Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

 
8.3. Tokio fond birjasi 
Tokio fond birjasi (TFB) Yaponiyaning asosiy fond birjasi va dunyodagi eng 
yirik fond birjalaridan biri hisoblanadi. Mohiyatan, Tokio fond birjasi 1878 yil 1 
iyunda asos solingan Yaponiyadagi birinchi fond birjasining avlodi hisoblanadi. 
Birja strukturasi ko‘p marta o‘zgargan, lekin savdolar muntazam olib borilgan, 
Nagasaki atom bombardimonidan keyinoq ro‘y bergan kichik tanaffusni istisno 
qilganda. Hozirgi – Tokio fond birjasi – nomi ostida Yaponiya fond bozori 63 yildan 
buyon faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozir unda 2271 ta yapon va 31 ta xorijiy kompaniya 
ifodalangan. 


326 
1983 yildan 1990 yilgacha Tokio fond birjasi hayratda qoldiradigan darajada 
ko‘tarilib, qimmatli qog‘ozlar global bozori kapitallashuvining 60%dan ortig‘ini 
o‘zida mujassam etgan. Keyinchalik «sovun pufagi iqtisodiyoti» deb atalgan bu 
bosqichni «yapon mo‘’jizasi»ning yakuni deb hisoblash mumkin. Mamlakat er va 
ko‘chmas mulk bilan savdo qiladigan kompaniyalar aksiyalari olibsotarligi bilan 
ommaviy ravishda shug‘ullana boshladi. Narxlar xuddi achitqi qo‘shilganday o‘sa 
boshladi. Banki o‘ngga ham, so‘lga ham kreditlarni saxiylik bilan tarqatardi. 
Yaponlar chet eldan villa, kartina, qimmatbaho narsalar sotib olib, ochiqchasiga pul 
sovura boshladi… Hammasi shu bilan yakun topdiki, pufak yorildi. Narxlar keskin 
tushib ketdi, mamlakat bo‘ylab bankrot kasali tarqaldi, kreditlar qaytarilmadi va 
«mo‘’jiza» o‘rnini urushdan keyingi davrdagi eng uzoq davom etgan iqtisodiy 
inqiroz egalladi. 
U 90-yillar mobaynida davom etib, atigi bir necha yil oldin tugadi. Lekin 
ayrim noxushliklar hamon davom etmoqda, lekin ular asosan texnik xarakterga ega. 
Masalan, 2005 yil 1 noyabrda yangi kompyuter qurilmasi o‘rnatilgach, birjada 
tarixdagi eng jiddiy tizimli uzilish ro‘y berdi. Fujitsu kompaniyasining «Osilib 
qolgan» operatsion tizimi to‘rt yarim soatni savdoni to‘xtatib qo‘ydi. 


327 
Ikkinchi kulfat bir oydan so‘ng ro‘y berdi va birja oliy rahbariyatining to‘liq 
almashtirilishiga olib keldi. 2005 yil 8 dekabrda Tokio fond birjasida qiymati 610 
ming yena (5000 dollardan ortiq) bo‘lgan jda qimmat aksiyalarga ega bo‘lgan J-
Com rekruting kompaniyasi sahnaga chiqdi. Biroq ko‘rsatilgan summaga firmaning 
bitta aksiyasini taklif qilish o‘rniga brokerlik kompaniyasi xodimi kompyuter 
tugmasini noto‘g‘ri bosish oqibatida 610 minga aksiyani har birini 1 yena (0,8 tsent) 
narxda sotuvga qo‘ydi. Ular bir zumda sotilib ketdi, bunda sotilgan aksiyalar soni 
ularning real sonida 42 baravar ko‘p edi (14,5 mingta). Xato darhol sezilmadi, lekin 
u aniqlangandan keyin ham operatsiyani bekor qilishda texnik qiyinchiliklar vujudga 
keldi. Natijada barcha aksiyalar paketini uning haqiqiy qiymatiga sotib olishga 
to‘g‘ri keldi. Achinarli xato kompaniyaga 347 million dollarga tushdi. Bechora 
broker bilan keyin nima bo‘lgani haqida tarix hikoya qilmaydi, lekin investorlar 
ishonchini tiklash uchun birja prezidenti va yana uchta top-menejer kompyuter 
tizimi mukammal emasligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, iste’fo berishiga 
to‘g‘ri kelgan. Nima ham derdik, bunday holat hattoki Yaponiyada ham bo‘lib 
turarkan! 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish