi. Birjaning 
aksiyadorlari birjaning a’zolari hisoblanishadi. Aksiyalarning 79 foizi nemis 
banklariga, 10 foizi chet el banklariga, 5 foizi kurs maklerlariga va 6 foizi erkin 
maklerlarga tegishli. Chiqarilgan aksiyalar egasining nomi yozilgan aksiyalar bo‘lib, 
ular uchinchi shaxslarga faqat birja aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining roziligi 
bilan o‘tkazilishi mumkin. Bir aksiyador sarmoyaning 15 foizdan ko‘piga egalik 
qilishi mumkin emas. Birjada 110 nafar xodim ishlaydi. Ko‘pchilik boshqa 
mamlakatlardan 
farqli 
o‘laroq, 
nemis 
birjalaridaa’zolarning 
soni 
chegaralanmaydi.Birjaga azo bo‘lish uchun birja to‘g‘risidagi qonunning 
talablarinini bajarish va tariflar haqidagi nizomda belgilangan azolik badallarini 
to‘lash lozim. 
Aksiyalarning birja savdolariga quyilishi uchun ularning emitentlari 
yig‘imlarni to‘lashi zarur. To‘lovning eng kam miqdori 2 ming markani tashkil etadi, 
bunda emissiyaning hajmi o‘sishi bilan to‘lov nisbatan qisqaradi. Qimmatli 
qog‘ozlarning savdolarga ko‘yilishi uchun to‘lov faqat ularga birinchi marta ruxsat 
etilayotgan vaqtda undiriladi. Boshqa mamlakatlarda tez-tez uchrab turadigan har 
yilda takrorlanadigan to‘lovlar (Annual Listing Fee) Germaniyada mavjud emas. 
Savdolarga ruxsat etish haqidagi ariza emitent tegishli kredit muassasasi bilan birga 
topshiradi.Arizaga emitent va uning qimmatli qog‘ozlari haqida tasavvurga ega 
bo‘lishlari uchun sarmoyadorlarga zarur bo‘lgan to‘liq axborotni o‘z ichiga olgan 
prospekt ilova qilinishi kerak. Prospekt birja byulltenida e’lon qilinishi lozim. 
Qimmatli qog‘ozlarni kotirovkaga ruxsat etish to‘g‘risidagi qarorni birjaning 
maxsus komissiyasi chiqaradi. 


330 
Qimmatli qog‘ozlarni kotirovkaga ruxsat etish bo‘yicha komissiyalar birjada 
bir-biri bilan va Evropa hamjamiyatiga a’zo bo‘lgan boshqa davlatlarning tegishli 
birja tashkilotlari bilan o‘z vazifalari hamda vakolatlari doirasida o‘zaro hamkorlik 
qiladi. Ular ushbu maqsadlar uchun zarur bo‘lgan axborotni bir-biriga beradilar. 
Evropa hamjamiyatidagi tegishli organ tomonidan bir marta ruxsat olgan prospekt, 
agar uning boshqa birjaga kiritilishi to‘g‘risida ariza uch oy ichida berilsa, takror 
tekshirilishi shart emas. 
Nemis birja huquqi tartibga solinuvchi bozorga taalluqli bo‘lgan 
farmoyishlarni o‘z ichiga oladi. Uni birjaning segmenti sifatida boshqa ikki segment: 
rasmiy savdo va birjadan tashqari bozor (norasmiy savdo) o‘rtasida oraliq mavqega 
qo‘yish mumkin. 
U rasmiy savdo tomonidan oldinga suriladigan talablarga javob bermaydigan, 
lekin o‘z aksiyalarining kotirovkasini qonun bilan tartibga solinadigan bozorda 
birjaning nazorati ostida ochiqcha ta’minlashni xohlovchi o‘rta korxonalarning 
birjaga kirishini osonlashtirishga da’vat etilgan. Tartibga solinadigan bozor 
aksiyadorlik jamiyatlariga rasmiy bozorning boshlang‘ich nuqtasi bulib xizmat 
qiladi. Rasmiy savdo bilan taqqoslaganda u ancha engillashtirilgan qoidalari va unga 
kirishning pasaytirilgan yig‘imlari bilan farq qiladi. Masalan, tartibga solinadigan 
bozorda boryo‘g‘i bir yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan firma o‘z aksiyalari 
taqdim etishi mumkin (rasmiy bozorda bu muddat 3 yilni tashkil etadi). Dastlabki 
emissiya vaqtida tartibga solinadigan bozor uchun 0.5 mln. nemis markasi 
miqdorida kutilayotgan kurs narxi etarli bo‘ladi. Rasmiy bozor uchun esa, bu 
ko‘rsatkich 2,5 mln. nemis markasini tashkil etadi. Savdolarga kiritiladigan 
aksiyalarning soni bu bozorda 10000 tani, rasmiy bozorda esa, 50000 tani tashkil 
etadi. O‘z navbatida chop qilish uchun talab etiladigan materiallarning hajmi ham 
rasmiy savdolardagiga qaraganda kam bo‘ladi. 
Birjada ishtirok etish uchun faqat muayyan shaxslar doirasi: professional bank 
tijoratchilari, maklerlar, yordamchi xodimlar va matbuot vakillariga ruxsat etiladi. 
Kurslarni rasmiy belgilash birja maklerlari tomonidan amalga oshiriladi, ular 
savdolarda va narxlarni belgilashda betaraf organlar hisoblanishadi. Maklerlar birja 


331 
ixtiyoriga likvidli mablag‘larni taqdim etishadi. Birjani qarz mablag‘laridan 
foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha xatarlardan xolos etish uchun 
maklerlar 500000 nemis markasi miqdorida moliyaviy kafolatni kiritishi kerak. 
Lavozimga kirishishdan oldin ular o‘z majburiyatlarini halol va sodiqlik bilan 
bajarish uchun qasamyod qabul qilishadi. Maklerlar kundalik daftarlarini yuritishi 
zarur. Birja rasmiy va Shtatdan tashqari maklerlar federal er hokimiyatining tegishli 
organi tomonidan tekshirilishi lozim. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish