23
I. – so’z imkoniyatlarini rivojlantirish;
II. – bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni
o’rgatish, bolalarni «ona tilining boyliklarini egallash»ga jalb qilish.
III. – til konunlarini, uning grammatikasini o’rganish.
Ona tilini birlamchi o’kitishning barcha uch maksadiga ketma-ket emas, balki bir
vaktning o’zida erishiladi.
1861 yilda Ushinskiyning «Ona tili» nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin
Dmitrievichning bolalarga birlamchi savod o’rgatish va ularni tarbiyalash bilan bog’liq
pedagogik ђoyalari hamda estetik tamoyillarining o’ziga xos yakunlari va amaliy ifodasi bo’ldi.
O’kish kitobining butun mazmuni muayyan tizim bo’yicha berilgan. «Ona tili» kitobi nafakat
bilimlar komusi, balki badiiy entsikoplediya ham hisoblanadi.
Uning 1-kismidan 19 ta ertak, 30 ta topishmok, 123 ta makol va matal, 13 ta tez aytish,
14 ta ko’shik, 14 ta turli shoirlar she’rlari hamda Ushinskiyning o’zi yozgan 43 ta hikoya joy
olgan.
Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni o’z zamondoshlari – Tyutchev, Nekrasov,
Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek Karamzin, Lermontov, Krilov asarlari bilan tanishtirdi.
Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar va jamiyat haqidagi
bilimlarini kengaytirgani va chukurlashtirgani holda uni tanish narsadan notanish narsalar tomon
boshlab boradi.
Ushinskiy 6 yoshgacha bo’lgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim
xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, lug’at boyligining yetarli emasligi, o’zaro
bog’liqlikning yo’kligini alohida ta’kidlagan. U bolalar bilan mashђulot o’tkazishning turli
shakllarini taklif kilgan:
bolalar hayotidan hikoyalar;
bolaga narsalarning xususiyatlarini ko’rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini
bir-biriga takkoslash, ular o’rtasidagi umumiylik va farklarni topishda yordam
beruvchi mashklar;
suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga javob berish, so’ngra esa ravon,
tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o’rgatadi;
bolalarni o’kish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashklar.
K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tutgan o’rni haqidagi
ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish uchun muhim
ahamiyatga egadir.
1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot – metodikaning nazariy asoslari
ishlab chikildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan o’rni ko’rsatib berildi, bu
esa bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o’rin tutishini
asoslash imkonini berdi.
2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga kadar boshlanadigan ish sifatida
alohida bo’limga ajratilgan.
3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzok davom etadigan ona tili, uning
mazmuni va shakllarini o’zlashtirish jarayoni sifatida karalgan. Ushbu murakkab
jarayon ustoz tomonidan to’g’ri va faol rahbarlik qilishni talab kiladi.
4. Ona tilini o’kitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy koidalari: ona tilini birlamchi
o’kitishning maksadlari; ularni amalga oshirish mazmuni va shakli; nutqni
rivojlantirishda ko’rgazmaviylikning ahamiyati ishlab chikilgan va asoslab berilgan.
5. Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyђulari bilan birgalikda
rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko’rsatib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: